Onglilik, faollik va mustaqillik tamoyillari bolaning o’z faoliyatiga ongli va faol munosabatda bo’lishga tayanishni ko’zda tutadi, u yoki bu maqsadni amalga oshirish uchun nimani qanday bajarish kerakligini aniq tasavvur kilish lozim. Bolaning mustaqil faol faoliyati berilgan vazifaga bo’lgan qiziqishga, uni ongli idrok etishga, vazifa maqsadini amalga oshirish yo’llarini tushunishga bog’liq bo’ladi.
Ta’limning ko’rgazmali, og’zaki va amaliy usullarini birgalikda qo’shib olib borish tamoyili. Bilish faoliyati hissiy bilish jarayonlarini amaliyot bilan birligidir. Harakatlarga o’rgatish jarayonida bilishning bu ajralmas qismlari o’zaro aloqadorlikda bo’ladi. Biroq qo’yilgan vazifaga qarab ularning izchilligi har-xil bo’ladi: bolalarni harakatga o’rgatish ko’rsatib tushuntirish; tarbiyachining mashqni og’zaki tushuntirishi va uning bolalar tomonidan harakatda bajarilishi bilan boshlanishi mumkin.Yangi harakatlarni o’rganishda ko’rgazmalilik tamoyili harakatlarni tarbiyachi tomonidan juda aniq qilib ko’rsatish orqali amalga oshiriladi. Ko’rgazmalilik onglilik bilan chambarchas bog’liqdir: og’zaki berilgan topshiriq kishi tomonidan tushunib olinadi, harakatni qaytadan bajarish bilan amalda sinaladi. Bunda sezgilar, ayniqsa harakat sezgilari muhim rol o’ynaydi. Bundan tashqari ko’rgazmalilik bilan obrazli so’zning o’zaro aloqadorligi katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Tushunarlilik va bolalarga yakka yondashish tamoyili bolaning yosh xususiyatlar imkoniyatlarini hisobga olishni, hamda shu bilan bog’liq ravishda uning kuchiga yarashga opshiriqlar belgilashni ko’zda tutadi. Tushunarlilikni asosiy shartlaridan biri izchillik va jismoniy mashqlarni tobara murakkablashtirib borish hisoblanadi. Bola imkoniyatlari muayyan birlikdagi omillar bilan belgilanadi: jismoniy tayyorlanganlik meyorlari bo’yicha sinash, vrach tekshiruvi, bevosita pedagogik kuzatish.Yakka yondashuv bolaning o’ziga xos funktsional imkoniyatlarini hisobga oladigan alohida ta’sirlarni ko’zda tutadi (harakatlarni o’zlashtirish turlicha kechadi, organizm jismoniy yuklamani turlicha qabul qiladi, moslashish dinamikasi ham turlicha) Yakka yondashuvning maqsadi tug’ma fazilatlarni rivojlantirish, yangi ijobiy sifatlarni, qobiliyatlarni tarbiyalash, zarurat bo’lganda nerv tizimining tipologik xususiyatlarini maqsadga muvofiq tarzda o’zgartirishdan iboratdir.