Banklar hisob-operatsion apparatining tuzilishi


O‟zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari



Yüklə 344,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix17.10.2023
ölçüsü344,99 Kb.
#156816
1   2   3   4   5   6   7   8
1 Banklarda buxgalteriya hisobining tashkil qilinishi

 
6. O‟zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari 
buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejalari va ularning tavsifi

Hozirgi kunda amalda bo‗lgan hisobvaraqlar rejasi ham mazmunan, ham 
tuzilishi jihatidan avvalgisidan farqlanadi.
Ilgari Markaziy bank ham, tijorat banklar ham buxgalteriya hisobini yagona 
hisobvaraqlar rejasi asosida yuritar edilar. Har bir hisobvaraq nomeri va nomi 
yoniga qaysi bankda ishlatilishi haqida belgi qo‗yilgan edi. Yangi hisobvaraqla

rejasi Markaziy bank uchun alohida, tijorat banklari uchun alohida ishlab chiqildi. 
Bunda har ikki bank faoliyatining xususiyatlari hisobga olindi. Masalan, Markaziy 
bank emissiya markazi hisoblangani uchun kassadagi pullar banknot va tangalarga 
bo‗lingan holda ko‗rsatiladi.
Markaziy bank hisobvaraqlar rejasining ―Majburiyatlar‖ bo‗limidagi 
hisobvaraqlar muddatiga ko‗ra joylashtirilgan hisoblanadi. ―Majburiyatlar‖ bo‗limi 
Markaziy bankning asosiy funksiyalaridan biri hisoblangan ―Pul emissiya‖sidan 
boshlanib, uning hisobi 20100- 

Pul emissiyasi

hisobvarag‗ida yuritiladi. Demak, 


54 
Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan banknotlar va tangalar bank 
balansining passiv qismida, ya‘ni majburiyatlar bo‗limida hisobga olinadi. 
Markaziy bankning hisobvara
qlar rejasining ―Majburiyatlar‖ bo‗limida, 
shuningdek, norezident banklarning, xalqaro moliya institutlarining talab qilib 
olingungacha saqlanadigan, jamg‗arib boriladigan muddatli depozitlari, Markaziy 
bankning 
obligatsiyalari, 
davlat 
budjetining 
daromadlar 
va 
xarajatlari 
hisobvaraqlari yuritiladi.
Markaziy bank hisobvaraqlar rejasining ―Kapital‖ deb nomlangan bo‗limda
―E‘lon qilingan ustav kapitali‖, ―Shakllangan ustav kapitali‖ kabi hisobvaraqlar 
ochilgan. Tijorat banklari hisobvaraqlar rejasining Sh-b
o‗limida, ya‘ni ―Kapital‖ 
bo‗limida oddiy va imtiyozli ro‗yxatdan o‗tkazilgan ustav kapitali hamda oddiy va 
imtiyozli chiqarilgan ustav kapitali kabi Markaziy banklarning hiosbvaraqlar 
rejasida bo‗lmagan hisobvaraqlar ochiladi.
Tijorat banklar iqtisodiyot tarmoqlarining turli mulkchilik shakllariga 
tegishli xo‗jaliklarga xizmat ko‗rsatadi, shunga asosan tijorat banklarda alohida 
hisobvaraqlar ochiladi. Markaziy bank esa iqtisodiyot tarmoqlariga emas, balki 
hukumat va nazorat idoralari va vazirliklarga xizm
at ko‗rsatadi. Shunday 
xususiyatlar har ikki bank hisobvaraqlar rejalarida hisobga olingan.
Hozirgi kunda amalda bo‗lgan hisobvaraqlar rejasi olti bo‗limdan iborat 
bo‗lib, ulardan beshtasi balans ichidan hisobvaraqlarni o‗z ichiga oladi, oxirgi 
oltinchi
bo‗lim esa balansdan tashqari hisobvaraqlardan iborat. Bank aktivlari, 
passivlari, kapitali, daromadlari va xarajatlari bo‗yicha hisobvaraqlar alohida 
bo‗limlarga kiritilgan, ya‘ni:
I bo‗lim 
10000

Aktivlar 
II bo‗lim
20000

Majburiyatlar 
III bo‗lim 
30000

Kapital 
IV bo‗lim 
40000

Daromadlar 
V bo‗lim
50000

Xarajatlar
VI bo‗lim 
90000

Ko‗zda 
tutilmagan 
holat 
bo‗yicha
(ya‘ni balansdan tashqari) hisobvaraqlar
Barcha hisobvaraqlar shunday tartibda ishlab chiqilganki, bunda 

birinchidan, barcha hisobvaraqlarning asosiy va yordamchi kitoblarda 
joylashuvini osonlashtirish; 

ikkinchidan, hisobvaraqlarni guruhlash va klassifikatsiya qilish; 

uchinchidan, hisob ishlarini komputerlashtirish; 
–to‗rtinchidan, operatsiyalar bo‗yicha yozuvlarni bajarishni tezlashtirishni 
ta‘minlash mumkinligi hisobga olingan. 
Rejadagi hisobvaraqlar Bosh daftar uchun beshta raqamdan iborat qilib 
kodlashtirilgan.
Barcha aktivlar 40 ta atrofida asosiy hisobva
raqqa bo‗linadi, har bir asosiy 
hisobvaraq ham bir necha subschyotdan iborat. Masalan: 10100 - asosiy 
hisobvaraq ―Naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari‖ deb nomlanadi va quyidagi 
subschyotlarni o‗z ichiga oladi:


55 
10101 

aylanma kassadagi naqd pullar; 
10102 

zaxiradagi naqd pullar; 
10105 

cheklar va boshqa kassa hujjatlari; 
10107 

bankomatlardagi naqd pullar; 
10109 

yo‗ldagi pullar;
10111 

bank binosidan tashqaridagi kassalardagi naqd pullar. 
Huddi shunday misolni «Majburiyatlar» kategoriyasi bo‗yicha
ko‗rib 
chiqamiz. Bank majburiyatlari ―Talab qilib olinguncha saqlanadigan‖ (muddatsiz) 
depozitlardan boshlanadi: ya‘ni,
20200 

talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar, bunda: 


majburiyatlar kategoriyasini, 02 esa shu majburiyatlarga tegishli asosiy 
hisobvaraqni bildiradi. Ushbu asosiy hisobvaraq bir qancha yordamchi 
hisobvaraqlarni (subschyotlarni) o‗z ichiga oladi:
20202 

Hukumatning budjetdan tashqari mablag‗lari bo‗yicha talab qilib 
olinguncha saqlanadigan depozitlari; 
20203 

Respublika qa
ramog‗idagi budjet tashkilotlarining b
udjetdan tashqari 
mablag‗lari bo‗yicha muddatsiz depozitlari;
20204 

Mahalliy budjet qaramog‗idagi budjet tashkilotlarining budjetdan 
tashqari mablag‗lari bo‗yicha talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari;
20205 

Budjetdan tashqari fondlarning talab qilinguncha saqlanadigan 
depozitlari; 
20296 

boshqa talab qilib olinadigan depozitlar. 
Demak, 20200 

talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar asosiy 
hisobvarag‗i bir nechta yordamchi hisobvaraqni o‗z ichiga olar 
ekan. Yuqorida 
sanab o‗tgan depozit hisobvaraqlarining hammasi korxona va tashkilotlarining 
hisob-
kitob schyotlariga tenglashtirilgan bo‗lib, ular orqali mijozlarining hisob
-
kitob, kassa, kreditni qaytarish va boshqa operatsiyalari o‗tkaziladi.
Hisobvaraq
lar rejasining qolgan bo‗limlaridagi hisobvaraqlari ham huddi 
shunday tartibda nomerlanadi. 

Yüklə 344,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin