O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI
Jizzax viloyati Paxtakor tuman
“Barkamol avlod” bolalar maktabining Inovatsion texnologiyalarni joriy etish va iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash bo’limining
2022- yil yakuni
HISOBOTI
Paxtakor 2022
Bugungi kunda Paxtakor tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabda 2022 yilda 7 yo’nalishda 29 ta to’garak faoliyat olib boradi. Maktab to’garaklariga hozirda jami 850 nafar o’quvchi yoshlar jalb qilingan bo’lib 2021 yilga nisbatan 23 %ga oshgan bulardan 10 ta to’garakda 480 nafar o’quvchi maktabda va 370 nafari umumta’lim maktablaridagi tarmoq to’garkalarida ta'lim oladilar.
Maktabda 2022 yilda jami 32 nafar pedagog hodim bo’lib 2021 yilga nisbatan 20 %ga oshgan,shulardan 16 nafari oliy ma’lumot 25% , 11 nafari o’rta maxsus ma’lumot, qolgan 5 nafari to’liqsiz oliy ma’lumotga ega bo’lgan pedagog hodimlar hisoblanadi.
2022-yil 21-aprel kuni “Barkamol avlod” bolalar maktabida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi PQ-5032-sonli qarori va 2019-yil 19-martdagi videoselektor majlisining 12-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Milliy fizika” va “Robotlar jangi” festival- tanlovlari o’tkazildi. Tanlovda maktab o’quvchilari faol ishtirok etishdi.
“Milliy fizika” musobaqasi test sinovlari orqali o’tkazildi va ushbu tanlovda XTB tasarrufidagi 1,2,4,6,7,9,11,12,15,16,18,19,31-maktab o’quvchilari Nizom asosida ishtirok etib xakamlar hayati tomonidan munosib baholandilar.
I-o’rin Maxarov Azamat Mamadiyor o’g’li 9-maktab 8-sinf (03.04.2007)
II-o’rin G’aybullayev Diyor Tolib o’g’li 12-maktab 8-sinf (21.11.2007)
III – o’rin Boyxo’rozova Omongul Primqul qizi 2-maktab 11-sinf
(24.04.2004)
G’oliblar tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etishi tavsiya etildi.
“ Robotlar jangi” festival – tanlovida ham maktablar faol ishtirok etib, xakamlar tomonodan munosib baholandilar.
Dostları ilə paylaş: |