”Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligini mustahkamlashda ta’lim muassasasining vazifalari.
Ta’lim muassasalarida ”Ichki tartib qoidalar” va ”Odob-axloq qoidalari” talablariga to’liq rioya etilishiga erishish;Ta’lim muassasalari negizida ”Ota-onalar universitetlari” tashkil qilish va mashg’ulotlarni zamonaviy shakl va usullarda olib borish.Xorijiy tillarni o’qitish sifatini oshirish, axborot-kommunikatsiya vositalaridan unumli foydalanish bo’yicha shart-sharoit yaratish; huquqiy tarbiyani doimiy reja asosida amalga oshirish;Tarbiya jarayoning barcha ishtirokchilari orasida yot g’oyalarning kirib kelishiga qarshi murosasiz kurashishni davom ettirish; Yosh avlod ongi va shuuriga ta’sir etish uchun bo’layotgan ma’naviy tahdidlarga nisbatan muntazam tarbiya va tegishli mashg’ulotlar yordamida mafkuraviy immunitet hosil qilish hamda bu faoliyatni uzluksiz olib borish;O’quvchi-yoshlarda kitobxonlik,mutolaa madaniyati,badiiy adabiyotga
muhabbatni shakllantirib borish; O’quvchilrni jamoat ishlarida faol ishtirok etish ko’nikmalarini shakllantirish; Bola tarbiyasi namunali yo’lga qo’yilgan oilalar tajribasini ota-onalar majlislarida ommalashtirish. Oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligini mustahkamlashda Mahallaning vazifalari.
Farzandlari tarbiyasi bilan yetarlicha shug’ullanmaydigan ota-onalarni mahalla yig’inlarida muhokama qilish,ularga jamoatchilik ta’sirini o’tkazish,lozim hollarda profilaktik tadbirlarni belgilash maqsadida mahalla faollarini biriktirish. Mahalla hududidagi notinch oilalarni aniqlash va ularda sodir etilishi mumkin bo’lgan kelishmovchilik va nizolarning oldini olish; Respublikamizda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda erishilgan yutuqlar targ’ibotini tashkillash. Ta’lim muassasalari tavsiyasiga ko’ra,iqtidorli o’quvchilarni ijtimoiy va ma’naviy jihatdan qo’llab- quvvatlash;
Farzandlariga ma’naviy-axloqiy tarbiya berishda ijobiy natijalarga erishayotgan, namunali oilalarni rag’batlantirish. (Minnatdorchilik xati yoki e’lon qilish) ularning hayot tajribasini ommalashtirish;
Barkamol avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash ishini amalga oshirish tamoyillari:Samarali,zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o’quvchi yoshlarda milliy va umuminsoniy fazilatlarni shakllantirish va mustahkamlashda keng jamoatchilik kuchi va tajribasiga tayanish;Mustaqil fikrlovchi erkin shaxs sifatida shakllanishi,o’quvchidagi barcha salohiyatni to’la ro’yobga chiqarishga, hayotda o’z o’rnini topishiga,shu orqali jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir ko’rsatishi uchun muhim omil ekanligini anglatish.Barkamollikka erishishning muhim sharti-jahon umumbashariy yutuqlarini egallash zarurligini singdirish.Yoshlarni xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan,el- yurtimizning eng yuksak maqsadlari yo’lida fidokor bo’lishni tarbiyalash;Yoshlarni O’zbekistonga ulug, ajdodlarimizga munosib vorislar bo’la oladigan vatanparvarlik ruhida tarbiyalяash;Chuqur bilimlarga,zamonaviy dunyoqarashga ega bo’lgan ongli,tafakkuri tiniq,milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq,kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishga kamarbasta komil
insonlarni tarbiyalashga barcha mas’ulligini jamoatchilik orasida muntazam targ’ib etib borish.
Dostları ilə paylaş: |