Inklyuziv ta'lim g'oyalari ijtimoiy - madaniy nazariyalarga asoslanadi. Psixolog L.Vigotskiy (1986-1934) inklyuziv ta'lim g'oyasining asoschisi bo'lib, uning ijtimoiy konstnrktivizm nazariyasi orqali bolalar ijtimoiy muhitda eng samarali bilim oladilar. L.Vigotskiy oliy aqliy funksiyalarning rivojlanishi ijtimoiy hamkorlikdan boshlanadi va keyin shaxsiy bo'ladi deb aytib o'tgan.
Shunday qilib, bu ijtimoiy hamkorlik har doim rivojlanish va o'rganishning asosiy usuli hisoblanadi. Shuningdek, u ta'lim rivojlanishdan oldin ekanligiga ishongan. Kattalar bolaning “bevosita rivojlanish zonasida" bo'lgan ko'nikma yoki bilimlariga e'tibor berib, o'rganishni rag'batlantirishlari mumkin. L.Vigotskiy "bunday rivojlanish zonasi"ni bolaning biladigan yoki qila oladigan va qobiliyatli odam yordamida nima qilishlari yoki tushunishlari mumkin bo'lgan maydon yoki makon sifatida aniqladi.
Умумийлик бу….
Хусусийлик бу…
L.Vigotskiyning ijtimoiy - madaniy rivojlanish nazariyasi pedagogning ro’lini aniq belgjlaydi. Biz farzandlarimizni yaxshi bilishimiz va ulaming "yaqin rivojlanish markazi" doirasida o'quv faoliyatini aniqlash uchun ular bilan faol muloqotda bo'lishimiz kerak. Agar bolalar birinchi navbatda ijtimoiy hamkorlik orqali o'rgansalar, biz pedagoglar bolaning boshqa bolalar va kattalar bilan o'zaro aloqada bo'lgan vaqlini maksimallashtirishimiz kerak. Makrabgacha yoshdagi bolalaming shovqinli (lekin baland bo'lmagan), band (lekin tartibsiz bo'lmagan) guruhi - bu normal o'quv muhitidir.
Pedagoglarga guruhida alohida ehtiyojli bolalar bo'lishi ham manfaatlidir, bunda ular o'quv uslublaridagi farqlarni kuzalishda malakaga ega bo'lishlari mumkin. Ular, shuningdek, bolalarning individual kuchli tormmlarini baholashda o'zlarga ko'proq ishonch orttiradilar va shu bilan birga qo'llab-quvvatlash kerak bo'lgan tomonlarini aniqlaydilar. Bu barcha bolalarni o'qitihda tarbiyachilarga bolaning individual kuchli tomonini va alohida ehtiyojlarini aniqlashga va shu asosida ta'lim ulubini yaxshilashga imkon beradi. Inklyutiv ta'limning mavjudligi bolalar hir-biridan ko'p jihatdan farq qilishini va bu farqlar to'siq emas, balki qimmatli manba ekanligini tan olish demakdir. Bolalarning turli ta'lim ehtiyojlari va imkoniyatlari va ularning turli rivojlanish sur'atlarini o'quv faoliyali va ta'lim straregiyasini individuallashtirish va differensiallashtirish yo'li bilan qondirish mumkin.