3. Aholining turmush farovonligini oshirishda tijorat banklarining iste’mol va ipoteka kreditlarining o’rni va ahamiyati.
Mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistonda aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi asosan byudjetdan moliyalashtirilar va qat’iy markazlashgan edi. U davrda mehnat sharoitlari, mehnat muhofazasi, ijtimoiy ta’minot ko’proq deklarativ xarakter kasb etgan, chunki mablag’ va zaxiralar asosan zararli, xavfli mehnat sharoitlarini kompensatsiya qilishga (qo’shimcha mehnat haqi, imtiyozlar, imtiyozli pensiyalar va h.k.) yo’naltirilgan.
Bu davrdagi ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini pasaytiruvchi omillarga quyidagilar kirgan:
– to’lov va imtiyozlarning aholining ko’p toifasiga berilishi, moddiy ta’minlanish darajasining deyarli e’tiborga olinmagani;
– moddiy yordam oluvchilarning farovonlikka o’z kuchlari bilan erishish imkoniyatlarini to’la inobatga olmaslik. Ma’lumki, buning oqibatida aholi o’rtasida ijtimoiy boqimandalik kayfiyati, beparvolik, tashabbussizlik, jamiyatning marginallashuvi kelib chiqadi;
– hududiy va munitsipal hokimiyat organlari o’rtasida ijtimoiy yordam ko’rsatish vakolatlari va javobgarligining aniq taqsimlanmagani. Bu esa, ijtimoiy to’lov va imtiyozlarni taqdim etish va moliyalashtirishda javobgarlikdan bosh tortishga olib kelgan.
5-mavzu. . Banklarining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi o’rni
1. O’zbekiston bank tizimining yuzaga kelishi.
2. O’zbekiston bank tizimini isloh qilish va ikki pog’onali bank tizimining yaratilishi.
3. O’zbekiston bank tizimini shakllanish va rivojlanish bosqichlari.
4.O’zbekiston bank tizimining zamonaviy holati.
1. O’zbekiston bank tizimining yuzaga kelishi.
Bank tizimining shakllanishi va rivojlanishi - iqtisodiy islohatlarni amalga oshirilishining ajralmas belgilaridan (xususiyatlaridan) biri kreditdir. Bu shu bilan ta’kidlanadiki, bank tizimi har qanday turdagi iqtisodiyotning markaziy tizimini tashkil qiluvchi unsurlaridan hisoblanadi. Bank tizimi vaqtinchalik bo’sh turgan pul mablag’larini akkumulyatsiya qilish funktsiyasini amalga oshiradi. Bank tizimining muvaffaqiyatli ishidan iqtisodiyotni samarali faoliyat ko’rsatishi, umuman olganda mamlakatdagi iqtisodiy o’sish bog’liq bo’ladi. Bank deb pul mablag’larini yig’uvchi, saqlab beruvchi, kredit-hisob va boshqa xar-xil vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasalarga aytiladi.
Agar mamlakatda etarli darajadi bank faoliyatini ko’rsatayotgan banklar, kredit tashkilotlar hamda iqtisodiy tashkilotlar mavjud bo’lsa u holda bank tizimi mavjudligi to’g’risida gap yuritsa bo’ladi. Ushbu sharoitda banklar va kredit tashkilotlari turli shakllarida xamda doimo o’z mijozlari- iqtisodiyot sub’ektlari, Markaziy bank, boshka organlar, davlat xokimiyatlari va davlat boshqaruv organlari, o’zaro yoki yordamchi tashkilotlar bilan muloqotda (munosabatda) bo’lib turadilar.
Dostları ilə paylaş: |