(12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Keyingi
tahrirga qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
Kredit axborotini kredit byurolariga taqdim etish kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risidagi
shartnoma asosida amalga oshiriladi.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-apreldagi O‘RQ-321-sonli
Qonuniga
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 163-modda)
13-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni mijozning (vakilning) merosxo‘rlari
yoki huquqiy vorislariga taqdim etish
Oldingi
tahrirga qarang.
Mijoz (vakil) to‘g‘risidagi, bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar uning merosxo‘rlari yoki
huquqiy
vorislariga, agar ularning o‘zi yoki ular vakolat bergan vakillar qonunchilikka muvofiq
meros huquqini yoki huquqiy vorislikni tasdiqlovchi barcha zarur
hujjatlarni taqdim etsalar, bank
tomonidan taqdim etiladi.
(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Meros huquqini yoki huquqiy vorislikni tasdiqlamaydigan
hujjatlar olingan taqdirda, bank
murojaat qilgan shaxsni u so‘ragan ma’lumotlarni taqdim etish imkoniyati yo‘qligi xususida uch ish
kuni ichida yozma ravishda xabardor qilishi shart, shuningdek qo‘shimcha hujjatlar taqdim etishni
talab qilishga yoki murojaat etgan shaxsning meros huquqini yoxud huquqiy
vorisligini tasdiqlab
berish to‘g‘risidagi yozma so‘rovni tegishli notariusga yoki yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazuvchi organga yuborishga haqli. Meros huquqini yoki huquqiy vorislikni tasdiqlovchi barcha
zarur hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, bank murojaat etgan shaxsga besh ish kuni ichida tegishli
mijoz (vakil) to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotlarni berishi va barcha hujjatlarni taqdim etishi shart.
Dostları ilə paylaş: