Front-
ofis mijozlar bilan bevosita muomalada bo‗ladigan va barcha bank
xizmatlarini ko‗rsatadigan bankning operatsion xodimlari guruhidan iborat
bo‗ladi
.
Front-ofisning umumiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1.
Bank mijozlariga xizmat ko‗rsa
tishni taklif qilish va ular yuzasidan
shartnomalar tuzish;
2.
Mijozlardan pul hisob-
kitob
hujjatlarini, shu bilan birga, ―Bank
-
mijoz‖
dasturi orqali elektron hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish;
3.
Mijozlarning bank orqali o‗tadigan operatsiyalarini hu
quqiy va moliyaviy
jihatdan dastlabki nazoratdan o‗tkazish;
4.
Mijozlarga pul hisob-
kitob operatsiyalarining o‗tkazilishini tasdiqlovchi
tilxat berish.
Front-
ofis quyidagi bo‗limlardan iborat bo‗ladi:
1.
Yuridik shaxslarga xizmat ko‗rsatuvchi koorporativ bo‗lim;
2.
Jismoniy shaxslarga chakana bank xizmatlari ko‗rsatuvchi bo‗lim;
3. Bankning ichki operatsiyalari (depozit, kredit, qimmatli qog‗ozlar, valuta
operatsiyalari) amalga oshiruvchi bo‗lim.
Front-
ofis tarkibida bank uchun o‗ta muhim mijozlar (VIP)
ga xizmat
ko
‗rsatuvchi alohida bo‗lim tashkil etilishi mumkin.
Front-
ofis tarkibiy bo‗limlarining asosiy vazifalari haqida batafsil
ma‘lumotga ega bo‗lish uchun ―O‗zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya
hisobini yuritishni va buxgalteriya ishlarini tashkil qi
lish tartibi to‗g‗risida‖gi
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008
-yil 3-maydagi
11/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan 1834-son bilan yuritishni va buxgalteriya
ishlarini tashkil qilish tartibi to‗g‗risida‖gi
O‗zbekiston Respublikasi
Adliya
vazirligi tomonidan ro‗yxatga olingan yo‗riqnomaning
tegishli ilovalari bilan
tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Bek-ofis
–
Front-
ofis tomonidan dastlabki nazoratdan o‗tgan va ijro uchun
taqdim qilingan operatsiyalarni joriy va yakuniy nazoratdan o‗
tkazish hamda
bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi buxgalterlar guruhi.
Bek-ofisning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
1) Front-ofis tomonidan ruxsat etilgan operatsiyalarni avtomatlashtirilgan
bank hisob tizimida aks ettirish;
2) joriy va yakuniy nazoratni amalga oshirish;
3) hisobotlar tuzish.
Bek-
ofis quyidagi bo‗limlardan iborat bo‗lishi mumkin:
1) Hisob va hisob-
kitob operatsiyalari bo‗limi;
2) kliring va plastik kartochkalar emissiyasi bo‗limi;
3) ssuda-
depozit bitimlar bo‗limi (guruhi);
4)
statistik ma‘lumotlar bo‗limi;
5) ichki xo‗jalik operatsiyalari bo‗limi;
6) yakuniy nazorat bo‗limi.
Bek-
ofis tarkibiy bo‗limlarining asosiy vazifalari haqida batafsil ma‘lumotga
ega bo‗lish uchun ham yuqorida keltirilgan yo‗riqnomaning tegishli ilovalari
ga
murojaat etish tavsiya etiladi.
Bank tarkibiy tuzilmasining mas‘uliyatini belgilash uchun, ular bajaradigan
operatsiyalari tavsifidan kelib chiqqan holda, bo‗limlar bo‗yicha vazifalar
taqsimlashning taxminiy doirasini aniqlash zarur.
Shuni qayd etish zarurki,
bo‗linmaga yuklatiladigan vazifalar doirasi qat‘iy bo‗lishi shart emas. Bank
bo‗linmalarida ko‗rsatilayotgan xizmatlar hajmi va bank operatsiyalarining
avtomatlashtirilgan darajasiga bog‗liq ravishda Bek
-ofis yoki Front-ofis tarkibida
ayrim bo‗lim yoki sektor bo‗lmasligi mumkin. Bunday hollarda, bir bo‗lim yoki
sektor vazifalarini boshqa bo‗lim, sektorning bajarishi ko‗zda tutilishi lozim.
Vazifalar bank tarkibiy tuzilmasining har bir bo‗limi uchun alohida
taqsimlanadi. Mijozlarga bankning barcha xizmatlar
majmuasi faqat Front-ofis
bo‗limida ko‗rsatilganligi bois, mazkur bo‗lim bank xizmatlarining barcha turlarini
yaxshi biladigan malakali mutaxassislardan tashkil etilishi shart.
Bunda shart-
sharoitlar va bank tomonidan mijozlarga ko‗rsatilayotgan
xi
zmatlar ro‗yxati e‘lon qilinishi hamda mazkur xizmatlardan bankning mavjud va
bo‗lg‗usi mijozlari xabardor qilinishi shart.
Front-ofis xodimlarini mijozlarning jismoniy va yuridik shaxslar toifasi
bo‗yicha guruhlash lozim. Qonunchilik bazasi turli yoki bir
xilligiga bog‗liq holda,
yuqorida qayd etib o‗tilgan mijozlarni yanada kichik bo‗lgan quyidagi turlarga
bo‗lish mumkin. Masalan, faqat milliy valutada operatsiyalarni amalga oshiradigan
mijozlar, milliy va chet el valutasida operatsiyalarni amalga oshiradigan mijozlar,
bir mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar va hokazo.
Bankning Front-
ofis bo‗limidagi har bir
guruh mutaxassisi mijozlarga
ko‗rsatiladigan to‗liq standart xizmatlar ro‗yxatini ularga taqdim etadi.
Xodimlar guruhi tomonidan mijozlarga
ko‗p operatsiyalar turi bo‗yicha
xizmat ko‗rsatilsa, mazkur guruhga kamroq mijoz taqsimlanishi lozim. Chunki
ko‗p turli operatsiyalar bajaruvchi mijozning bitta tashrifi bo‗yicha unga xizmat
ko‗rsatish bank xodimining ko‗p vaqtini egallaydi.
Front-ofis zimmasiga mijoz tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning
rasmiylashtirilishi va ular tomonidan boshlangan operatsiyalarning to‗g‗riligini
dastlabki nazorat qilish yuklatiladi. Qo‗shimcha nazorat zarur hollarda (bank
qo‗shimcha nazorat qilinishi lozim bo‗lgan operatsiyalar ro‗yxati va ularni nazorat
qilish tartibini ishlab chiqadi) Front-
ofis xodimi operatsiyalar bo‗yicha hujjatlarni
nazoratchi xodimga taqdim etadi.
Yakuniy nazoratning vazifasi operatsiyalarning yakuniy nazoratini amalga
oshiruvchi Bek-ofis xodimlari tomonidan keyingi bank ish kunidan kechiktirmagan
holda o‗tkazish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: