Fond bozori rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari va
iqtisodiy o’sish bilan bog’liqligi
Azizbek Alisher o’g’li Nurmuxamedov
Barno Ismailovna Nurmuxamedova
Toshkent moliya instituti
Annotatsiya:
Maqolada rivojlanayotgan
fond bozorining mazmuni, uning
faoliyat qilishining o‘ziga xos xususiyatlari hamda uning mamlakatlarning iqtisodiy
o‘sish ko‘rsatkichlari bilan bog’liqligi o‘rganilgan, O‘zbekiston Respublikasida fond
bozorining amal qilish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar o‘z
aksini topgan.
Kalit so‘zlar:
fond bozori, qimmatli qog‘ozlar, aktsiyalar kapitalizatsiyasi, bozor
kapitalizatsiyasi, fond bozori infratuzilmasi, investitsion qarorlar, makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlar, bozor riski
Characteristics of stock market development and relationship
with economic growth
Azizbek Nurmuxamedov
Barno Nurmuxamedova
Tashkent Institute of Finance
Abstract:
The content of the developing stock market, the specific features of its
operation and its connection with the economic growth indicators of the countries are
studied
in the article, and the recommendations aimed at improving the functioning
mechanisms of the stock market in the Republic of Uzbekistan are reflected.
Keywords:
stock market, securities, stock capitalization, market capitalization,
stock market infrastructure, investment decisions, macroeconomic indicators, market
risk
Kirish
Bozor iqtisodiyotining muhim segmentlaridan biri - bu fond bozori hisoblanib, u
vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini qimmatli qog‘ozlarga joylashtirishga va qayta
taqsimlash orqali maqsadli joylashuvini ta’minlashga xizmat qiladi. Bunday
maqsadlarga qimmatli qog‘ozlar bozorining an’anaviy va noan’anaviy
segmentlari
hisoblangan qimmatli qog‘ozlarning barcha turlari o‘z samarasini bergandagina
erishiladi. Shu bilan birga, qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish, ular bilan oldi-sotdi
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
March 2023 / Volume 4 Issue 3
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
836
qilish kabi barcha operatsiyalarni o‘z ichiga oluvchi muomalalarni asosan tijorat
banklari amalga oshiradi.
Bu ularning, avvalo, ustav kapitalini oshirish darajasini
ta’minlasa, ikkinchidan, bozorlardagi tijorat faoliyati yordamida chet eldagi bo‘sh
kapitallarni xarakatga keltiriladi. Shuning uchun, ayni paytda qimmatli qog‘ozlarning
barcha instrumentlari to‘liq va samarali ishlashi uchun mazkur bozorlar
infratuzilmasini zamon talablari asosida rivojlantirish davlat darajasiga ko‘tarilishini
talab etmoqda. Mamlakatimizda esa fond bozori infratuzilmasining rivojlanishiga
ta’sir etuvchi omillarni chuqurroq tahlil qilish va unda inson manfatlariga qaratilgan
aniq maqsadlar belgilanganligi bu vazifaning davlat darajasiga ko‘tarilganligini yanada
yorqin ifodalaydi. Xususan; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “...
moliya bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirish ham yangi iqtisodiy sharoitda
asosiy maqsadlarimizdan biri bo‘lishi kerak. ... Yangi moliyaviy instrumentlarni joriy
etish va obligatsiyalar chiqarish orqali bank xizmatlari ko‘lamini yanada kengaytirish,
ilg‘or axborot texnologiyalari asosida bank tizimini rivojlantirish zarur” [1], deb
ta’kidlaganida mutaxassislar va keng jamoatchilikning e’tiborini aynan mana shu
dolzarb masala - milliy fond bozorini yanada rivojlantirishga qaratdi.
Yuqoridagi
holatlar, fond bozorlari infratuzilmasini zamon talablari asosida
rivojlanishi uchun avvalo shu bozorlarga chiqarilayotgan qimmatli qog‘ozlarning
yuqori likvidligi, bozorning kapitallashuv darajasi, daromadliligi, kapitalni oshirish
kabi xususiyatlarini ta’minlash uchun hizmat qiladi.
Fond bozorlarining yana bir xususiyatli belgisi -
bu ularning risk darajasiga
tobeligi hisoblanadi. Shu sababli fond bozori infratuzilmasini samarali rivojlantirishga
ta’sir etuvchi omillarni chuqurroq tahlil qilish va uning o‘ziga xos xususiyatlarini
o‘rganish lozim.
Ayni paytda fond bozorlari va ularning samarali faoliyati, ularning ishtirokchilari
hamda muomaladagi xalqaro maqomga ega bo‘lgan yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlar
turlari muhim ahamiyatga ega. Fond bozorlarining rivojlanishi davlatning
infratuzilmaviy rivojlanish darajasiga bevosita bog‘liq bo‘lib, avvalo milliy fond
bozorini xalqaro fond bozorlariga integratsiyalashuvini ta’minlash orqali yuqori
sur’atda rivojlanishga olib borsa, ikkinchidan, tijorat banklarining yuqori likvidligi va
moliyaviy barqarorligini xalqaro me’yorlarga tenglashuviga olib keladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tushunchalarning mohiyatini olimlar,
ekspertlar
tomonidan tortishuvlar, ilmiy-nazariy jihatdan qarashlar, o‘sha davr
g‘oyalari bilan uyg‘unlashgan, uni bajaradigan funksiyalari, tamoyillari, o‘ziga xos
xususiyatlari, xarakterli tomonlari, bozor segmentlari orqali hamda ularning
ishtirokchilari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar nuqtai
nazaridan yanada chuqurroq
ilmiy asoslab berish takomillashib bir tizimga keltirilmoqda, zamon talablari va
fundamental omillarga mos holda u ilmiy jihatdan asoslangan holda rivojlantirib
borilmoqda. Xususan, fond bozorlarining iqtisodiy mohiyatini turli davrlarda yashab
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
March 2023 / Volume 4 Issue 3
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
837
o‘tgan iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil g‘oyalari orqali nazariyalar yaratilgan.
Lekin, har bir iqtisodiy kategoriya doimiy ravishda zamonaviy omillar asosida
takomillashib boradi. Jahon fond bozori ham hozirgi kunda qo‘shimcha tarzda
noan’anaviy,
zamonaviy, yangi va xilma-xil funksiyalarni bajarmoqda. Shu nuqtai
nazardan uning iqtisodiy mohiyatini bir nechta iqtisodchi olimlarning nazariy ilmiy
qarashlarini, hozirgi zamonaviy omillarni va boshqa o‘ziga xos tomonlarini hisobga
olgan holda chuqurroq o‘rganib chiqish maqsadga muvofiq.