Fond bozori rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari va iqtisodiy o’sish bilan bog’liqligi



Yüklə 108 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix27.12.2023
ölçüsü108 Kb.
#200153
1   2   3   4   5
fond-bozori-rivojlanishining-o-ziga-xos-xususiyatlari-va-iqtisodiy-o-sish-bilan-bog-liqligi

Xulosalar 
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shundan dalolat beradiki, samarali faoliyat 
ko‘rsatuvchi fond bozori iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan 
omillardan biridir. Rivojlangan fond bozori korxonalarga katta hajmdagi sarmoya talab 
qiluvchi 
loyihalarni 
moliyalashtirishda 
risklarni 
munosib 
baholash 
va 
diversifikatsiyalash, mablag’larni samarali jalb qilish imkonini beradi. Bundan 
tashqari, fond bozori iqtisodiy tendentsiyalarning indikatori bo‘lib xizmat qilishi 
mumkin, bu esa manfaatdor tomonlarga (shu jumladan, hukumatga) o‘zining 
harakatlar strategiyasini ishlab chiqish va samarali amalga oshirilishiga imkon beradi. 
Fond bozorini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy elementlaridan biri 
fond bozori to‘g’risidagi qonunchilikning uning ishtirokchilari tomonidan amal 
qilinishi ustidan nazoratdir. Nazorat organlari tajribasi hamda qimmatli qog’ozlar 
bozori ishtirokchilari faoliyatini umumlashtirish bo‘yicha nazorat elementlarini 
uslubiy jihatdan tizimlashtirish lozimdir. Yuqoridagilardan kelib chiqib, fikrimizcha, 
fond bozorini davlat tomonidan tartibga solish tizimini bilvosita (to‘g’ridan-to‘g’ri) va 
bevosita usullarga ajratish mumkin [17]. 
Rivojlanayotgan fond bozorining rivojlangan bozorga aylanish jarayonini 
o‘rganish natijasida ushbu jarayonning asosiy iqtisodiy, texnik va siyosiy muammolari 
aniqlandi. 
Iqtisodiy muammolarga iqtisodiy rivojlanish muammolarini hal etish, xususan, 
iqtisodiyotning moliyaviy jihatdan to‘yinganlik darajasini oshirish, jamoaviy 
investitsiyalash 
tizimini 
rivojlantirish 
va 
makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlarni 
barqarorlashtirish kiradi. 
Rivojlanayotgan va rivojlangan fond bozorlari tahlili shuni ko‘rsatdiki, 
iqtisodiyot pul resurslari bilan qanchalik to‘yingan bo‘lsa, xo‘jalik aylanmasida 
qimmatli qog‘ozlar komponenti shunchalik yuqori bo‘ladi, yalpi ichki mahsulotga 
nisbatan fond bozori kapitallashuvi shunchalik yuqori bo‘ladi. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
March 2023 / Volume 4 Issue 3
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
844


Fond bozorining rivojlanishi bevosita iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish siyosatiga 
bog‘liq, ammo rivojlanayotgan mamlakatlar har doim ham to‘g‘ri va malakali siyosat 
olib boravermaydi. Zamonaviy sharoitda mamlakatning iqtisodiy o‘sishi ushbu 
iqtisodiyot tovar va moliya bozorlarining jahon bozorlariga dinamik ravishda 
integratsiyalashuviga bevosita bog‘liq bo‘lib, bu o‘z navbatida bozorlarni 
erkinlashtirishni talab etadi. Biroq moliya sektorini erkinlashtirish bozor riski 
(tavakkalchiligi) ko‘lamini hisobga olgan holda mutanosib ketma-ketlikda amalga 
oshirilishi kerak. 
Rivojlanayotgan fond bozorini rivojlangan bozorga aylantirishning texnik 
vazifalari quyidagilardan iborat: jahon fond bozoriga samarali integratsiya qilish uchun 
zarur infratuzilmani ta’minlash va fond bozoridagi faoliyatni tartibga soluvchi 
qonunchilik bazasini takomillashtirish. Ko‘pgina rivojlanayotgan fond bozorlariga xos 
bo‘lgan muammo shundaki, rivojlanayotgan mamlakatlarda odatda fond bozori 
infratuzilmasini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan davlat va jamiyatning e’tibori yetarli 
darajada bo‘lmaydi, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi. Binobarin, fond 
bozorining rivojlanganligi uning mamlakat uchun qanchalik dolzarb va muhim 
ekanligiga bevosita bog‘liq bo‘lib, bu davlatning xohish va qat’iyatida o‘z aksini 
topadi. Shuningdek, davlatning siyosiy qo‘llab-quvvatlovi milliy fond bozori 
manfaatlarini xalqaro moliya bozorlarida himoya qilish shaklida ham ayniqsa 
muhimdir. 

Yüklə 108 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin