(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni, agar bu
ma’lumotlar uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun zarur bo‘lsa,
olishga haqlidir.
(8-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyundagi O‘RQ-697-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2021-y., 03/21/697/0607-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi bank
sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni, agar bu ma’lumotlar mazkur tashkilotlar faoliyatida
qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan nazorat qilish sohasida o‘z zimmasiga yuklatilgan
vazifalarni amalga oshirishi uchun zarur bo‘lsa, olishga haqlidir.
(8-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z mijozlari haqidagi bank sirini tashkil etuvchi
ma’lumotlarni ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqdim etadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Kredit axborotini belgilangan
tartibda
kredit byurolariga taqdim etish bank sirining
buzilishi deb hisoblanmaydi;
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 10-apreldagi O‘RQ-321-sonli
Qonuniga
asosan
beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 163-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: