Bolalar jismoniy tarbiyasi fanining rivojlanish tizimlari va jismoniy tarbiya tizimida ta’lim-tarbiya berish tamoyillari Mavzu rejasi



Yüklə 69,74 Kb.
səhifə1/10
tarix07.01.2024
ölçüsü69,74 Kb.
#206288
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Maruza 3 Bolalar jismoniy tarbiyasi fanining rivojlanish tizimlari va jismoniy tarbiya tizimida ta


Bolalar jismoniy tarbiyasi fanining rivojlanish tizimlari va jismoniy tarbiya tizimida ta’lim-tarbiya berish tamoyillari
Mavzu rejasi:
1. Sharq mutaffakirlarining jismoniy tarbiya to’g’risidagi qarashlari
2. O’zbekistonda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga jismoniy tarbiya berish tizimining rivojlanishi .
3.Jismoniy tarbiya tizimida ta’lim-tarbiya berish tamoyillari
4 Ta’lim metodlari va usullari tasnifi. Ko’rgazmali, amaliy va og’zaki metodga oid usullar.
Tayanch so’zlar: jismoniy tarbiya, rivojlanish, aqliy, axloqiy, nafosat va mexnat tarbiyasi, jismoniy madaniyati.
Qazilmalar natijasida topilgan har xil uy - ro’zg’or buyumlar, turli yodgorliklar, g’oyalardagi rasmlar, va tasvirlar, avloddan avlodga o’tgan doston va afsonalar, qadimdagi avlodlarning madaniyati, jumladan jismoniy madaniyati haqida fikr yuritishga olib keladi.
1 Qadimgi qabilalarning hayoti hozirgi vaqtgacha saqlab kelish bizlar uchun qiziq axborotlarni beradi. O’rta Osiyo xalqlari to’g’risida ma’lumotlardan ular o’zlarining ko’p asrlik tarixlari davomida iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning barcha asosiy bosqichlarni bosib o’tganlar. O’zbekiston xududiga madaniyat o’choqlari juda qadimiy davlatlarga borib taqaladi. Samarqand, Buxoro, Toshkent, Termiz kabi qadimiy o’choqlarga ega. Eng qadimgi davrda bu еrda yashagan aholining asosiy mashg’uloti ko’pchilik bo’lib «ov» qilishdan iborat bo’lgan. Jismoniy tarbiya bilan shug’ullanish tarixi shuni ko’rsatadiki jamoada, ovchilik bilan shug’ullanish uchun insonda chaqqonlikni, egiluvchan va jismonan sog’lom, tez harakat qilishni talab etganligini bildiradi. Mexnat qilish va turli xil harbiy urushlar insonda o’z-o’zidan jismoniy tayyorgarliklarni, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishni talab etgan, inson «ov» qilish urushlar uchun maxsus jismoniy mashqlar bilan tayyorgarlik qo’rgan.Shunday qilib jamiyat, hodisasi bo’lib jismoniy tarbiyaning vujudga kelishi va dastlabki rivojlanishda mexnat faoliyatlari ya’ni yig’ilishlar va «ov» qilishlar katta ahamiyatga еga. Bunday mexnat faoliyati jarayonida jismoniy madaniyat va tarbiya aloxida o’rin olgan. Bu haqda Qadimiy Sparta Afrosiyobdagi yodgorliklar, arxeologiya qazilmalar ma’lum qiladi. Bu yodgorliklar o’zlarida jismoniy madaniyatning turli elementlarining izlarini saqlab, ular qadimiy elatlardagi madaniyat va tadbirlar belgilari bilan bog’liqdir. Qadimiy xalqining jismoniy kuchi mardligi chaqqonligi jasurligi chidamligi haqida o’zbek halqining bir qator asarlari «Farxod va Shirin», «Go’r o’g’li», «Toxir va Zuhra», «Alpomish» va boshqalarda aytib o’tilgan.
Bir qator milliy yig’inlar va tantanalar yakka kurash turli o’yinlar va qurollardan foydalangan holda olib borilar еdi, hamda bolalarning jismoniy tarbiyasiga katta e’tibor berilar edi. Masalan: otda yurish, kamon otish va qilichbozlik san’atiga o’rgatishni еng kichik yoshdan olib borilgan.
2 . Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi ilmiy va o’quv fani bo’lib ko’pgina umumiy qonun - qoidalarini bilish jismoniy tarbiya nazariyasi fanining turli va aniq takrorlash uchun savollarini to’g’ri o’rganishga yondoshish imkonini beradi. Bu fan jismoniy tarbiya tizimining maqsadini, vazifalarini qonun - qoidalarini o’rgatadi, jismoniy tarbiyaning aqliy, axloqiy, nafosat va mexnat tarbiyasi bilan bog’liqligini ochib beradi hamda jismoniy tarbiya vositalarini o’rganishga harakat malakalarini shakllantirishga, jismoniy sifatlarini rivojlantirishga, sport trenirovkasining umumiy asoslarini va jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishning turli shakllarining metodikasini ishlab chiqishga shuningdek turli o’quv muassasalarida (bog’cha, maktab, akadem-lisey va kasb-hunar kollejlar) ishni rejalashtirish va hisobga olishga katta e’tibor beriladi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi amaliyot bilan chambarchas bog’liq holda rivojlanib boradi. Rivojlanish manbai bo’lib mamlakatimizda va qardosh davlatlarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ilg’or tajribalar hisoblanadi.
Jismoniy tayyorgarlik darajasi bo’yicha hozirgi davrda «Salomatlik», «Alpomish» va «Barchinoy» me’yorlar to’plamidan foydalaniladi. Bu me’yorlar birlashgan davlatlar sport klassifikasiyasining talablari hamda me’yorlari bilan aniqlanuvchi harakat ko’nikma, malaka, jismoniy sifatlar saviyasidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun jismoniy mashqlarni asosiy turlari hamda ularni bajarishga oid talablar asosida me’yor ko’rsatkichlar «Bog’chalarda jismoniy tarbiya dasturi»da, 9 yillik umum o’rta ta’lim maktab o’quvchilari uchun hamda akademik litsey, kasb-hunar kollejlari uchun «Jismoniy tarbiya dasturi»da ko’rsatilgan.
Jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikdan iborat. Umumiy jismoniy tayyorgarlik bu ixtisoslashtirilgan jarayon bo’lib, uning mazmunini faoliyatining har bir turlarida keng umumiy yo’nalishlarga qaratilgandir. Maxsus jismoniy tayyorgarliklar bu ixtisoslashtirilgan jismoniy tarbiya turlari bo’lib chuqurlashtirilgan obyekt sifatida tanlab olingandir. Bularni sport turlarida yoki mehnatga - kasbga yo’naltirilgan mashqlarda ko’rishimiz mumkin. Misol: Halqa himoyasi o’yini, uzunlikga sakrash (artistning, o’quvchining, kosmonavtning va x.k.) ya’ni, jismoniy tarbiyaning kasbga bo’lgan yunalishidir. Aniq kasb xususiyatiga bog’liq ravishda jismoniy tarbiyalarni o’tkazishning maxsus metodikasi, vositalari, vazifalari bilan xarakterlanadi.
Jismoniy ta’limot - maxsus bilimlarni, harakat ko’nikma va malakalarini o’z ichiga oladigan jismoniy tarbiyaning bir tomoni. Jismoniy mashqlar - jismoniy tarbiya vazifalarini hal еtish uchun vosita sifatida tanlab olingan harakatlar, harakat faoliyati, shuningdek harakat faoliyatining murakkab turlari kiradi foaliyat deb inson harakat apparatining faolligi asos bo’lgan har qanday faoliyatiga aytiladi.

Yüklə 69,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin