Banklar va bank faoliyati


O`zbekiston Respublikasining bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari



Yüklə 82,83 Kb.
səhifə2/5
tarix22.10.2023
ölçüsü82,83 Kb.
#159752
1   2   3   4   5
BANKLAR VA BANK FAOLIYATI

O`zbekiston Respublikasining bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari
 
Respublikamiz mustaqilligining e`lon qilinishi butun dunyo mamlakatlari tomonidan tan olingan bozor iqtisodiyoti dastaklarini bizning respublikamizga ham kirib kelishiga zamin yaratdi. Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati tug`ildi.
Bank tizimini qayta qurish:
- ikki pog`onali bank tizimini vujudga keltirish. Markaziy emission bank va bevosita xo`jalik subyektlariga xizmat ko`rsatuvchi ixtisoslashgan davlat banklari;
- ixtisoslashtirilgan banklarni to`laligicha xo`jalik hisobiga va o`z-o`zini moliyalashga utkazish;
- iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo`ladigan kredit munosabatlari, uslublari va shakllarini takomillashtirish va boshqalarni o`z ichiga oladi.
O`zbekiston bozor iqtisodiyotiga o`tishning bosqichma-bosqich yo`lini tanlagani bois bank tizimi taraqqiyoti ham quyidagi bosqichlarga ega:
- Birinchi bosqich milliy valyutani muomilaga kiritish uchun asos yaratilgan va ikki pog`onali bank tizimining poydevori qurilgan 1991 yildan 1994 yilgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davrda mamlakatimizning mustaqil bank tizimini yaratish bo`yicha olib borilgan tadbirlar 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to`g`risida»gi Qonuni asosida amalga oshirildi. Ushbu qonun asosida sobiq SSSR davlat bankining respublika muassasi asosida O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`zildi (1992 yil sentabr) va unga respublikada pul muomilasini tartibga solish, tijorat banklari tizimini vujudga keltirish va tulov tizimini tashkil etish vazifalari yuklatildi.
Ushbu davrda tashkil etilgan maxsus ixtisoslashgan banklar jumlasiga sanoat qurilish banki, kommunal qurilish va sotsial taraqqiyot banki, agrosanoat banki, tashqi iqtisodiy faoliyat banki, jamg`arma banki va boshqa banklarni kiritish mumkin.
O`zbekistonda bank tizimini tashkil qilishning ikkinchi bosqichi milliy valyuta muomilaga kiritilgan (1994 yil 1 iyul) va ikki pog`onali bank tizimining xuquqiy asoslari yaratilgan 1994-1996 yillarni o`z ichiga oladi.
1994 yil 18 martdagi Vazirlar Mahkamasining «Bank tizimini takomillashtirish va pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish bo`yicha chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori, 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida»gi va 1996 yil 25 aprelda «Banklar va bank faoliyati to`g`risida»gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bank tizimini jahon andozalariga yaqinlashtirish sohasidagi mustahkam qonuniy poydevor yaratdi.
Ushbu bosqichning xususiyatlaridan biri 1995 yildan boshlab O`zbekistonda maxsus nobank kredit tashkilotlari (investitsiya kompaniyalari, sug`o`rta kompaniyalari va boshqalar) tashkil qilina boshlandi.
O`zbekiston bank tizimini shakllantirishning uchinchi bosqichi 1997-2000 yillarni o`z ichiga olib u bosqichning asosiy xususiyati banklarni xususiylashtirish va aksiyador – tijorat banklarida boshqaruvning sifatini oshirish, banklar faoliyatida nazoratni ko`chaytirishdan iborat.
Bu bosqichda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xususiy tijorat banklari tashkil qilishni rag`batlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi (1997 yil 24 aprel), «Aksiyadorlik-tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari
2.Banklar va bank faoliyati to`g`risidagi qonun , Toshkent,1996y
to`g`risida»gi (1998 yil 2 oktabr), «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish
.
borasidagi chora-tadbirlari to`g`risida»gi (2000 yil 21 mart) farmonlari muhim ahamiyatga ega.
Shu kabi 1999 yil 15 yanvarda O`zbekiston Respublikasining «Bank tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to`g`risida» gi, 2000 yil 24 martdagi «Bank tizimini isloh qilishga doir qo`shimcha chora tadbirlar to`g`risida» gi qarorlari qabul qilindi.
Shu bosqichda bank tizimini islox qilish respublika komissisiyasi tuzildi, mijozlarga xizmat kursatish sifati oshirildi, kichik va o`rta biznesni yanada rivojlantirishga, ichki nazorat ta`sirchanligini oshirishga e`tibor qaratildi.
Bank tizimi rivojlanishining to`rtinchi bosqichi 2001 yildan boshlandi va uning asosiy xususiyatlari bo`lib kuyidagilar hisoblanadi:
1. Banklar faoliyatini yanada rivojlantirish asosida aholining bank tizimiga bo`lgan ishonchi mustahkamlandi. Agar 2001 yilni boshiga tijorat banklar kapitali 502 mlrd so`mdan 2008 yilni boshiga 1500 mlrd. so`mga, ya`ni 298,8% ga oshgan bo`lsa, shu davrda axolining banklardagi pul jamgarmalari (yangi omonat turlari, yukori foizlar va boshqalar xisobiga) 91,5 mlrd. so`mdan 994,6 mlrd. so`mga yoki 10,9 barobarga oshdi.
So`nggi yillarda mamlakatimizda aholining milliy valyutamiz-so`mdagi muddatli va jamg`arma omonatlari bo`yicha to`layotgan o`rtacha foiz stavkalari 16-18 foizni tashkil etmoqda.
2. Tijorat banklarining xususiy tadbirkorlik, kichik va o`rta biznes subyektlariga ko`rsatgan yordami ortdi. Ma`lumki, kichik tadbirkorlik subyektlarining soni yil sayin oshib bormoqda va ularni soni 1.01.2000 yilga 159,7 ming tani tashkil etadi. 2007 yilning boshiga kichik biznes subyektlarining soni 384,1 mingtaga yetdi. Barcha manbaalar tomonidan kichik biznes subyektlariga berilgan kreditlar 2004 yilni boshiga 354 mlrd so`mni tashkil etgan bo`lsa bu ko`rsatkich 2006 yilning boshiga 510,4 mlrd so`mni tashkil etdi. Kichik biznes subyektlarining YAIMdagi ulushi 2006 1.O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Toshkent, 2001y
yilda 42,1 foizni tashkil etdi, 2007 yilni rejasiga ko`ra uni 45 foizga yetishi muljallangan.
Tijorat banklarining mikro kreditlari tufayli 2007 yilda kichik biznes subyektlari tomonidan 106778 ta yangi ishchi o`rinlari yaratildi. Bu ko`rsatkich 2006 yilga nisbatan 1,5 barobarga ko`p demakdir.
3. Valyuta munosabatlarini erkinlashtirish bo`yicha ishlar jadallashtirildi. Bu bosqichda milliy valyutani erkin ayirboshlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirildi va 2003 yil 15 oktabridan boshlab joriy xalqaro operatsiyalar bo`yicha so`mning erkin almashtirilishi joriy etildi.
Valyuta munosabatlarini takomillashuvi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003 yil 11 dekabridagi 557 son qarori bilan «Valyutani tartibga solish to`g`risida»gi qonuniga o`zgartirishlar kiritildi.
Shu asosda respublikamizda bank tizimini taraqqiy etishi va takomillashuvi davom etmoqda.
Bu borada O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi «Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi va 2007 yil 12 iyuldagi “Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodi|tni modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish chora -tadbirlari to`g`risida”gi Qarorlari katta ahamiyatga ega
 Umuman, O`zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A. Karimov o`zbek modeliga munosib bank tizimi asoschisi hisoblanadi.
 

Yüklə 82,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin