G’ijduvon tumanidagi 33-maktabda navbatdan tashqari o‘tkazilgan yig‘ilish bayoni



Yüklə 18,28 Kb.
tarix03.12.2023
ölçüsü18,28 Kb.
#171797
33-maktab odob axloq qoidalari



G’ijduvon tumanidagi 33-maktabda navbatdan tashqari o‘tkazilgan yig‘ilish


BAYONI
2023- yil 5-sentyabr Qorabog’ MFY


Yig‘ilish raisi : D.Odilov maktab direktori
Yig’lish kotibi: N.Halimova


Qatnashdilar: MMIBDO`, O`IBDO`lari, psixolog , pedagog xodimlar 71 nafar, ishchi xodimlardan 10 nafar


KUN TARTIBI


O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 282-sonli buyrug‘ini pedagog va ishchi xodimlarga tushuntirish to‘g‘risida.

Yig‘ilishni maktab direktori D.Odilov ochdi va olib bordi. Kun tartibigagi masala bo`yicha so’zni MMIBDO’ M.Samadovga berdi.


Maktab-internat ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari M.Samadov yig’ilish ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 282-sonli buyrug‘ini o`qib eshittirdi.
M.Samadov so‘zi davomida bugungi kunda axborot-kommunikatsion texnologiyalari jamiyat hayotiga shiddat bilan kirib kelmoqda va o‘z ta’sirini tobora kengroq ko‘rsatmoqda. Bu esa o‘z navbatida yosh avlodga zamonaviy ta’lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy, ma’naviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish, ularda g‘oyaviy immunitetni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor berish lozimligini aytib o‘tdi.
Yosh avlodni past saviyadagi «Ommaviy madaniyat» ta’sirlaridan, milliy o‘ziga xosligimiz, dunyoqarash va tafakkurimizga mutlaqo yot bo‘lgan g‘oyalar, sun’iy «qadriyat va an’ana»lardan, bir so‘z bilan aytganda, ma’naviy tahdidlaridan asrash lozimligiga to‘xtaldi .
Bu boradagi ishlarni avvalo, maktab-internatning ichki tartib va odob-axloq qoidalarini takomillashtirishdan boshlash kerakligini aytib o‘tdi.
O‘quvchi ma’naviyatini shakllantirishda ta’lim-tarbiya jarayoni, targ‘ibot ishlari va ibrat ko‘rsatish kabi pedagogik jihatlar bilan birga o‘quvchilar foydalanyotgan o‘quv-qurollarining mazmun-mohiyati, bezatilishi, sifati masalalari ham muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Maktab-internatda kiyinish odobi muhimligi saqlanib qolmoqda. Ilm dargohlarida bir xil libos o‘qituvchilarda ko‘p jihatdan tenglik hissini uyg‘otib, ularning e’tiborini turli ortiqcha ko‘rinishlardan saqlaydi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, «Maktab-internat ichki tartib-qoidalari»ning tarkibiy qismi sifatida «Maktab-internat o‘qituvchi va xodimlarining odob-axloq qoidalari» ishlab chiqilganligini o‘qib eshittirdi.
Shu bilan bir qator maktab-internatda sog‘lom ma’naviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, yosh avlodga zamon talablari asosida bilim, milliy g‘oya va qadriyatlar hamda umuminsoniy fazilatlarga mos tarbiya berish, o‘quv-tarbiya jarayonining sifati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga sharoit yaratish xaqida to‘xtaldi.
O‘qutuvchi va xodimlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarning oldini olish, jumladan, yoshlarni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo‘lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, past saviyali «Ommaviy madaniyat» xurujlaridan himoya qilishga ko‘maklashish xar bir ota – onaning vazifasi ekanligini aytib utdi. Masala yuzasidan maktabning o`quv ishlari bo`icha direktor o`rinbosari M.Fayziyeva, tajribali o`qituvchilaridan D.Boltayeva, M.Xudoyberdiyeva ham o‘z fikrlarini bildirdilar. Yuqoridagilarni tinglab yig‘ilish


QAROR QILADI:

1. Yuqorida o‘qib eshittirilgan ma’ruzalarda qayd etilgan hujjatlar rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin;


2. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 282-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash va yanada samaradorligini oshirish yuzasidan maktab ishchi guruhi tuzilsin;
3. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 282-sonli buyrug‘i maktab-internatning ko‘rinarli joylariga ilinishi ta’minlansin.
4. “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini”ga rioya etish qat’iy belgilab qo‘yilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 282-sonli buyrug‘I ijrosini ta’minlash va yanada samaradorligini oshirish yuzasidan har bir sinf rahbar ota-onalar va o’quvchilar o’rtasida tushuntirish ishlarini olib borsin va bu boradagi me’yoriy hujjatlarni tayyorlasin.
6. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Samadov hamda o`quv ishlar bo‘yicha direktori M.Fayziyeva zimmasiga yuklatilsin.
Yig`ilish raisi: D.Odilov


Yig`ilish kotibi: N.Halimova
Yüklə 18,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin