tijorat banklarining noan’anaviy instrumentlarini keng joriy etish muhim o‘rin
egallaydi. Xususan, “avvalo mamlakatimizda fond bozorlarini rivojlanishtirish,
bozorlarni yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarning noan’anaviy instrumentlarini keng
joriy etish orqali ... tijorat banklarining kapitallashuvi va bozor kapitallashuvining
xalqaro miqyosda mavqeini oshirish uchun o‘rnatilgan me’yorlarga
tenglashtirish,
jahondagi yirik xalqaro moliya-kredit institutlari bilan teng raqobat darajasiga chiqish
imkoniyatlarini
kengaytirish
uchun
o‘zlarining yuqori likvid an’anaviy
obligatsiyalarini muomalaga chiqarish lozim” [5].
Shuningdek, R.Xojimatovning fikricha, mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlikni
ta’minlash va banklarning likvidligini oshirish uchun fond bozorlariga tijorat
banklarining yuqori likvid an’anaviy obligatsiyalarining xalqaro bozorlarga
integratsiyasini rivojlantirish lozim. Mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni
ta’minlash uchun, Markaziy bank transmission kanallarining samarasini inflyatsion
targetlashga o‘tish orqali oshirish maqsadida uning mustaqilligini oshirish nihoyatda
muhim hisoblanadi.
Xalqaro kapital bozori rivojlanishining zamonaviy tendentsiyalarini o‘rgangan
Qulmatov Ch. va To‘ychiyev N.larning fikricha,
“xalqaro kapital bozori moliyaviy
globallashuv jarayoni mahsuli bo‘lib, industrial mamlakatlarning umumjahon
miqyosida iqtisodiy samaradorligini keskin oshirdi. Lekin, bu jarayon rivojlanayotgan
mamlakatlar rivojiga ijobiy ta’sirdan ko‘ra ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatishi hozirda
barchaga ayon bo‘lib qoldi. Buning sababi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti
industrial davlatlar iqtisodiyotiga ko‘proq bog‘liqdir” [6].
Iqtisodiy adabiyotlarda fond bozori va qimmatli qog‘ozlar bozori bir xil
mazmundagi tushunchalar sifatida talqin etilgan. Shu sababli avvalo ushbu
tushunchalarning turli davrlarda tadqiqot olib borgan iqtisodchi-olimlarning
ilmiy
ishlarida yoritilishini o‘rganish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Kapital bozorining iqtisodiy mohiyati, zaruriyati, tasniflanishi hamda uning
mamlakatdagi iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdagi o‘rni haqida ko‘plab iqtisodchilar
ilmiy tadqiqotlar olib borishgan. Sohaning etakchi olimlaridan U.Azizovning fikricha,
kapital bozori aholining bo‘sh turgan mablag’lari iqtisodiyot tarmoqlariga jalb
qilinishida, xorijiy to‘g’ridan-to‘g’ri investitsiyalar oqimi ko‘payishida muhim
ahamiyat kasb etadi. O‘z
navbatida, fond bozori moliya bozorining tarkibiy qismi
sifatida kredit bozori bilan raqobatga kirishishi kapital bozorida o‘ziga xos raqobat
muhitini yuzaga keltiradi. Bundan esa iqtisodiyot, qolaversa, farovonlik oshishi
hisobiga aholi yutadi [7]. Yana bir yetakchi iqtisodchi olim professor S.Elmirzayevga
ko‘ra, pul bozorida naqd pul, qisqa muddatli to‘lov
vositalari, bir yilgacha bo‘lgan
qisqa muddatli jamg’armalar muomalasi tashkil etiladi. Kapital bozorida esa “uzun
pullar” muomalasi tashkil etilib, unda asosan aktsiyalar va obligatsiyalar amal qiladi.
Muomala muddati esa bir yildan ortiq bo‘ladi. Kapital bozorining pul bozoridan asosiy
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
March 2023 / Volume 4 Issue 3
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
839
farqli jihati uzoq muddatli investitsiyalardan foydalanilishi bilan izohlanadi [8].
Boshqa bir iqtisodchi X.Xasanov esa kapital bozorining iqtisodiy mohiyatini
aniqlashning asosiy mezoni sifatida bozor ishtirokchilari o‘rtasida kapitalni qayta
taqsimlash va kapitalni jamg’armalardan investitsiyalarga transformatsiya qilish bilan
bog’liq funksiyalarning o‘zaro bog’liqligi deb hisoblaydi [9].
Zamonaviy iqtisodchilar N.I.Berzon, E.A.Buyanov kapital bozorini ishlab
chiqarish omillari umumiy bozorining ajralmas qismi sifatida izoh berishgan. Ular buni
tushunish uchun “kapital” toifasining mazmunini aniqlash kerak deb hisoblaydi. Ya’ni,
kapital - bu pul, ish haqi to‘lovlari, ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun
investitsiyalar ekanligi qabul qilingan[10]. Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan
fan arbobi professor G.N.Beloglazovaga ko‘ra, “Kapital bozori - bu uzoq pullar, ya’ni
bir yildan ortiq muddatga ega bo‘lgan mablag’lar muomalada bo‘lgan moliya
bozorining bir qismidir”[11].
A.Shomirovning fikricha, “bundan bir qancha vaqt oldin real aktivlar foyda yoki
daromad olishning bazasi sifatida qaralgan bo‘lsa, bugungi
kunda kapital deganda
asosan korporativ tuzilmalarning pul hamda qimmatli qog’ozlar ko‘rinishidagi
aktivlari tushunilmoqda. Shuning uchun kapital bozoriga qaysidir ma’noda “pul va
fond aktivlari bilan oldi-sotdi operatsiyalari o‘tkaziladigan iqtisodiy makon” deb ta’rif
bersak ham o‘rinli hisoblanadi”[12]. A.Shomirov Kapital bozori tuzilmasini
quyidagicha ifodalaydi:
Rasm. Kapital bozori tuzilmasi
Mamlakat iqtisodiyotida kapital bozori segmentlari samarali faoliyat olib borishi
uchun ma’lum bir shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak. Kapital bozorining eng
katta segmenti valyuta bozoridir, chunki u juda ko‘p sonli operatsiyalarni amalga
oshiradi. Valyuta segmenti tashqi savdo operatsiyalariga xizmat qiladi va bu yerda
valyuta kursining o‘zgarishidan daromad oladigan eng spekulyativ operatsiyalar
amalga oshiriladi.
Kapital bozorining ikkinchi yirik segmenti sug’urta xizmatlari bozoridir.
Daromadning katta qismi sug’urtalovchilarning badallari hisobiga olinadi.
Ushbu
turdagi xizmatlarni taqdim etuvchi kompaniyalar turli o‘lchamlarda bo‘lishi mumkin,
ammo eng katta ishtirokchilar transmilliy kompaniyalardir. Bu ishlab chiqarish sektori,
shuningdek, uy xo‘jaligi sektori manfaatlariga xizmat qiladi.
Kapital bozorining yana bir muhim segmenti fond bozoridir. Zero, qimmatli
qog’ozlar bozori moliyalashtirishning eng muhim manbalaridan biri bo‘lib, odatda
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
March 2023 / Volume 4 Issue 3
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
840
iqtisodiyotning barometri sifatida tan olinadi [13]. U har xil turdagi qimmatli
qog’ozlar, shuningdek derivativlar - fyuchers va optsionlar bilan savdo qiladi. Ushbu
segment omonatchilarni yanada faol investitsiya faoliyatiga undaydi va eng muhimi,
mablag’larni qayta taqsimlash imkonini beradi. Real sektor vakillari ko‘pincha
qo‘shimcha moliyaviy daromad olish maqsadida moliyaviy aktivlarining bir qismini
qimmatli qog’ozlarda saqlaydilar. Bundan tashqari, ular turli vaqt oralig’ida risklar va
daromadlarni taqsimlash imkonini beruvchi investitsiya portfellaridan foydalanadilar.
Dostları ilə paylaş: