Bashirov sanjarning shaharlar geografiyasi fanidan mustaqil ishi


Farg‘ona iqtisodiy-geografik rayoni kichik shaharlari



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə18/18
tarix24.09.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#147917
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
1-Mustaqil ta’lim 1.1- javob

20.Farg‘ona iqtisodiy-geografik rayoni kichik shaharlari
Farg‘ona iqtisodiy rayoni ma’muriy jihatdan Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan tashkil topgan. Bu iqtisodiy rayon respublika hududining 4 foizidan sal ortiqroq qismini egallasa-da, unda O‘zbekiston aholisining 1/3 qismi yashamoqda. Rayon hududi hamma tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan.
Iqtisodiy rayon kichik shaharlariga Farg`ona viloyatida Chinor, Bo`rbaliq, Yangiqo’rg’on, Buvayda, Zarbiloq, Zoxidan shaharlari kiradi. Andijov viloyatida Baliqchi, Xo’jaobod, marxamat shaharlari va Namangan viloyatida Sang, Ettik, G``alcha, Girvon shaharlari kiradi.
Buvayda tumani — Fargʻona viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. 1959-yil 14-dekabrda tugatilib, uning hududi Uchkoʻprik va Bagʻdod tumanlariga qoʻshib yuborilgan. 1973-yil 26-dekabrda qayta tuzildi. Tuman hududi Qoʻqon shahridandan shimolroqsa joylashgan. Buvayda tumani viloyatning Bagʻdod, Uchkoʻprik, Dangʻara, Oltiariq tumanlari, Namangan viloyatining Pop tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,28 ming km2. Aholisi 173,6 ming kishidan ziyod (2011). Buvayda tumanida 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Alqor, Bekobod, Beshterak, Buvayda, Jaloyir, Oqqoʻrgʻon, Uzumzor, Yangiqadam, Yangiqoʻrgʻon, Qoʻngʻirot, Qoʻrgʻonobod, Qum maxalla ) bor. Markazi — Ibrat (Yangiqoʻrgʻon) qishlogʻi. Buvayda nomi Bibiubayda nomidan olingan.
Tarixiy obidalardan 15—16-asrlarga oid Bibi Buvayda maqbarasi, Boʻston Buva maqbarasi (Sulton Boyazid Bistomiy), Podshopirim (Fargʻona vodiysida islomni targʻib qilgan. Shoh Mahmud Jalil ismli imom nomi bilan boglik rivoyat bor), Bandikushod, Soʻfi Azizlarning maqbaralari bor.
Baliqchi — shahar. Andijon viloyati Baliqchi tumani markazi. Tumanning shimoli-gʻarbiy qismida. Qoradaryo sohilida. Aholisi 20 mingdan ziyod. Shahar aholisi aholisi, asosan, sanoat, savdo, shuningdek, xizmat koʻrsatish, boshqaruv, fan va madaniyat sohalarida band va korxonalarda, kasb-hunar kollejlarida ishlashadi. Tumanning chekka joylarida Paxtachilik, gʻallachilik, chorvachilik bilan shugʻullanadi. Katta Fargʻona kanalidan suv ichadi. Umumiy taʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari, tibbiyot punkti bor.
Marhamat tumani — Andijon viloyatidagi tuman, viloyatning janubiy qismida joylashgan. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. 1963-yilda Marhamat tumani yondosh tuman bilan birlashtirilib tuman markazi Marhamat tumanidagi Rsskoyeselo posyolkasiga koʻchirilgan. 1965-yil 15-fevralda tuman nomi oʻzgartirilib tuman markazi hozirgi Asaka shahriga koʻchirilgan. 1970-yil 7-dekabrda Marhamat tumani nomi bilan qayta tashkil etilgan. Marhamat tumani shimolda viloyatning Asaka, Buloqboshi tumanlari, sharq va janubda Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatining Aravon tumani, gʻarbda Fargʻona viloyatining Quva tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,32 ming km², aholisi 175,7 ming kishi (2020). Marhamat tumanida 1 shahar (Marhamat), 1 shaharcha (Polvontosh), 5 qishloq fuqarolari yigʻini (Marhamat, Qorabogʻish, Shukurmergan, Qoraqoʻrgʻon, Koʻtarma, Mirishkor) bor. Markazi — Marhamat shahri.
1963-yilda Marhamat tumani yondosh tuman bilan birlashtirilib, tuman markazi Marhamat tumanidagi Russkoe selo shaharchasiga koʻchirilgan. 1965-yil 15-fevralda tuman nomi oʻzgartirilib, markazi hozirgi Asakan shahriga koʻchirilgan. 1970-yil 7-dekabrda Marhamat tumani bilan qayta tashkil etilgan. Bu yerda Oʻzbekiston Uchartoʻp Federatsiyasi ilk bor ochilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ahmedov E.A. O‘zbekiston shaharlari mustaqillik yillarida.- T., 2004.
2. Soliyev A.S.Shaharlar geografiyasi.(Ma’ruza matni).- T., 2000.
3. Soliyev.A.S, Tashtayeva.S.K, Egamberdiyeva.M.M Shaharlar geografiyasi. T.: 2020
4. Po‘latov.X Shaharsozlik tarixi. T.: 2008



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin