3
MTT Ustavi – tashkilotning asosiy faoliyatini belgilaydi. Ustav – davlat
hokimiyati, tashkilotni boshqarish va nazorat qilish huquqiga ega boʻlgan
organlariga taqdim etiladigan hujjat hisoblanadi.
MTTning Ustavi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ishlab
chiqilganMaktabgacha taʼlim tashkilotining namunaviy Ustavi”ga asosan ishlab
chiqiladi.
Ustav ishlab chiqilgandan soʻng, MTTning umumiy ishlab chiqarish
yigʻilishida tanishtiriladi.Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi
tomonidan tasdiqlanadi va tuman (shahar) Yagona interaktiv davlat xizmatlari
portalidan (Davlat xizmatlari) markazidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Quyidagi hollarda Ustavga oʻzgartirish kiritiladi:
-
MTTning nomi va vakolati oʻzgartirilganda;
-
umumiy tipdagi MTTini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi
Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarori bilan Koʻp
tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat MTTga yoki qoʻshma tipdagi MTTga
oʻtkazilganda;
-
MTTning kun tartibi va ish soatlariga oʻzgartirish kiritilganda;
-
MTT quvvati boʻyicha koʻrsatilgan asosiy guruhlaridan ayrimlarining
faoliyati bir necha yillardan buyon toʻxtatilgan hollarda, ular faoliyatini qayta
tashkil etilishida tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining
buyrugʻi asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligining tuman (shahar) boʻlimi bilan
kelishilgan holda tasdiqlangan xarajatlar smetasi va shtat jadvali asosida yoʻlga
qoʻyiladi.
Dostları ilə paylaş: