Bank reytingini aniqlash usullari «camel» omillari tavsifi «Axbor-reyting» agentligi


-jadval. Erta diagnostika va riskni baholash tizimlari



Yüklə 54,95 Kb.
səhifə3/12
tarix16.11.2022
ölçüsü54,95 Kb.
#69398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Banklarni kreditlash reytingini aniqlash

1-jadval.
Erta diagnostika va riskni baholash tizimlari


Mamlakat


Nazorat
organi


Tizim


Tizim joriy qilingan yil


Tizim toifasi

Fransiya

Bank
komissiyasi

ORAP

1997

Masofadan monitoring (MM)


Germaniya


Federal nazorat organi


BAKIS

1997


Moliya koeffitsiyentlari va guruhlab tahlil qilish tizimi

Italiya

Italiya banki

PATROL

1933


MM, baholashning reyting tizimi

Niderlandiya


Niderlandiya banki


RAST

1999


Riskni baholashning yalpi tizimi

Angliya


Moliya xizmatlarini boshqarish

RATE

1998


Riskni baholashning yalpi tizimi

AQSh

Barcha nazorat
organlari

CAMELS

1978


Tekshiruv natijalari bo‘yicha joyida reyting berish.



  • texnik ta’minot darajasi;

  • pul va inson omili.

Xalqaro hisob-kitoblar bankida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra diagnostika tizimini shakliy belgilariga qarab to‘rtta keng toifalarga ajratish mumkin:

  • banklarni baholashning reyting tizimi;

  • moliyaviy koeffitsiyentlar va guruhlab tahlil qilish tizimlari;

  • bank riskini baholashning yalpi tizimlari;

  • statistik modellar.

Qator tizimlardan foydalanish, hech bo‘lmasa, ulardan bittaganing muammoli bankni aniqlab berishi ehtimolini oshiradi. Tizimlar sifatini baholashda asosan kompyuter yordamida amalga oshiradilar. Ularning ayrimlarida ekspert xulosalar asosiy o‘rin tutsa, boshqalarida kompyuter dasturlarining hisob-kitoblari ustunlik qiladi.
Reyting asosan, bankning yillik faoliyati natijalari asosida beriladi. Banklarni baholash (audit)ning bugungi kunda xalqaro amaliyotda o‘rin olgan usullaridan biri «CAMEL» reyting tizimidir.
1978 yilda AQSh banklaridan biri bo‘lgan «Sheshunoff Bank» ning ekspertlari bank faoliyatini quyidagi 7 guruh omillar asosida tahlil qilish va baholash uslubini ishlab chiqdilar:

  • bankning o‘sishi (rivojlanishi);

  • bankning kategoriyasi (bank faoliyatining ma’lum guruhga kirishi);

  • risk darajasi yuqori bo‘lgan sohalarga investitsiyalar;

  • bankning ishonchliligi (uning «kapital» mavqeyi);

  • muammoli kreditlar summasi va tendensiyalari;

  • daromad manbalari, boshqa banklarga nisbatan umumiy foydalilik;

  • yirik «beqaror» majburiyatlar bo‘yicha bankning darajasi.

Bank mutaxassislari ushbu omillarning barchagani muhim deb bilgan holda, ulardan oxirgi 5 tasi (4, 7-chilari) ga alohida e’tibor beradilar va ularning bosh harflari birlashtirilib «CAMEL» - omillar deb yuritila boshlandi.
Shunday qilib, banklar faoliyatini baholashning «CAMEL» reyting tizimiga asos solindi. Ushbu baholash uslubiga ko‘ra omillar quyidagicha tavsiflanadi ( 2-jadval).

Ushbu besh tarkibiy qism aniqlangach, bankning yakuniy umumiy reytingini belgilash imkoni tug‘iladi.


«CAMEL» reyting tizimining asosiy jihatlari quyidagilarda ko‘rinadi:
«CAMEL» tizimi, ko‘proq masofaviy nazoratga asoslangan yevropacha usuldan farqli o‘laroq, joyida tekshirishga asoslangan bo‘lganligi sababli, banklarni tashqi audit qilishda juda ham qo‘l keladi.

  • Mazkur tizim AQSh tijorat banklari faoliyatini nazorat qilishda qo‘llaniladigan andozalashtirilgan reyting tizimi bo‘lib, aniq va mukammal bo‘lganligi sababli, foydalanish uchun qulaydir.

Ushbu tizim orqali tijorat banklari moliyaviy mustahkamligining asosiy komponentlari:
– kapitalning yetarliligi (C);
– aktivlar sifati (A);
– bank menejmenti (M);
– daromadlilik (E);
– likvidlik (L)
tahlil etilishi natijasida bankning moliyaviy mustahkamligini har tomonlama to‘laqonli tahlil qilish va baholash mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikagani rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyagani “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, shuningdek, xususiy sektor rivojlanishini rag‘batlantirish, banklarning investitsiyaviy jozibadorligini, bank xizmatlari ommabopligi va sifatini oshirish uchun bank sektorini tubdan transformatsiya qilish maqsadida:
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasida bank sektorini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan:
moliya bozorida teng raqobat sharoitlarini yaratish, kreditlashni faqat bozor shartlari asosida amalga oshirish, banklarning davlat resurslariga qaramligini pasaytirish, bank xizmati ko‘rsatishni modernizatsiya qilish, banklarning samarali infratuzilmagani yaratish va faoliyatini avtomatlashtirish, shuningdek, banklar faoliyatiga xos bo‘lmagan funksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilish orqali bank tizimining samaradorligini oshirish;
kredit portfeli va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini yaxshilash, kreditlash hajmlarining mo‘tadil o‘sishiga amal qilish, muvozanatlashgan makroiqtisodiy siyosat yuritish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro amaliy tajribaga ega bo‘lgan menejerlarni jalb qilish, moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash uchun texnologik yechimlarni tatbiq etish orqali bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash;
davlat ulushi mavjud tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish, bank ishining zamonaviy standartlarini, axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish, banklardagi davlat aksiyalari paketini zarur tajriba va bilimga ega bo‘lgan investorlarga tanlov asosida sotish, shuningdek, davlat ulushi mavjud tijorat banklari va korxonalarni bir vaqtning o‘zida isloh qilish orqali bank sektorida davlatning ulushini kamaytirish;
yetarli darajada xizmat ko‘rsatilmayotgan va zaif qatlamlarda davlat ishtirokini kuchaytirish va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholi va kichik biznes uchun masofaviy xizmatlarni keng joriy qilish, kamxarj xizmat ko‘rsatish nuqtalari tarmog‘ini rivojlantirish, shuningdek, respublika yagona moliya tizimining o‘zaro to‘ldiruvchi qismi sifatida nobank kredit tashkilotlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali moliyaviy xizmatlar ommabopligini va sifatini oshirish.
2. Quyidagilar:
2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikaganing bank tizimini isloh qilish strategiyasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan.
3. 2020 — 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikaganing bank tizimini isloh qilish strategiyagani amalga oshirish bo‘yicha, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi maqsadli ko‘rsatkichlar 3-ilovaga muvofiq belgilangan:
bank tizimi aktivlarining umumiy hajmida davlat ulushi bo‘lmagan banklar aktivlari ulushini joriy 15 foizdan 2025-yilga kelib 60 foizgacha oshirish;
banklar majburiyatlarining umumiy hajmida banklarning xususiy sektor oldidagi majburiyatlari ulushini joriy 28 foizdan 2025-yil yakuniga 70 foizgacha oshirish;
2025-yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitallariga zarur tajriba, bilim va obro‘ga ega kamida uchta strategik xorijiy investorlarni jalb qilish;
umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlari ulushini joriy 0,35 foizdan 2025-yilga kelib 4 foizgacha oshirish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining quyidagilar to‘g‘risidagi takliflari ma’qullangan:
xalqaro moliya institutlari ko‘magida “Ipoteka-bank” ATIB, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, “Asaka” ATB, AT “Aloqabank”, “Qishloq qurilish bank” ATB va “Turonbank” ATBdagi davlat ulushlarini bosqichma-bosqich xususiylashtirish, bunda birinchi bosqichda ularni institutsional o‘zgartirishni (faoliyatini transformatsiya qilish), ikkinchi bosqichda esa davlat aksiyalari paketini sotishni nazarda tutish;
bank tizimini isloh qilish davrida aholining moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmini (“loyihalar fabrikasi”) keng joriy qilish, bank xizmatlarining hududiy qamrovini ta’minlash maqsadida “Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” AJ, “Agrobank” ATB va “Mikrokreditbank” ATB ustav kapitallarida davlat ulushini saqlab qolish;
ayrim banklarning faoliyatini diagnostika qilish va moliyaviy ahvolini baholash asosida, me’yoriy talablaridan hamda ularni qayta tashkil etishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda qonun hujjatlariga muvofiq ularni konsolidatsiyalash.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida vazirlikning tasdiqlangan shtatlar soni doirasida Davlat ulushiga ega tijorat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etilgan hamda unga quyidagi huquqlar berilgan:
tijorat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlariga maslahatchi sifatida xalqaro konsultantlarni jalb qilish;
tijorat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish masalalarida xalqaro moliya institutlari va salohiyatli xorijiy investorlar bilan muzokaralar olib borish va bitimlar tuzish.




  1. Yüklə 54,95 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin