Jizzax viloyati Yangiobod tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabining 2022-yil yakuni bo’yicha HISOBOTI
Yangiobod tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida jami 7 ta yo’nalish buyicha 46 ta to’garak 128 ta guruh tashkil etilib, 1266 nafar o’quvchilar to’garaklarga qamrab olingan, shundan 930 nafarini qizlar tashkil etadi. To’garak mashg’ulotlariga jalb qilingan 1266 nafar to’garak a’zolaridan 186 nafarini kam ta’minlangan oila farzandlarini tashkil etadi, jami jalb kilingan to’garak a’zolariga nisbatan bu o’rtacha 15% ni tashkil kilib, belgilangan normaga mos keladi. Tumanda jami maktab o’quvchilari soni 5043 nafarni tashkil etadi. O’quvchilarning “Barkamol avlod” bolalar maktabiga qamrovi esa 25,1 % ni tashkil qiladi.
“Barkamol avlod” bolalar maktabida jami 49 nafar pedagog xodimlar bo’lib, ulardan 21 nafari oliy ma’lumotli (42,8 %), 13 nafari tugallanmagan oliy (26,5 %) hamda 15 nafari o’rta maxsus (30,6 %) ma’lumotiga ega.
Byudjetdan tashqari mablag’ topish uchun Yangiobod tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabiga 49 264 000 (qirq to’qqiz million ikki yuz oltmish to’rt ming) so’m reja berilgan, hozirgi kunda 16 700 000 (o’n olti million yetti yuz ming) so’m mablag’ topilib, reja 33,9 foizga bajrildi. Ushbu mablag’lar ijrara tizimidan, qo’shimcha ta’lim berishdan va boshqa manbaalardan tushgan.
Yangiobod tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi to’garak a’zolari Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan o’tkazilgan tadbirlar va tanlovlarda muntazam qatnashib keladi, 2021-yilda to’garak a’zosi Mahammadqulov Sunnatullo “Kashfiyotchi bolalar” tanlovining respublika bosqichida 3-o’rinni egalladi. 2022-yilda “Sayyorada bolalar do’stlashadilar” shoiri ostida xalqaro rasmlar tanlovida Yangiobod tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabining 9 nafar a’zosi sertifikatlar bilan tadqirlandilar.
2022-yilda bajarilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va o’tkazilgan tadbirlarining tuman va viloyat miqyosida ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng targ’ib qilindi.
Jumladan, tuman hokimligi gazetasi “Yangiobod ovozi” ro’znomasida uch marta yoritildi, viloyatning “Jizzax haqiqati” gazetasida bir marta va televideniya orqali bir marta Shuningdek tuman hokimligi saytida besh marotaba yoritildi.
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining 2022-yil 8-avgustdagi 01/18-238/1-sonli xati va “Ta’limga tashabbus” shiori ostida “Barkamol avlod” bolalar maktablarida mening hissam umummiy harakati Nizomining birinchi yo’nalishi “Ochiq kutubxona tashkil etish va jihozlash” yo’nalishi bo’yicha o’quvchi yoshlarni badiiy adabiyot va kitobga qiziqtirish, ularning badiiy iqtidorlarini qo’llab-quvvatlash, qobiliyatli yoshlarni yuzaga chiqarish va ular bilan shug’ullanish, bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ko’rik tanlov va festival, kitobxonlik musobaqalarida ishtirokini ta’minlash maqsadida kutubxona tashkil etildi.
Joriy yilning oktabr oyida Yangiobod tuman xalq ta’limi bo’limi tomonidan tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabiga umumiy bahosi 11 100 000 (o’n bir million yuz ming) so’m miqdoridagi 500 dona badiiy kitoblar topshirildi. Ushbu kitoblarni tuman xalq ta’limi bo’limi kutubxona mutaxassisi D.Hasanov topshirdi.
Shuningdek, Nizomining uchinchi yo’nalishi “Taniqli insonlar bilan uchrashuv tashkil etish” bo’yicha Jizzax viloyati Yangiobod tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida adabiy kecha tashkil etildi. Tadbirga O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Beknazar Toshboyev taklif etildi. Ushbu adabiy kechada o'quvchi-yoshlar va maktab xodimlari faol ishtirok etib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
Mazkur “Umummilliy harakati”dan maqsad “Barkamol avlod” bolalar maktablariga amaliy yordamni kuchaytirish va moddiy texnika bazasini yanada yaxshilashdan iborat.