iqtisodiyot tarmoqlariga yo‘naltirish orqali iqtisodiyotning modernizatsiyalashuvini
ta’minlash kabilardan iborat [16]. Shuningdek, fond bozori va unda faoliyat
ko‘rsatayotgan vositachilar moliyaviy tizimning tarkibiy qismi bo‘lib,
ortiqcha
mablag‘larni investorlardan iste’molchilarga qayta taqsimlash jarayonini
tezlashtirishga imkoniyat beradi.
Fond bozorida bir paytning o‘zida bozor aylanmasining ob’ekti hamda
tomonlarga mulkiy va boshqa turdagi huquqlar bilan birga, majburiyatlarni ham berish
xususiyatiga ega bo‘lganligi bois, ularning iqtisodiy mohiyatini aniqlashda ushbu
iqtisodiy hodisaning ham iqtisodiy, ham yuridik jihatlarini o‘zida jamlovchi
integratsiyalashgan yondashuv haqida fikr yuritish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Fond bozorida bo‘sh turgan pul mablag‘larini to‘plash, ularni ssuda kapitaliga
aylantirish, so‘ngra uni ishlab chiqarish jarayonlari ishtirokchilari (banklar, korxonalar,
firmalar, shuningdek, mamlakat aholisi) o‘rtasida taqsimlash munosabatlari: qimmatli
qog‘ozlar, korxonalarning aktsiyalari hamda davlat obligatsiyalari bilan oldi-sotdi
operatsiyalari olib boriladi. Fond bozori pul kapitalining qayta taqsimlanishida ishtirok
etadigan banklar, fond birjalari va boshqa moliya-kredit muassasalari majmuini o‘z
ichiga oladi. Kapital bozori pul bozori bilan birga iqtisodiyotning
tarmoqlari va
hukumat uchun tashqi kapital manbai hisoblanadi, ssuda kapitaliga talab va taklifni
shakllantiradi.
Kapital bozori kompaniyalar va davlatning qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlari
bilan ham shug‘ullanadi. Kapital bozori qimmatli qog‘ozlarni sotuvchilar va sotib
oluvchilar, ixtisoslashgan fond brokerlari, savdo va tijorat banklari, markaziy bank,
pensiya fondlari, sug‘urta
kompaniyalari, investitsiya kompaniyalari, sanoat
korxonalari, xorijiy investorlar, korxonalar, tashkilotlar ishtirok etadilar. Manbalar va
kiritilgan sohalariga qarab xalqaro va milliy kapital bozorlari bor (valyuta bozori,
birja).
Kapital bozori ikki asosiy vazifani bajaradi:
a) birlamchi bozor yoki yangi emissiya bozori, bunda investitsiya va boshqa
maqsadlar uchun zarur bo‘ladigan kapital yangi aktsiya, obligatsiya va boshqa
qimmatli qog‘ozlarni chiqarish hisobiga shakllantiriladi;
b) ikkilamchi bozor, bunda mavjud qimmatli qog‘ozlar
bilan operatsiyalar olib
boriladi. Ikkilamchi bozor qimmatli qog‘ozlarni sotuvchilardan xaridorlar qo‘liga
o‘tishni engillashtiradi. Kapital bozori mamlakat moliya tizimida muhim o‘rin egallab,
aholining jamg‘arilgan mablag‘larini investitsiyalarga va investitsiyalarni qimmatli
qog‘ozlar portfeliga aylantirish mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda 200
dan ortiq brokerlik idoralariga ega bo‘lgan “Toshkent” fond birjasi 1994 yildan boshlab
qimmatli qog‘ozlar savdosi bilan shug‘ullanadi.
Kapital bozori (qimmatli qog‘ozlar bozori) moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini
sifatida uning barqarorligini ta’minlash, mamlakat raqobatbardoshligini oshirishga
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
March 2023 / Volume 4 Issue 3
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
842
ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omil hisoblanadi. Shu bois rivojlangan mamlakatlarda
undan iqtisodiyotga investitsiya jalb qilishning asosiy vositalaridan biri sifatida keng
foydalaniladi. Negaki, kapital bozori rivojlanmasa, raqobatbardosh iqtisodiyotni
shakllantirish hamda investitsiyaviy faollikni oshirish borasidagi barcha harakatlar
besamar ketadi. Shu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-
apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-
6207-son Farmoni bilan mamlakatimizda kapital bozorini rivojlantirish yuzasidan aniq
vazifalar belgilab berilganligi kapital bozorini taraqqiy ettirish borasida muhim qadam
bo‘ldi, deyish mumkin.
Har qanday biznes subyekti, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo‘lsin, o‘zining
biron tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun aksariyat holatlarda qo‘shimcha
moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezadi. Bizga ma’lumki, bugungi kunda ko‘pgina
ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni moliyalashtirish manbasi sifatida davlat tomonidan
beriladigan mablag’lar yoki tijorat banklarining kreditlari
asosiy dastak vazifasini
bajarib kelmoqda. Shuning uchun ham moliyaviy bozorni taraqqiy ettirish bo‘yicha
hukumatimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri kapital bozorini rivojlantirish,
qaysidir ma’noda uni bozor iqtisodiyotining samarali elementiga aylantirish va
harakatga keltirish masalasi hisoblanadi. Bu borada amalga oshirilishi belgilangan
ishlarning normativ-huquqiy asosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil 13-apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g’risida”gi PF-6207-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2022-yil
17-yanvardagi
“Kapital bozorini qo‘llab-quvvatlashning samarali
mexanizmlarini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”dagi PQ-90-
son Qarorlarini keltirib o‘tish o‘rinli. Ushbu me’yoriy hujjatlarda kapital bozorini
rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan bo‘lib, ular quyidagilar [17]:
- kapital bozorining raqobatbardoshligini oshirish va uning kapitallashuvini 2023-
yil yakuniga qadar 45 trln. so‘mga
yetkazish, bank tomonidan kreditlashga muqobil
bo‘lgan samarali moliyalashtirish mexanizmini yaratish;
- xalqaro moliya bozorlari bilan faol integratsiyalashuv, zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish va xorijda muvaffaqiyatli
sinovdan o‘tgan ilg’or yondashuvlarni qo‘llash orqali barcha toifadagi investorlar
uchun kapital bozorining qulayligini oshirish;
- kapital bozorining uyg’un faoliyati va uning barcha segmentlari rivojlanishini
ta’minlash orqali 2023-yil yakuniga qadar respublika va hududiy investitsiya dasturlari
doirasida loyihalarning qimmatli qog’ozlar chiqarish orqali moliyalashtirilgan qismini
5 foizga yetkazish;
- sohaga ilg’or xalqaro amaliyotni joriy qilish, ortiqcha to‘siqlar va cheklovlarni
bartaraf etish orqali fond bozorida rivojlanish maqsadlariga yo‘naltirilgan
investitsiyalarni faol moliyalashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
March 2023 / Volume 4 Issue 3
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
843
- xalqaro mezonlar va tajribalarni joriy qilgan holda,
kapital bozorini tartibga
solishning yaxlitligini va tizimli tavakkalchiliklarning oldini olishni ta’minlovchi
qonunchilik bazasini yaratish;
- kapital bozorini zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar bilan ta’minlash
tizimini rivojlantirish, istiqbolli, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish uchun
jozibador shart-sharoitlarni yaratish;
- kapital bozori uchun soha mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash,
ularning malakasini oshirishni tizimli yo‘lga qo‘yish;
- minoritar investorlar, kapital bozorining boshqa ishtirokchilari hamda aholi keng
qatlamlarining bilimlari, ko‘nikmalari va moliyaviy savodxonligini oshirishni qo‘llab-
quvvatlash dasturlari doirasida 2023-yil yakuniga qadar 40 ming nafar aholini qamrab
olish.
Dostları ilə paylaş: