”Oila,mahalla, ta’lim muassasasi”hamkorligini mustahkamlashda Oilaning vazifalari.
Oilada sog’lom ijtimoiy muhitni yaratish, farzandlarda ota-onaga, Vatanga muhabbat tuyg’usini shakllantirish; -Farzandlarga chuqur dunyoviy bilim berish;bolalarning qiziqishi,iqtidori va ehtiyojlarini hisobga olgan holda kasbga yo’naltirish; Bolalarni mustaqil fikrlashga o’rgatish,istiqlol g’oyalari va Vatanga
sadoqat ruhida tarbiyalash; bolalarning bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil etish;Bolada tejamkorlik va ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirish;Ota-onani farzandining barcha xatti-harakatlari uchun javobgarligini oshirish; Bolalarga sanitariya- gigiyenik,ekologik bilim va ko’nikmalarni singdirish;Oilada ota-onalarning bilim darajasini oshirishga erishish.Farzandini oilaviy hayotga tarbiyalashda ma’naviy meros, axloq,odob,urf-odat va an’analarni singdirib borish;Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarga hayot talablariga mos ravishda bilim va kasb-hunar egallashlari uchun shart-sharoit yaratish;Oilada bir-birlarini doimiy ravishda o’zaro qo’llab-quvvatlash,oilaviy dam olishni to’g’ri tashkillash;Oilada turli muammoli vaziyatlarni oqilona hal etishda yoshlarni muloqot madaniyatiga o’rgatish;Oilada ota-ona va farzand o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni mustahkamlash;radio to’lqinlari, televideniyeda berilayotgan kuy va qo’shiqlar,internet, telefonlardan olinayotgan ma’lumot va tasvirlar ota-onalar tomonidan saralanib, bolalarga taqdim etilishi;Oilada bolaning maktabdan tashqari turli xil ta’lim muassasalaridagi(musiqa va sana’t,sport maktablari, ”Barkamol avlod” bolalar markazlari,mahallalar qoshidagi turli to’garaklar markazlari) to’garak mashg’ulotlariga jalb etish.
Dostları ilə paylaş: |