Jahon valyuta, kredit, qimmatli qog’ozlar hamda oltin bozorlari rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchi bo’lib jahon moliyaviy oqimlari, bozor ishtirokchilariga taklif etilayotgan kreditlar qiymatining hajmi va taqsimotini muvofiqlashtiruvchi raqobat hisoblanadi
Biroq raqobat kurashi hamma vaqt ham samarali va nuqsonsiz emasdir. Shu sababli ushbu jarayonlarni bozor hamda davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi birgalikda olib boriladi. Davlat jahon bozorlari faoliyatiga inqirozli jarayonlarning oldini olish yoki ularni bartaraf etish maqsadida aralashadi Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi hom ashyo manbalari va iste'molchilar bozorlari uchun raqobat kurashining kuchayishi bilan samarali investitsiyalar hamda moliyaviy oqimlar milliy xarakterini yo’qotgan va o’zining kosmopolitik tabiatini ko’rsatgan holda bir mamlakatdan boshqa bir mamlakatga stihiyali asosda oqib o’tadi Milliy valyuta, kredit va moliyaviy bozorlar o’zlarining mustaqilligini nisbatan saqlab qolgan holda faoliyatlarini to’ldiruvchi hamda milliy iqtisodiyot va pul-kredit tizimlari bilan bog’liq bo’lgan boshqa shu kabi jahon bozorlari bilan chambarchas bog’lanib ketmoqdalar.
Milliy valyuta, kredit va moliya bozorlariningjahon valyuta bozori operatsiyalaridagi ishtiroki quyidagi bir qator omillar bilan belgilanadi:
- mamlakatning jahon xo’jaligi tizimidagi tegishli o’rni hamda valyuta-iqtisodiy holati;
- rivojlangan kredit tizimi va yaxshi tashkil etilgan fond birjasining mavjudligi;
- soliqqa tortishning o’rta me'yorligi;
xorijlik qarz oluvchilarga milliy bozorga chiqish va xorijiy qimmatli qog’ozlarga birja kotirovkasiga kirish imkonini beruvchi imtiyozli valyuta qonunchiligining mavjudligi; - qulay geografik joylashishi;
- siyosiy tuzumning nisbatan barqarorligi va boshqa shu kabilar
Yuqorida zikr etilgan omillar xalqaro operatsiyalarni amalga oshiruvchi milliy bozorlar doirasini cheklaydi. Raqobat kurashi natijasida N'yu-York, London, Lyuksemburg, Frankfurt-Mayn, Singapur va boshqa shu kabi jahon moliyaviy markazlari shakllandi