Texnologik xarita-bu mazkur exskursiyani muvaffaqiyatli o‘tkazish, obyektlarni samarali ko‘rsatish, ekskursiyani olib borish uslubi va texnikasini to‘g‘ri tanlashni ko‘rsatib beruvchi, gidning harakatlarini tartibga soluvchi hujjat bo‘lid, quyidagi talablarga javob berishi kerak.
-Gidga mavzuni yoritish yo‘llarini ko‘rsatish;
-obyektlarni ko‘rsatishning samarali yollaridan foydalanish;
-ekskursiyaning tashkiliy masalalari bo‘yicha aniq tavsiyalar berish;
-ekskursantlar qiziqishini inobatga olish;
Har bir ekskursiya uchun alohida xarita mavzusi tuziladi. Texnologik xaritada ekskursantlarning yoshi, kasbi va qiziqishlari ekskursiyani olib borishning o‘ziga xos uslubida ham o‘z aksini topadi. Texnologik xarita quyidagicha rasmiylashtiriladi: titul varag‘ida ekskursiya muassasasining nomi, ekskursiya nomi, turi, marshrut davomiyligi, masofasi, ekskursantlar tarkibi, tuzuvchilarning familiyasi, ismi,sharifi, ekskursiya tasdiqlangan sanasi yoziladi. Keyingi sahifada ekskursiyaning maqsad va vazifalari, obyekt va to‘xtash joylari korsatilgan marshrut sxemasi ko‘rsatiladi. Mazkur xarita 3 qismdan iborat bo‘ladi: kirish, asosiy qism va xulosa. Kirish va xulosa qismi grafalarga kiritilmaydi. Asosiy qismida ekskursiyaning nomi, marshruti, ekskursiyaning davomiyligi haqida ma’lumot beriladi. Ekskursiyaning boshlanish joyi texnologik xaritadan aniqlanadi. Yangi marshrut yaratish uchun yangi hududlarni o‘rganish va ushbu jarayon aniq va oson bo‘lish uchun eng muhimi, kompyuter dasturi ishlatiladi.
Turistik yo‘nalish-bu tarixiy va tabiiy yodgorliklarga, shuningdek, boshqa joylarga doimiy tashrifni belgilaydigan harakatlanish yo‘lidir. Yo‘nalish sayyohlik firmasi yoki mustaqil sayyohlar tomonidan ishlab chiqilishi mumkin. Yo‘nalishlar: chiziqli, halqa, radialga bo‘linadi. Yo‘nalishlar bo‘yicha sayyohlar velosiped, avtomobil, suvli transport vositalari bilan yurish yoki otish tartibini o‘tkazishlari mumkin. Vaqt o‘tishi bilan, marshrut yil bo‘yi, mavsumiy va bir martalikka bo‘linadi. Sayohat (bo‘lish, sayohat qilish, sayohatlar) oldindan tanlangan yo‘nalishlar bilan amalga oshiriladi va ular ma’lum vaqtga va maqsadga ega bo‘ladi.
Turistik yo‘nalishlar sayyohlarga taqdim etiladigan xizmatlarning asosiy turlaridan biridir.