Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanidan O‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə25/95
tarix21.07.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#62860
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   95
Fakulteti

Nazorat uchun savollar

1. O’zbekiston bank tizimining yuzaga kelishini izohlab bering.


2. O’zbekiston bank tizimini isloh qilish va ikki pog’onali bank tizimining yaratilishi haqida nimalar bilasiz?
3. O’zbekiston bank tizimini shakllanish va rivojlanish bosqichlarini gapirib bering.
4.O’zbekiston bank tizimining zamonaviy holatini tahlil qilib bering.
6-MAVZU. MARKAZIY BANKLARNING VUJUDGA KELISH SABABLARI VA RIVOJLANISH SHART-SHAROITLARI


1. Markaziy bank faoliyatining maqsadlari.
2. Markaziy bankning funktsiyalari: emission funktsiya; “banklarning banki” funktsiyasi; “davlatning banki” funktsiyasi; rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funktsiyasi.
3. Milliy valyutaning barqarorligin ta’minlash – Markaziy bank faoliyatining strategik maqsadi sifatida.
4.Markaziy bankning mamlakat bank tizimining barqarorligini ta’minlashdagi roli.


1. Markaziy bank faoliyatining maqsadlari.
Markaziy bank orqali davlatning iqtisodiy siyosati, yanada aniqrog’i davlatning pul-kredit siyosati olib boriladi. Markaziy bankning pul-kredit siyosati davlatning shu iqtisodni boshqarish siyosatining bir qismi bo’lib, muomaladagi pul massasi, kredit hajmi, foiz stavkalari darajasini va boshqa pul muomalasi va ssuda kapitali bozori ko’rsatkichlarini o’zgartirish bilan bog’liq bo’lgan chora-tadbirlar yig’indisidan tashkil topadi.
Odatda Markaziy bank - bu davlat balki, masalan, Angliya banki, Frantsiya banki, Buides bank, Yaponiya banki, Shvetsariya milliy banki, Finlyandiya banki va boshqa yagona banklardan tashkil topadi. Biroq, AQSh Markaziy bank 12 xududiy Federal banklardan, ya’ni federal zahira tizimi (FRS) boshqaruv kengash tomonidan boshqariladigan bo’limlardan iboratdir.
Markaziy bank kapitaliga bo’lgan mulk shakliga ko’ra, ular Davlat (kapital davlatga tegishli) aktsioner va aralash kapitalli turlariga bo’linadi.
Ba’zi Markaziy banklar Davlat banklari ko’rinishlarida shakllanadilar. Ularga Nemis Federal Banki (Germaniya Bundes banki). 1957 yilda Rexs bankning davomchisi (1975 yilda paydo bo’lgan ) sifatida shakllandi. Ba’zi Markaziy banklar- oldin xususiy bank masalan, Angliya banki (1694), Frantsiya banklari (1800y.) sifatida keyinchalik esa milliylashtirilib davlat bankiga aylantirilgan.
Aktsioner turidagi Markaziy bank qatoriga AKSh FRT (Federal Rezerv tizimi) kiritish mumkin. FRS 1913 yildagi Federal Rezerv asosida paydo bo’lgan aralash turdagi Markaziy banklar jumlasiga kapitalida davlat, aktsioner va xususiy va kapital ishtirok etgan banklar kiradi. Bu guruxlar qatoriga kiruvchi Yaponiya banklar (1882y.) misol kilinib keltirilishi mumkin. Qonun bo’yicha 1942yilda 55% ustav kapitali davlatga tegishlidir. Deyarli barcha mamlakatlarda Markaziy bank xukukiy me’yorlarini tartibga soluvchi, aniqlovchi (belgilovchi) qonunlar mavjuddir. Turli mamlakatlarda Markaziy banklarga turli funktsiyalarni belgilab berilishi mumkin. Lekin Markaziy bank doimo Davlat va bank belgilarini o’zida mujassamlashtirilgan o’zida Davlatning tartibga soluvchi organi bo’lib qoladi.
Mamlakatning Markaziy Banki - shu davlat bank tizimining asosiy qismi bo’lib hisoblanadi. Markaziy bank- birinchi o’rinda davlat va iktisodiyot urtasida vositachi bo’lib xizmat kiladi. Ammo Markaziy bank o’z oldiga foyda olishni maqsad qilib ko’ymaydi.
Markaziy bankning asosiy maqsadi bo’lib milliy valyuta kursini barqaror holatda saqlash va shu orqali mamlakat hududida baholar barqarorligini ta’minlash hisoblanadi.9
Bugungi kunda har qanday davlatning moliya-kredit tizimida eng asosiy va muhim o’rinni rasmiy pul-kredit siyosatini yurgizuvchi - Markaziy bank egallaydi. O’znavbatida pul-kredit siyosati byudjet siyosati bilan birgalikda iqtisodiyotni butun mamlakat miqyosida tartibga solishning asosi bo’lib hisoblanadi.
Banklar paydo bulishining boshlangich davrlarida ular markaziy emissiya yoki tijorat banklari tariqasida yuzaga kelgan emas, ya’ni ular o’rtasida hozirgidek bo’linish bo’lmagan. Bank ishi rivojlanishining birinchi bosqichlarida rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklari kapitallarni yig’ish maqsadida muomalaga banknotalar chiqarganlar. Banklarning yiriklashuvi, bank ishining rivojlanishi natijasida banknotalarni muomalaga chiqarish yirik tijorat banklar qo’liga o’ta borgan va keyinchalik biror yirik bank ixtiyoriga berilgan. Bu bank milliy yoki emission bank keyinchalik Markaziy bank deb atalgan. Markaziy bank ya’ni kredit tizimini boshqarib turuvchi, barcha banklar faoliyatini nazorat qilib turuvchi kredit instituti sifatida namoyon bo’ladi.
Jahon amaliyotida Markaziy banklar vujudga kelishining ikki asosiy yo’li mavjud.
Birinchi yo’l - bu uzoq davr davomida tijorat banklarining rivojlanishi natijasida, ularni milliylashtirish yo’li bilan Markaziy banklarning tashkil qilinishi. Bunga misol qilib Angliya bankini 1844 yil, Frantsiya bankini 1848 yil, Ispaniya banki 1874 yil, Germaniya Reyxsbanki - 1875 yil, Italiyada 1893 yilda, Ispaniyada 1874 yilda mavjud banklarning emission markaz sifatida faoliyat ko’rsatishga moslashganligini keltirish mumkin.
Ikkinchi yo’l - tashkil qilingadayoq Markaziy bank -emission markaz sifatida qabul qilingan banklar. Bunday banklarga AQShning Federal banklari, 1913 yillarda ko’pgina Lotin Amerika mamlakatlarda tashkil qilingan banklar, Avstriya banki va boshqalarni misol keltirish mumkin.
AQShda Markaziy bank funktsiyasini 12 federal rezerv bankdan iborat Federal Rezerv tizimi bajaradi. Federal rezerv banklar aktsioner banklar bo’lib, bu banklarning aktsionerlari sifatida milliy tijorat banklari faoliyat ko’rsatadi. Tijorat banklar aktsioner sifatida dividend olishadi. Dividend miqdori 6% dan oshmasligi kerak
Markaziy banklar ijrochi tashkilotlar ta’sirisiz, o’z faoliyatini olib borishlari kerak
Jahonda o’z faoliyatini olib borishda eng mustaqil bo’lgan banklardan biri bu Nemis Federal banki - Bundes bank hisoblanadi. Ba’zi bir davlatlarda Markaziy bank parlamentga hisobot beradi. Ko’pgina hollarda Markaziy banklar o’z faoliyatida mustaqil bo’lsada, shu bilan birga davlat banki hisoblanadi.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin