Odatlar-o‘z ishlash jarayonidagi ko‘payib boruvchi foizlardir. Har kuni bir foizdan yaxshilanib boorish uzoq muddatda katta ahamiyat kasb etadi.
Odatlar ikki tomoni o‘tkir quroldir. Ular sizning foydangizga yoki zararingizga ishlashi mumkin. Shu sababli ularning mexanizmlarini tushunish juda muhim.
Ma’lum bo‘sag‘adan o‘tmaguncha kichik o‘zgarishlar aytarli natija keltirmaydi. Har qanday geometrik progressiyada eng katta yutuqlar eng oxirida keladi. Bu bizdan sabr talab etadi.
Atom odatlar – katta tizimning tarkibiy qismi bo‘lgan kichik odatdir. Molekulalar atomlardan tuzilgani kabi katta natijalar ham atom odatlar tashkil topadi.
Yaxshi natijalarga erishishni istasangiz, oldingizga maqsad qo‘yishdan o‘zingizni tiying. Uning o‘rniga e’tiborni tizimga qarating.
Siz maqsadlaringiz darajasigacha ko‘tarilmaysiz, balki tizimingiz darajasiga tushasiz.
2
Xulq – atvorning uch qatlami mavjud: natijalar, jarayonlar va shaxsiyat.
Odatlarni o‘zgartirishning eng samarali usuli e’tiborni erishmoqchi bo‘lgan natijalarga emas, balki kim bo‘lishni istashingizga qaratishdir.
Shaxsiyat odatlaringiz asosida shakllanadi. Har bir qilgan harakatingiz qanday turdagi odam bo‘lishingizga berilgan ovozdir.
O‘zingizni eng yaxshi “men” ingizga aylanish uchun qarashlaringizni davriy ravishda qayta ko‘rib chiqish, shaxsiyatingizni kengaytirish va yangilab turish talab etiladi.
Odatlarni hosil qilishning asl mohiyati yaxshi natijalarga erishish emas (garchi ular yaxshi natijalarga yetishga yordam bersa ham), balki o‘zingiz haqingizdagi tasavvurlaringizni o‘zgarishidir.
3
Odat avtomatik darajaga yetguncha takrorlangan xatti-harakatdir;
Odatlarning asl sababi Muammolarni imkoni boricha kamroq quvvat va urunish sarflab hal qilishga intilishdir.
Har qanday odatni to‘rt bosqichli qayta aloqa halqasi – signal, istak, javob va mukofotga ajratib chiqish mumkin.
Xulq-atvor o‘zgarishining to‘rt qoidasi yaxshi odatlarni hosil qilishda foydalaniladigan oddiy yo‘riqnomalar yig‘indisidir. Ushbu to‘rt qoidaga ko‘ra yaxshi odatlar (1) ko‘zga yaqqol tashlanadigan, (2) jozibali, (3) oddiy va (4) qoniqarli bo‘lishi kerak.
4
Yetarli darajada takrorlashdan so‘ng miyangiz ma’lum bir natijalardan dalolat beruvchi signallarni ongsiz ravishda ham aniqlay oladigan bo‘lib qoladi.
Odatlar avtomatik bo‘lib qolgandan keyin qilayotgan ishimizga berayotgan e’tibor kamayadi.
Hulq-atvorni o‘gartirish jarayoni doimo ogohlikni oshirish bilan boshlanadi. Odatlarni o‘gartirishdan oldin ularning mavjud ekanidan boxabar bo‘lishngiz kerak.
“Ko‘rsatish va aytish” tizimini nutq yordamida odatlarni ongosti harakatidan ongliroq darajagacha ko‘tarishi mumkin.
Odatlar tabeli xatti-harakatlarimizni aniqroq ko‘rish imkonini beradigan sodda vositadir.
5
Xulq-atvor o‘garishining birinchi qoidasi – odat yaqqol bo‘lishi kerak.
Vaqt va joy eng keng tarqalgan signallarga kiradi.
“Tadbiq qilish niyati” yangi odatni aniq vaqt va joy bilan bog‘lash imkonini beradi.
“Tadbiq qilish niyati”ning formulasi: Men [VAQT] va [JOY]da [ISH]ni bajaraman.
“Odatlarni taxlash” bu yangi odatni eskisi bilan bog‘lash usulidir.
Muhitdagi kichik o‘zgarishlar xulq-atvorimizda katta o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.
Har bir odat signal ta’sirida yuzaga keladi. Boshqalardan yaqqol ajralib turadigan signallar osonroq qabul qilinadi.
Yaxshi odatlarga turtki beruvchi signallar beruvchi signallar muhitida yaqqol ajralib turishi kerak.
Asta-sekin odat alohida signal bilan emas, balki umumiy vaziyat bilan bog‘liqlik hosil qiladi. Vaziyatning o‘zi signallarga aylanadi.
Yangi odatlarni yangi muhitda hosil qilish osonroq kechadi, chunki eski signallarga qarshi kurashish zarur bo‘lmaydi.
7
Xulq-atvor o‘zgarishining birinchi qoidasiga qarama-qarshi ravishda yomon odatning signallari ko‘zga kamroq tashlanishi kerak.
Odat shakllanib bo‘lgandan so‘ng xotiradan o‘chib ketmaydi.
O‘z-o‘zini nazorat qila oladigan kishilar kamdan-kam hollardagina mayl uyg‘otuvchi vaziyatlarga kam vaqt sarflaydi. Hohish-istaklar bilan kurashish o‘rniga ularning oldini olish osonroq.
Yomon odatlardan qutulishning eng samarali usuli bu unga turki bo‘ladigan signallar bilan kamroq to‘qnash kelishdir.
Xulq-atvor o‘zgarishining ikkinchi qoidasiga ko‘ra, odat jozibali bo‘lishi zarur.
Vaziyat qanchalik yoqimli bo‘lsa, uning odat hosil qilish xususiyati shunchalik kuchli bo‘ladi.
Odatlar dofaminga bog‘liq qayta aloqa halqasidir. Dofamin miqdori oshganda bizning harakatga bo‘lgan motivatsiyamiz shunchalik ortadi.
Mukofotga erishish emas, balki uning yaqinligini sezish bizni harakatga undaydi. Oldindan sezish qanchalik kuchli bo‘lsa, dofamin miqdori shunchalik ortadi.
Qiziqishlarni juftlash odatlarning jozibadorligini oshirish usulidir. Uning mazmuni bajarilishi kerak bo‘lgan ishni qilishni istayotgan harakat bilan juftlashdan iboratdir.
9
Biz yashayotgan ijtimoiy qanday xulq-atvor jozibali ekanini belgilaydi.
Biz yashayotgan jamoa tomonidan qabul qilingan va qadrlanadigan odatlarni o‘zlashtirishga moyilmiz. Chunki barchamizda ma’lum jamoaga daxldor bo‘lish ehtiyoji juda kuchli.
Uch guruhga mansub kishilarning odatlariga ko‘proq taqlid qilamiz: yaqinlarimiz (oila va do‘stlar), ko‘pchilik (jamoa) va nufuzlilar (yuqori martaba va obro‘ egalari).
Yaxshiroq odatlarni shakllantirishning eng samarali usullaridan biri bu ham biz istagan xulq-atvor normaga aylangan (1), ham biz bilan qandaydir umumiylikka ega (2) bo‘lgan jamoaga qo‘shilishdir.
Jamoaning me’yoriy xulq-atvori yakka shaxsning yaxshiroq xulq-atvorini chetga surib qo‘yadi. Ko‘p hollarda bir o‘zimiz haq bo‘lgandan ko‘ra omma bilan nohaq bo‘lishni afzal ko‘ramiz.
O‘zgalarning hurmati va maqtoviga sazovor bo‘lishga yordam beradigan odatlar jozibali tuyuladi.
10
Odatni jozibasiz qilish xulq-atvor o‘zgarishi ikkinchi qoidasining ko‘rinishidir.
Har qanday xulq-atvor ortida yuzaki istak hamda chuqur yashiringan motiv yotadi.
Kundalik odatlardan avval yuzaga keladigan bashoratlaringiz ularning sababidir. Bashorat tuyg‘ular bilan bog‘langan bo‘lsa jozibali, salbiylari bilan bog‘langanda esa jozibasizdir. Qiyin odatdan avval o‘zingiz yoqtiradigan ishni bajarish yo‘li bilan motivatsiya marosimini yarating.
11
Xulq-atvor o‘zgarishining 3-qoidasi: odat oson bo‘lishi kerak.
O‘rganishning eng samarali yo‘li rejalashtirish emas, balki mash qilishdir.
Harakatda bo‘lish emas, ishga kirishga uruning.
Odatning shakllanishi xatti-harakatlarni takrorlash tufayli tobora avtomatlashib boradigan jarayondir.
Odatga sarflangan vaqt uning necha marta takrorlanishchalik muhim emas.
12
Inson xulq-atvori kuchni tejash qonuniga bo‘ysunadi. Eng kam mehnat talab qiladigan ishlarni tabiiy ravishda afzal ko‘ramiz.
To‘g‘ri ishni amalga oshirish iloji boricha oson bo‘lgan muhit yarating.
Yaxshi ishlarni bajarishdagi to‘siqlarni kamaytiring. To‘siq kam bo‘lsa, odatni amalga oshirish osonlashadi.
Yomon odatlarni amalga oshirish paytidagi qiyinchiliklarni ko‘paytiring. To‘siqlar ko‘payganda odat qiyinlashadi.
Kelajakdagi ishlarni yengillashtirish uchun muhitni tayyorlang.
13
Odatni amalga oshirish uchun bir necha soniya yetarli bo‘lishi mumkin, biroq ular bir necha daqiqa yoki soatlarda keyin ham xulq-atvorga ta’sir qiladi.
Ko‘pchilik odatlar hal qiluvchi daqiqalarda sodir bo‘ladi. Ular xuddi yo‘lning ikkiga ajralishiga o‘xshab sizni mahsuldor yoki mahsuldor bo‘lmagan yo‘nalishga yetaklaydi.
Ikki daqiqa qoidasi: “Yangi odatni boshlamoqchi bo‘lganingizda u ikki daqiqadan ortiq davom etmasligi kerak”.
Jarayonning boshlang‘ich qismini marosim shakliga qanchalik ko‘proq keltira olsangiz, buyuk ishlarni qilish uchun e’tiboringizni jamlash shunchalik yengillashadi.