Hujjat 21.04.2021 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
BANK SIRI TO‘G‘RISIDA
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni olish, saqlash, muhofaza
qilish, e’lon qilish va taqdim etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi
tahrirga qarang.
2-modda. Bank siri to‘g‘risidagi qonunchilik
Bank siri to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston
Respublikasining
bank siri to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa,
xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Bank siri
Bank siri bank tomonidan muhofaza qilinadigan quyidagi ma’lumotlardan iboratdir:
o‘z mijozlarining (vakillarining) operatsiyalari, hisobvaraqlari va omonatlariga doir ma’lumotlar;
bank o‘z mijoziga (vakiliga) bank xizmatlari ko‘rsatishi munosabati bilan mazkur mijoz (vakil)
to‘g‘risida olgan ma’lumotlar;
mijozning (vakilning) bank seyflari va binolarida
saqlab turilgan mol-mulki,
uning xususiyati
va qiymati haqidagi ma’lumotlar;
mijoz (vakil) topshirig‘iga binoan yoki uning foydasini ko‘zlab
amalga oshirilgan banklararo
operatsiyalar va bitimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning banklar o‘rtasida muomalada bo‘lishi
natijasida
ma’lum bo‘lib qolgan, boshqa bankning mijoziga (vakiliga) doir ma’lumotlar;
Oldingi
tahrirga qarang.
jamg‘arib boriladigan pensiya
tizimining ishtirokchilari, pensiya
badallarining miqdori va
summalarining
harakati, fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan
pensiya hisobvaraqlaridagi
pensiya jamg‘armalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 23-sentabrdagi 8-son
Qonuniga
muvofiq xatboshi
bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 280-modda)