O‘quvchi matn bilan ishlashda, obrazlarning kuchli, ijobiy, salbiy va murakkablik darajasini tahlil qilishda qaysi metoddan foydalanadi?* SWOT metodidan
O‘quvchilarni o‘tilgan yoki o‘tilishi kerak bo‘lgan mavzu bo‘yicha yakka va kichik jamoa bo‘lib fikrlash, o‘zlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, to‘plangan fikrlarni tartib bilan umumiylashtira olish va ularni yozma, rasm, chizma ko‘rinishida ifodalay olishga o‘rgatadigan metod- bu:* Zinama-zina
O‘quvchilarni qiziqishlari va ularning dunyoqarashlarini o‘zida mujassam etishi, ularning atrof muhit bilan bog‘liq holda jamiyatda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga nisbatan o‘z munosabatini bildira olishi va mustaqil qaror qabul qila olishi. Bu kompetensiya o‘quvchini o‘z oldiga qo‘ygan maqsad vazifalariga erishish traektoriyasini belgilab, o‘quv jarayoni va boshqa faoliyatda o‘zini anglash mexanizmini shakllantiradi ushbu kompetensiya qanday nomlanadi? * Mazmun va maqsadga yo‘naltirilgan kompetensiya
O‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining nazorat turlari nechta?* 4 ta
O‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun qanday nazorat turlarini o‘tkaziladi?* Joriy nazorat, oraliq nazorat, bosqichli nazorat, yakuniy nazorat