1-boʻlim. Oʻquv yili davomida amalga oshirilishi belgilangan
Asosiy vazifalar
Tashkilotning yillik ish rejasiga kiritiladigan masalalar Oʻzbekiston
Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzurudagi Maktabgacha
taʼlim agentligi tomonidan tavsiya etilgan “Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining
yangi oʻquv yilidagi asosiy vazifalari”ni amaliyotga joriy etishga yoʻnaltirilgan
mavzular, MTTdagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan
holda tanlanadi. Belgilangan asosiy vazifalar yillik ish reja bandlarida oʻz aksini
topgan, toʻliq ijrosini taʼminlashga qaratilgan boʻlishi kerak.
2-boʻlim. Pedagoglarning malakasi va kasbiy mahoratini oshirish
Pedagoglar toʻgʻrisida maʼlumotlar jadval koʻrinishida beriladi. Bunda,
MTTda faoliyat yuritayotgan barcha pedagog hodimlarning malaka oshirish
davriyligi belgilanadi hamda istiqbol rejasi asosida yil davomida malaka oshirish
kurslariga yuboriladi.
Namuna
_________ tuman(shahar)idagi
___-son davlat (nodavlat) maktabgacha taʼlim tashkilotining 20___-20___ oʻquv
yilida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlari haqida maʼlumot
T/r
F.I.Sh
Tugʻilgan
kun, oy,
yil
Lavozimi
Maʼlumoti
Qachon,
qaysi oʻquv
yurtini
tamomlagan,
diplom
raqami
Diplom
boʻyicha
mutaxassisligi
Pedagogik
ish
faoliyati
Oxirgi
marta
malaka
oshirgan
yili,
sertifikat
raqami
Qayta
tayyorlovdan
oʻtgan yili,
sertifikat
raqami
Malaka oshirish rejasi
1
2
3
|