18-modda. Bank siri to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik (18-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan o‘ziga
ishonib topshirilgan yoki ma’lum bo‘lib qolgan shaxsning bu ma’lumotlarni noqonuniy ravishda
oshkor qilganligi yoxud ulardan noqonuniy foydalanganligi hamda bank mijoziga (vakiliga) zarar
yetkazganligi qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV Toshkent sh.,
2003-yil 30-avgust,
530-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 144-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 280-modda; 2009-y., 39-son, 423-modda; 2012-y., 15-son, 163-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 29.06.2021-y., 03/21/697/0607-son, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)