8) Joriy transfertlar, kompaniyalarning xayriyalari.
9) Davlat nafaqalari va boshqa to ‘lovlar.
Aholi Daromadning ko`rinishlari: pul
ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklida olinadigan daromadlarni, qimmatli qog‘ozlar,j ko‘chmas mulk, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, hunarm andchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko‘rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o ‘z ichiga oladi.
Aholi Daromadning ko`rinishlari: natural
mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo‘jaliklarining o ‘z iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo‘ladi.
Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo‘lgan va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.
Nominal daromad - aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida olingan daromadlarning pul ko‘rinishidagi miqdori hisoblanadi.
Ixtiyorida bo‘lgan daromad - shaxsiy iste’mol va jamg‘arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘Igan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar va majburiy to‘Iov summasiga kam bo‘lad.
Real daromad - narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib, abolining ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin boigan tovar va xizmatlar miqdorini ko'rsatadi, ya’ni daromadning xarid quvatini bildiradi.
Aholi jon boshiga real umumiy daromadlar (manba: stat.uz):