-kassaga pul topshirish bo'yicha e'lonnoma va boshqalar.
Bank kassasidan naqd pul olish uchun foydalaniladigan naqd pul cheklari bir hil siyohli sharikli ruchka bilan qo'lda to'ldirilgan bo'lishi shart. Hujjatning to'ldirilmagan qismlarga ikkita parallel chiziq tortilishi lozim. Hisobvaraq uning raqami va bank nomi cheklarda hamda e'lonlarda burchak shtamplar bilan ko'rsatilishi mumkin. Bankda beriladigan naqd pul hujjatlarida so’z bilan yoziladigan summa satrning boshidan katta harf bilan boshlanishi shart.
Kirim kassa orderlariga hamda pul va qimmatliklami qabul qilish kvitansiyalariga imzo chekish huquqi berilgan kassa xodimlarining familiyalari, ularning imzo namunalari bank rahbari tomonidan chiqarilgan maxsus blankalarda ko'rsatiladi.
Bosh buxgalter imzolarning tegishli na’munalari o’z vaqtida kassaga, buxgalteriya xodimlariga va nazoratchi xodimlarga berilib, bu haqda ulardan tilxat olinishini ta'minlashi shart.
Naqd pullarni qabul qilish va ularning hisobi.
Banklar aholi va o’z mijozlaridan quyidagi hollarda naqd pullarni qabul qilishi mumkin:
Savdo va xizmat ko'rsatish sohasidan tushgan tushumiar;
Soliqlar,yig’imlar boj va boshqa majburiy to'lovlardan tushgan tushumlar
Bankning xodimi ish kunining boshida kassa mudiridan kun davomida chiqim qilinadigan naqd pullar uchun avans summasini qabul qilib oladL Kun boshida qabul qilib olingan naqd pullar va kun oxirida summalari kassa xodimi va kassa mudirlarining tegishli kassa kitoblarida aks ettiriladi va imzolari bilan tasdiqlanadi.