13-MA’RUZA. IQTISODIYOTNING DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLINISHI
13.1. Davlatning iqtisodiy funksiyalari va uning bozor iqtisodiyoti rivojlanishiga aralashuvi zarurligi Davlatning iqtisodiy vazifalari ko‘p va turli xildir. SHuning uchun tahlilimizga asos sifatida davlatning quyidagi iqtisodiy faoliyatlarini qarab chiqamiz.
Birinchidan, davlatning ayrim iqtisodiy vazifalari bozor tizimi rivojlanishini engillashtirish va qo‘llab-quvatlash maqsadiga ega. Bunday vazifalar sirasiga quyidagi ikki faoliyatni kiritishimiz mumkin:
bozor tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan huquqiy baza va ijtimoiy muhitni ta’minlash;
raqobatni himoya qilish.
Ikkinchi guruh vazifalarini bajarishda davlat bozor tizimi faoliyatini kuchaytiradi va turlaydi. Bu erda davlatning quyidagi uchta vazifasi asosiy ahamiyatga ega.
daromad va boyliklarni qayta taqsimlash;
milliy mahsulot tarkibini o‘zgartirish maqsadida resurslar taqsimotini tartibga solish;
iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiy kon’yukturaning egiluvchanligi natijasida paydo bo‘ladigan ishsizlik va inflyasiya darajalarini nazorat qilish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish;
Davlat bozor iqtisodiyotining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun asos bo‘ladigan ayrim xizmatlarni va huquqiy bazani ta’minlash vazifalarini o‘z zimmasiga oladi. Huquqiy bazani ta’minlash asosan xususiy korxonalarga haq-xuquqlar berish, xususiy mulkchilikni aniqlash va shartnomalar bajarilishini nazoorat qilish, shuningdek, boshqalarda namoyon bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyotida raqobat asosiy tartibga soluvchi mexanizm bo‘lib hisoblanadi. Bu ishlab chiqaruvchilar va resurslarni etqazib beruvchilarni o‘ziga bo‘ysundiradigan yagona kuchdir. Bozor tizimiga bo‘ysunadigan ishlab chiqaruvchilar raqobat natijasida foyda olishni rejalashtiradi. Kimki bu qonunni buzsa, zarar ko‘radi va oqibatda batomom tugatilishi mumkin. Raqobat sharoitida iste’molchi - bu xo‘jayin, bozor - uning ta’minotchisi (agenti), korxona esa, xizmatkori hisoblanadi.
Monopoliyaning o‘sishi bu vaziyatni tezda o‘zgartiradi. Monopoliya raqobat bilan almashinar ekan, sotuvchilar bozorga ta’sir qilishi mumkin yoki o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda narxlarni oshirish orqali mamlakatga zarar olib keladi.
Bozor tizimi rivojlanishi bilan mamlakat aholisi oladigan daromadlar va qiladigan xarajatlar o‘rtasida nomutanosibliklar paydo bo‘ladi. Bu kabi muammolarni hal qilishda davlat asosiy ahamiyatga ega. YA’ni, davlat jamiyatdagi daromadlar nomutanosibligini kamaytirish vazifasini bajaradi. Bu vazifalar bir nechta siyosiy tadbirlar va dasturlarda o‘z echimini topgan. Birinchidan, transfert to‘lovlari orqali yordamga muhtoj, boqimanda, nog‘iron va ishsizlarni nafaqalar bilan ta’minlaydi. Ikkinchidan, davlat bozorga aralashuvi orqali daromadlar taqsimlanishini o‘zgartiradi. Fermerlarga kafolatlanadigan baho va minimal ish haqi to‘g‘risidagi qonunchilik davlatning aholi ayrim guruhlari daromadlarini tenglashtirish maqsadida bahoni tartibga solib turishga misol bo‘la oladi. Bundan tashqari aholidan olinadigan daromad soliqlarining foizlar bo‘yicha tabaqalanishi ham aholining kam ta’minlangan qismini qo‘llab-quvvatlash maqsadida olib borilayotgan dasturlardan biridir.
Iqtisodchilarga bozor faoliyati buzilishining ikki holati ma’lum. Birinchidan, kerak bo‘lmagan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda qanday resurslar bo‘lishidan qat’i nazar, iqtisodiy jihatdan foydaliligini aniq ajratib ko‘rsata olmaydi. Birinchi holatda resurslarni tuslanishi yoki qo‘shimcha samaraga, ikkinchidan esa, davlat yoki ijtimoiy manfaatga bog‘liq.
Oldingi mavzularda ko‘rdikki, raqobatli bozor tizimining qulayliklaridan biri resurslarni samarali taqsimlashdan iborat. Boshqacha aytganda, har bir turdagi tovar va xizmatni ishlab chiqarishda resurslar to‘g‘ri yoki maqbul taqsimlanadi.
Raqobatli bozordagi resurslarning samarali taqsimlanishida yashirincha ravishda kamchiliklar ham mavjud. CHunonchi, har xil turdagi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish yoki iste’mol qilishda qo‘shimcha samara yoki tovlanish bo‘lmaydi, deb hisoblanadi. Tovlanish tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish yoki is’temol qilish bilan bog‘liq bo‘lgan imkoniyat va xarajatlar uchinchi tomonga, ya’ni bevosita sotuvchi yoki sotib oluvchi bo‘lmagan tomonga o‘tadi. Tovlanish, shuningdek, qo‘shimcha samara deb ham yuritiladi. CHunki, u bozor oldi - sotdisida qatnashayotgan individ yoki guruhlar hisobiga to‘g‘ri keladigan imkoniyat va xarajatlarni bildiradi.
Tovarlarni ishlab chiqarish yoki iste’mol qilishda uchinchi bir tomondan kutilmagan xarajatlar paydo bo‘lishi tovlanish xarajatlarini anglatadi. Bu xarajatlarning ko‘pgina qismi atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog‘liq. Davlat xarajatlar tovlanishi natijasida resurslar nomutanosib taqsimlanishining oldini olish uchun qonunlar qabul qiladi, va o‘ziga xos soliqlar joriy etadi.
O‘zbekistonning bozor iqtisodiyoti rivojlanishiga aralashuvidan asosiy maqsadi, iqtisodiyotga yangi demokratik usullar bilan rahbarlik qilish, barcha xorijiy mamlakatlar bilan samarali iqtisodiy integratsiyaga o‘tish, ITT yutuqlaridan samarali qo‘llash asosida resurslardan unumli foydalanishni yo‘lga qo‘yish va aholining turmush darajasini yuksaltirishdir.