Banklarning mohiyati, kelib chiqish asoslari va ularni bozor iqtisodiyotidagi o’rni. Kredit tizimi va uning tarkibiy qismlari


Banklarning mohiyati, kelib chiqish asoslari va ularni bozor iqtisodiyotidagi o’rni. Kredit tizimi va uning tarkibiy qismlari



Yüklə 37,17 Kb.
səhifə2/2
tarix21.07.2023
ölçüsü37,17 Kb.
#137057
1   2
Hisobot

Banklarning mohiyati, kelib chiqish asoslari va ularni bozor iqtisodiyotidagi o’rni. Kredit tizimi va uning tarkibiy qismlari


Bank deb pul mablag‘larini yig‘uvchi, saqlab beruvchi, kredit-hisob va boshqa vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasalarga aytiladi. Banklar paydo bo‘lishining asosi tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi hisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarinig bo‘lishi va ularning rivojlanib borishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda banklarning ham bo‘lishini taqozo etadi. Banklar o‘rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat, shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar o‘z bo‘sh turgan mablag‘laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha foydalanishga mablag‘ zarur bo‘lgan sub’yektlarga qarz sifatida berishgan. Bu hol pul almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan. Bank so‘zi italyancha “banka” so‘zidan olingan bo‘lib, “stol”, “pullik stol” degan ma’noni anglatadi, chunki o‘rta asrlarda italiyalik puldorlar hamyonlaridagi, idishlaridagi tangalarni stol ustiga qo‘yib рisob-kitob qilganlar. XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni “bancheri” deb atab, agar puldorlarning qaysi biri ishonchni oqlamasa va ishiga ma’suliyatsizlik qilsa, u o‘tirgan stol sindirib tashlangan va uni “Bancorotto”, ya’ni bankrot deb atashgan. Banklar paydo bo‘lishining boshlang‘ich nuqtasi XVI asrda Florensiya va Veneеsiyada tashkil qilingan kichik jiro-banklar рisoblanadi. Keyinchalik bunday banklar Amsterdamda (1605), Gamburgda (1618), Milanda, Nyurenbergda, Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan o‘z mijozlari – savdogarlarga xizmat qilgan, ular o‘rtasida naqd pulsiz рisob-kitoblarni olib borgan. Angliya bank tizimi (XVI asr) yuzaga kelgan va rivojlangan birinchi davlat hisoblanadi. Angliya bankirlari oltinni saqlab beruvchilar va savdogarlardan kelib chiqqan. Tarixda birinchi yuzaga kelgan bank Angliya banki hisoblanadi, u 1694-yilda aksioner bank sifatida tashkil bo‘lgan. Keyinchalik sanoat rivojlanishi natijasida banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil topgan. Natural xo‘jalik munosabatlarining tugashi, savdo-sotiq munosabatlarining rivojlanishi pullik hisob-kitoblar olib borishga, kredit tizimini rivojlanishiga yo‘l ochdi. Ssuda kapitalisti asosan o‘z bo‘sh mablag‘ini qarzga berib, ssuda foizi sifatida daromadga ega bo‘lsa, bankirlar asosan chetdan jalb qilingan mablag‘larni kreditga berib, foydaga ega bo‘ladi. Banklar korxona, tashkilot, davlat muassasalari, aholi bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish orqali katta hajmdagi mablag‘ni jamlab uning harakatini boshqargan. Banklarni yiriklashuvi va ular faoliyatining takomillashuvi ularning kelgusida maxsus korxonalar – kredit muassasalariga aylanishiga olib keldi. Bozor munosabatlari sharoitida banklar iqtisodiyotni samarali boshqarishning muhim sub’yekti hisoblanadi. Banklar bozor munosabatining boshqa sub’yektlaridan farq qilib, pul bilan ishlovchi, vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini yig‘uvchi, uni unga ehtiyoj sezgan sub’yektlarga vaqtincha foydalanishga berib turuvchi va pul mablag‘larini samarali ishlatish asosida o‘z faoliyatini olib boruvchi muassasa hisoblanadi. Banklar bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi sub’yekt hisoblanib, moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va olib borishda vositachi sifatida kapital aylanishining uzluksizligini ta’minlab jamiyatning ravnaq topishiga, iqtisodiyotning rivojlanishiga, jamiyat a’zolari farovonligiga zamin yaratadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar-pul munosabatlarining keng miqyosda rivojlanishi banklar oldida yangidan-yangi operatsiyalar bajarishga imkoniyat ochib beradi. Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimi yaratish zaruriyati tug‘ildi. O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasiga binoan quyidagilar bank siri hisoblanadi: - o‘z mijozlarining (vakillarining) operatsiyalari, hisob varaqlari va omonatlariga doir ma’lumotlar; - bank o‘z mijoziga (vakiliga) bank xizmatlari ko‘rsatishi munosabati bilan mazkur mijoz (vakil) to‘g ‘risida olgan ma’lumotlar; - mijozning (vakilning) bank seyflari va binolarida saqlab turilgan mol-mulki, uning xususiyati va qiymati haqidagi ma’lumotlar; - mijoz (vakil) topshirig‘iga binoan yoki uning foydasini ko‘zlab amalga oshirilgan banklararo operaеsiyalar va bitimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; - bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarning banklar o‘rtasida muomalada bo‘lishi natijasida oshkor bo‘lgan boshqa bankning mijoziga (vakiliga) doir ma’lumotlar. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar mijozning (vakilning) o‘ziga, u vakolat bergan vakillarga, shuningdek, hisob palatasiga (uni zimmasidagi vazifaga kirsa), tergov, prokuratura va surushtiruv organlariga (tergovchi va surushtiruvchining asoslangan qaroriga ko‘ra kuzatilgan jinoyat ishi mavjud bo‘lganda) taqdim etiladi. Respublikamiz mustaqilligining e’lon qilinishi butun dunyo mamlakatlari tomonidan tan olingan bozor iqtisodiyoti dastaklarini bizning yurtimizga ham kirib kelishiga zamin yaratdi. Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati tug‘ildi. Bank tizimini qayta qurish: - ikki pog‘onali bank tizimini vujudga keltirish. Markaziy imission bank va bevosita xo‘jalik sub’yektlariga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan davlat banklari; - ixtisoslashtirilgan banklarni to‘laligicha xo‘jalik hisobiga va o‘z-o‘zini moliyalashga o‘tkazish; - iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo‘ladigan kredit munosabatlari, uslublari va shakllarini takomillashtirish va boshqalarni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tishning bosqichma-bosqich yo‘lini tanlagani bois, bank tizimi taraqqiyoti ham quyidagi bosqichlarga ega: - Birinchi bosqich milliy valyutani muomalaga kiritish uchun asos yaratilgan va ikki pog‘onali bank tizimining poydevori qurilgan 1991-yildan 1994-yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda mamlakatimizning mustaqil bank tizimini yaratish bo‘yicha olib boriladigan tadbirlar 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g ‘risida”gi Qonuni asosida amalga oshirildi. Ushbu qonun asosida sobiq ittifoq davlat bankining respublika muassasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tuzildi (1992-yil sentabr) va unga respublikada pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizimini vujudga keltirish va to‘lov tizimini tashkil etish vazifalari yuklatildi. Ushbu davrda tashkil etilgan maxsus ixtisoslashgan banklar jumlasiga sanoat qurilish banki, kommunal qurilish va sotsial taraqqiyot banki, agrosanoat banki, tashqi iqtisodiy faoliyat banki, jamg‘arma banki va boshqa banklarni kiritish mumkin. O‘zbekistonda bank tizimini tashkil qilishning ikkinchi bosqichi milliy valyuta muomilaga kiritilgan (1994-yil 1-iyul) va ikki pog‘onali bank tizimining huquqiy asoslari yaratilgan 1994-1996-yillarni o‘z ichiga oladi. 1994-yil 18-martdagi Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini takomillashtirish va pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g ‘risida”gi qarori, 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g ‘risida”gi va 1996-yil 25-aprelda “Banklar va bank faoliyati to‘g ‘risida”gi Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bank tizimini jahon andozalariga yaqinlashtirish sohasidagi mustahkam qonuniy poydevor yaratdi. Ushbu bosqichning xususiyatlaridan biri 1995-yildan boshlab, O‘zbekistonda maxsus nobank kredit tashkilotlari (investitsiya kompaniyalari, sug‘urta kompaniyalari va boshqalar) tashkil qilina boshlandi. O‘zbekiston bank tizimini shakllantirishning uchinchi bosqichi 1997-2000-yillarni o‘z ichiga olib, u bosqichning asosiy xususiyati banklarni xususiylashtirish va aksiyador – tijorat banklarida boshqaruvning sifatini oshirish, banklar faoliyatida nazoratni ko‘chaytirishdan iborat. Bu bosqichda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tijorat banklari tashkil qilishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g ‘risida”gi (1997-yil 24-aprel), “Aksiyadorlik-tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (1998-yil 2-oktabr), “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi (2000-yil 21-mart) farmonlari muhim ahamiyatga ega. Shu kabi 1999-yil 15-yanvarda O‘zbekiston Respublikasining “Bank tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2000-yil 24-martdagi “Bank tizimini isloh qilishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi. Bank tizimiga chet el sarmoyasi keng jalb qilina boshlandi va 2006-yilning boshiga kelib, 5 ta bank chet el kapitali ishtirokida faoliyat ko‘rsata boshladi. Bulardan tashqari xalq xo‘jaligiga 3 ta bank davlat mulki asosida. 12 ta aksiyador-tijorat va 9 ta xususiy bank xizmat ko‘rsatmoqda. Shu bosqichda bank tizimini isloh qilish bo‘yicha respublika komissiyasi tuzildi, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati oshirildi, kichik va o‘rta biznesni yanada rivojlantirishga, ichki nazorat ta’sirchanligini oshirishga e’tibor qaratildi. Bank tizimi rivojlanishining to‘rtinchi bosqichi 2001-yildan boshlandi va uning asosiy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: 1. Banklar faoliyatini yanada rivojlantirish asosida aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchi mustahkamlandi. Agar 2004-yilning boshiga tijorat banklar kapitali 791 mlrd so‘mdan 2005-yilning boshiga 824,1 mlrd. so‘mga, ya’ni 104,2% ga oshgan bo‘lsa, shu davrda aholining banklardagi pul jamg‘armalari (yangi omonat turlari, yuqori foizlar va boshqalar hisobiga) 244,7 mlrd. so‘mdan 322,6 mlrd. so‘mga yoki 131,8 foizga oshdi, 2005-yilning boshiga esa banklardagi aholi jamg‘armalari 450 mlrd. so‘mga yetdi. 2. Tijorat banklarining xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznes sub’yektlariga ko‘rsatgan yordami ortdi. Ma’lumki, kichik tadbirkorlik sub’yektlarining soni yil sayin oshib bormoqda va ularning soni 1.01.2004-yilga 235,4 mingtani tashkil etdi. 2005-yilda kichik biznes sub’yektlariga berilgan kredit 419,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, shundan 287,4 mlrd. uzoq muddatli kreditni tashkil etdi. Kichik biznes sub’yektlarining YaIMdagi ulushi 2005-yilda 38 foizni tashkil qildi, 2006-yilni rejasiga ko‘ra uni 45 foizga yetkazish mo‘ljallandi. 3. Valyuta munosabatlarini erkinlashtirish bo‘yicha ishlar jadallashtirildi. Bu bosqichda milliy valyutani erkin ayirboshlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirildi va 2003-yil 15-oktabridan boshlab, joriy xalqaro operaysiyalar bo‘yicha so‘mning erkin almashtirilishi joriy etildi. Valyuta munosabatlarini takomillashuvi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003-yil 11-dekabridagi 557-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritildi. Shu asosda respublikamizda bank tizimini taraqqiy etishi va takomillashuvi davom etmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-apreldagi “Bank tizimini yanada isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim ahamiyatga ega.
Yüklə 37,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin