Iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi


Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi



Yüklə 40,99 Kb.
səhifə3/3
tarix29.04.2023
ölçüsü40,99 Kb.
#104692
1   2   3
13-mavzu

13.3. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi
SHunday xizmat turlari ham mavjudki, ularga qandaydir miqdorda narx belgilash mumkin. Masalan, ko‘cha va avtomagistrallar, militsiya yong‘inga qarshi ko‘rash, kutubxona va muzey, profilaktik, tibbiy (meditsina) xizmatlari va boshqalar.
Demak, bozor tizimidagi baho ijtimoiy manfaatlarni ko‘zlab ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarga bo‘lgan resurslarni ajratmas ekan, u holda ularning ishlab chiqarish mexanizmi qanday olib boriladi?
Ushbu tovar va xizmatlarning ishlab chiqarishga zarur bo‘ladigan resurslar taqsimoti asosan davlat orqali guruh yoki jamoa qarorlarida qabul qilinadi. YAnada aniqroq aytadigan bo‘lsak, u demokratik davlatlarda siyosiy usul, ya’ni ovoz berish orqali aniqlanadi. Ijtimoiy manfaatlar iste’moli hajmi davlat siyosati bildiradi. Siyosiy minbarlarda qabul qilingan bu guruh qarorlari uy xo‘jaliklari va korxonalarining beshta funtamental savollarga bergan javoblariga qo‘shimcha bo‘lib xizmat qiladi.
Ijtimoiy manfaatlarning ishlab chiqarish uchun shaxsan individual iste’moldagi qanday resurslari qayta taqsimlanadi? To‘liq bandlik sharoitida faoliyat ko‘rsataetgan iqtisodiyotda davlat oldida ijtimoiy manfaatdagi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun individual iste’moldagi tovarlarning ishlab chiqarishdan resurslarni ajratish muammosi turadi. Xususiy tarmoqdan tovarlarni ajratib olish uchun ularning xususiy talabi qisqartiriladi. Bunga asosan uy xo‘jaliklari va korxonalardan soliqlarni olish orqali erishiladi. Uy xo‘jaliklari va korxonalar kam daromad olish natijasida investitsion va iste’mol xarajatlarini kamaytirishadi. qisqacha aytganda,soliqlar xususiy iste’moldagi tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab qisqartiradi, bu o‘z navbatida, resurslarga xususiy talabni qisqarishiga olib keladi.
Davlat bu soliqlarni taqsimlashda ijtimoiy manfaatdagi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishni e’tiborga oladi va shu sohaga ma’lum bir qismini yo‘naltiradi.
Qisqacha xulosalar

O‘zbekistonning bozor iqtisodiyoti rivojlanishiga aralashuvidan asosiy maqsadi, iqtisodiyotga yangi demokratik usullar bilan rahbarlik qilish, barcha xorijiy mamlakatlar bilan samarali iqtisodiy integratsiyaga o‘tish, ITT yutuqlarini samarali qo‘llash asosida resurslardan unumli foydalanishni yo‘lga qo‘yish va aholining turmush darajasini yuksaltirishdir.


Davlatning mamlakat iqtisodiyotiga aralashuvi makroiqtisodiy siyosat orqali amalga oshiriladi.
Davlat bozor iqtisodiyotining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun asos bo‘ladigan ayrim xizmatlarni va huquqiy bazani ta’minlash vazifalarini o‘z zimmasiga oladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar

1. Davlatni iqtisodiyotga aralashishidan maqsad nima?
2. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan makroiqtiosdiy siyosat qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
Yüklə 40,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin