o‗tkaziladi va elektron axborot bankining hisoblash markaziga uzatiladi. Bu yerda
elektron to‗lovni boshqa banklarga o‗tkazish ishlari bajariladi.
Davl
at budjetining kassaviy ijrosi bo‗yicha bo‗lim
buxgalterlari davlat
budjeti daromadlari va xarajatlari bo‗yicha operatsiyalarni tashkil etadi, bu
operatsiyalar hisobini olib boradilar, davlat budjeti xarajatlarining to‗g‗ri va
qonuniy sarflanishi ustidan n
azorat qiladilar. Ichki bank operatsiyalari bo‗yicha
bo‗limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
–
bank
asosiy vositalarini, kam baholi va tez eskiradigan buyumlarni sotib
olish, ularning eskirishi, qayta baholanish hamda hisobdan chiqarilishini hisobga
olish;
–
bank
nomoddiy aktivlarini, materiallarni sotib olish, eskirishi, qayta
baholash, hisobdan chiqarilishini hisobga olish;
–
bank boshqaruv apparati va xodimlarining xarajatlarini hisoblash va
hisobga olib borish;
–
bankning barcha daromadlari
bo‗yicha hisobni olib borish;
–
bankning barcha xarajatlarini hisobga olib borish va hokazo.
Yuqorida sanab o‗tilgan bo‗limlar
majmuasi bankning hisob
-operatsion
bo‗limini tashkil etadi. Hisob
-
operatsion bo‗limni bank bosh buxgalteri
boshqaradi. Bankdagi
mijozlar soni, bajaradigan operatsiyalar ko‗lami va hisob
-
operatsion bo‗limdagi guruhlar soniga qarab bosh
buxgalterning bir yoki ikki
muovini tayinlanadi. Yordamchi va Bosh kitoblarda operatsiyalarni qayd etish,
dasturli komputer tizimida hisobotlar tuzish ishlariga umumiy rahbarlik qilish bank
bosh buxgalterlariga yuklanadi. Agar bosh buxgalter bo‗lmasa, ya‘ni mehnat
ta‘tilida, xizmat safarida yoki kasal bo‗lsa, bank rahbarining buyrug‗iga ko‗ra.
uning muoviniga topshiriladi. Bankning buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil
etish bilan bankning bosh buxgalter shug‗ullanadi.
Dostları ilə paylaş: