36
05 — Umumiy turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi
05-01. Oʻquv dasturlari va metodik qoʻllanmalar:
Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha
yoshdagi bolalar
rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari, takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat
oʻquv dasturi.
05-02. Oylik ish reja (Ish jurnali)
Titul varagʻi namunasi
_________ shahar (viloyat)
_________ tumani “_________” nomli
__________ - maktabgacha taʼlim tashkiloti
__________ - ________ guruh
tarbiyachisining
20 _ - 20 _ oʻquv yili uchun
Ish jurnali
Tarbiyachilar: ___________________________
(F.I.Sh.)
Telefon raqami:________________________
Tarbiyachilarga tavsiyalar
Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisining ushbu ish jurnali tashkilotda
faoliyat yuritayotgan tarbiyachilar uchun ishlab chiqilgan. Mazkur hujjatni
yuritishdan maqsad, Oʻzbekiston Respublikasining
ilk va maktabgacha yoshdagi
bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari hamda “Ilk qadam” davlat oʻquv
37
dasturi talablarini bajarish asosida ertalabki soat, sayr,
kunning ikkinchi yarmida
bolalar bilan yakka tartibda ishlashni loyihalashtirishdan iboratdir.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida pedagogik faoliyatni rejalashtirish bolalar
hayotini toʻgʻri tashkil etishning negizi hisoblanib, bunda tarbiyachilar taʼlimiy
vazifalar, bolalar bilan birgalikda
olib boriladigan ish shakllari, rivojlantiruvchi
muhitga kiritish lozim boʻlgan oʻzgartirishlarni belgilab beradi.
Rejalashtirish taʼlim-tarbiya jarayonida individual
yondashuvni amalga
oshirish, bolalarga axborot va jismoniy vazifalarni meʼyorlash imkonini beradi.
Ish rejasining toʻlaqonli bajarilishini tahlil qilish,
bolaning rivojlanish
surʼatini kuzatish va ular uchun yanada qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: