Basketbolchilarga to'pni boshqarish texnikasini o'rgatish metodikasini takomillashtirish



Yüklə 32,75 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü32,75 Kb.
#185184
XALQARO BAHOLASH DASTURLARI HAQIDA TUSHUNCHA


XALQARO BAHOLASH DASTURLARI HAQIDA TUSHUNCHA


Reja:

1.Xalqaro baholash dasturlarini va ularning ahamiyati.

2. PISA, PIRLS, TIMSS vа TALIS xalqaro dasturlari haqida ma’lumot.

Tayanch tushunchalar: Xalqaro baholash , xalqaro dastur,ta’lim sifatini baholash, PISA, birlik, klaster, testlet va buklet, xalqaro monitoring



Davlatimiz innovastion taraqqiyot yo’lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo’lgan yoshlarni ijodiy g’oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning bilim, ko’nikma va malakalarini davlat ta’lim standartlari asosida shakllantirish hamda ilg’or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyatga egadir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasida qo‘yilayotgan amaliy qadamlarga xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi to‘g‘risida hukumat qarorining qabul qilinishi Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA-International Association for the Evaluation of Educational Achiyevement) nufuzli tashkilot bilan hamkorlik aloqalarining yo‘lga qo‘yilishini misol sifatida keltirish mumkin. Qariyib 60 yildan ko‘proq vaqt mobaynida IEA tashkiloti ta’limni qiyosiy o‘rganish sohasida yetakchi tashkilot bo‘lib kelmoqda. Mazkur tashkilot ta’lim tizimida davlat siyosati va amaliyotning ta’sirini chuqurroq o‘rganish maqsadida ta’lim sohasida keng miqyosli tadqiqotlar olib boradi. Bu tadqiqotlar ta’lim jarayonlari va natijalarini ko‘rib chiqib, ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi o‘zaro bog‘liq omillarni qiyosiy tahlil qiladi. 1958-yildan buyon ushbu tashkilot ta’lim sohasiga oid ko‘plab mavzular bo‘yicha o‘ttizdan ortiq qiyosiy tadqiqotlarini o‘tkazdi. Jumladan, matematika va tabiiy fanlar (TIMSS), o‘qish (PIRLS), fuqarolik va fuqarolik ta’limi (ICCS), kompyuter va axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonlik (ICILS) kabi yo‘nalishlarda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalari, umuman olganda ta’lim olish jarayonida erishgan yutuqlarini baholab kelmoqda.
Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tajribalarni o’rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo’nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish, ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro loyihalarni amalga oshirish, zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 997-sonli qarori bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspekstiyasi qoshida “Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi” tashkil etildi.
O’z navbatida, “Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi”ga ta’lim tizimida o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishidagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovastion metodlarini ishlab chiqish hamda joriy etishga yo’naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish, ta’lim sifatini baholash sohasida xalqaro aloqalarni o’rnatish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish kabi vazifalar yuklatildi.
Shu bilan bir qatorda, Milliy markaz direktori – Xalqaro tadqiqotlarning milliy loyiha menejeri hisoblanib, xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda O’zbekiston Respublikasining vakili sifatida ishtirok etishi belgilab qo’yildi.
Mazkur vazifalarning amaliy ifodasi sifatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspekstiyasi bilan Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti o’rtasida o’quvchilar savodxonligini baholash bo’yicha xalqaro dasturda (Agreement for participation programme for international student assessment - PISA 2021) ishtirok etish to’g’risidagi kelishuvga erishildi. IEA tashkiloti tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarning aksariyati o‘quvchilarning akademik faoliyatini bir yoki bir nechta fanlardan yoki fanlararo uyg‘unlik asosida baholashni o‘z ichiga oladi, bu esa dunyo bo‘yicha umumiy va har bir mamlakat kesimida ta’lim jarayonlarini chuqur tahlil qilishga yordam beradi. O‘quvchilarning erishgan yutuqlarini o‘rganishda barcha o‘quvchilardan emas, balki ushbu qatlamning vakillari sifatida tanlab olingan o‘quvchilardan obyektiv testlarni o‘tkazish orqali baholanadi. Shuningdek, maktab direktorlari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, hattoki ota-onalardan so‘rovnomalar o‘tkazilib, maktabdagi ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, jumladan, maktab resurslari, o‘quvchilarning ta’lim olishga oid qarashlari, o‘qitish usullari hamda uy sharoitida o‘quvchilarning bilim olishi qanchalik darajada qo‘llab-quvvatlanayotganligiga doir qimmatli ma’lumotlar to‘planadi. Ushbu tadqiqotlar yuqori texnik va ilmiy talablar asosida o‘tkaziladi. Shuningdek, o‘rganilayotgan holatlarning xususiyatidan kelib chiqib, amaliy tadqiqotlar bilan birga kuzatuv kabi samarali usullardan ham foydalaniladi. Ushbu dasturning ko‘p yillar davomida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotganiga 2021-yilda 20 yil to‘ladi. Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) – boshlang’ich 4-sinf o’quvchilarining matnni o’qish va tushunish darajasini baholash uchun; Boshqacha qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish ko‘nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma’lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o‘qish va o‘qitishni yaxshilash uchun ta’lim sohasidagi davlat siyosatiga oid ma’lumotlarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturidir. Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) - 4 ва 8- sinf o’quvchilarining matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan o’zlashtirish darajasini baholash uchun; The Programme for International Student Assessment (PISA) - 15 yoshli o’quvchilarning o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash uchun; Shuningdek, PIRLS, yosh o‘quvchilar tomonidan maktabda va maktabdan tashqarida ta’lim olishning katta qismini tashkil etuvchi, ya’ni badiiy tajriba orttirish, ma’lumot olish va undan foydalanish ko‘nikmalarini baholash kabi ikkita keng qamrovli maqsadlarni ifodalaydi. Yana shuni aytish mumkinki, ushbu dastur zamon bilan hamnafas qadam tashlaydi hamda o‘zining baholash mezonlarini zamonaviy talablarga muvofiq ravishda takomillashtirib boradi. Bunga misol sifatida, 2021-yilda o‘tkaziladigan tadqiqotda o‘quvchilarga birinchi marta raqamli formatdagi topshiriqlarni taqdim etishni rejalashtirganini aytish o‘rinlidir. Raqamli formatga o‘tish bilan birga, internet muhitida boshqariladigan ePIRLS onlayn o‘qishni kompyuterda baholash kabi o‘zgarishlar ham ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5712-son Farmonida 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan.
PISA (Programme for International Student Assessment) – o’quvchilarning savodxonligini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqot dasturi bo’lib, dasturning asosiy maqsadi 15 yoshli o’quvchi yoshlarning o’qish, (matnni tushunish), matematika va tabiiy fanlar bo’yicha savodxonlik darajalarini hamda ijodiy fikrlash ko’nikmalarini turli xil testlar yordamida baholashdan iboratdir. Ushbu loyihalar o’quvchi yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlashi, egallagan bilimlarini hayotda qo’llay olish layoqatiga baho berish va keyinchalik bu ko’nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Har uch yilda amalga oshiriladigan PISA dasturi mamlakatlarga ta’lim tizimining yutuq va kamchiliklari yuzasidan o’z vaqtida axborot berish, tegishli dasturlarning ta’sirini tahlil qilish imkoniyatini yaratib, ta’lim siyosati sohasida qarorlar qabul qilishni qo’llab-quvvatlaydi.
Ta’lim sifatini baholashga yo’naltirilgan PISA kabi xalqaro tadqiqotlar O’zbekiston ta’lim tizimida ilk marta o’tkazilayotganligi sababli ularni to’g’ri, samarali va ob’ektiv o’tkazish muhim ahamiyat kasb etadi.
PISA–o’quvchilarning o’qish (matnni tushunish), matematika va tabiiy fanlardan bilim darajalarini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi bo’lib, o’quvchilarning maktab davrida orttirgan bilim va ko’nikmalarini aniqlashga mo’ljallangan.
PISA xalqaro baholash dasturi shuningdek, o’quvchilar munosabati va motivastiyasi haqida qimmatli ma’lumotlar to’playdi, o’quvchilarda muammoni hal qila olish kabi ko’nikmalarni ham baholaydi. Masalan, global ahamiyatga ega masalalarni hal etishda o’quvchi-yoshlarning fikr- mulohazalari, ular bergan taklif va echimlarni baholaydi.
PISA–xalqaro baholash dasturlarining natijalari asosida dunyo mamlakatlari o’quv dasturlarida mavjud bo’lgan talablar doirasida o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarni qo’llash, fikrlash va muloqot qilish qobiliyatlariga baho beriladi.
PISA hech qanday o’quv dasturini belgilamaydi yoki targ’ib qilmaydi yoki umumiy e’tirof etishni taqozo etmaydi.
Ishtirokchi mamlakatlar ekspertlari va iqtisodchilarining fikricha, o’quvchilarda tabiiy fanlardan o’zlashtirilgan bilim va ko’nikma darajalari shakllanishi, mustahkamlanishi davlatlarning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun muhim dastlabki qadamlar deb hisoblanishini e’tirof etadi.

PISA – o‘quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur, PISA (inglizcha - Programme for International Student Assessment) – turli davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligini (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur. PISA bo‘yicha bahoning 50 ballga oshishi har yillik Yalpi ichki mahsulot (YaIM) ning 1% ga o‘sishini ta’minlaydi.


PISA-ni so’ngi yillardagi vazifalarining asosiy jihati nimalardan iborat?
Bu proektda test sinovlari o’quvchiga qiyinchilik tug’dirmaydi, bunda o’quvchining bilimlari asosiy o’rin tutmaydi, faqatgina bolaning ongini ishlatishni talab qiladi.
PISA- ning interaktiv vazifalari nimadan iborat:
2012 yilda birinchi marotoba ommaviy test sinovlari ishtirokchilariga maxsus turdagi vazifalar, ya’ni interaktiv turdagi vazifalar kiritilishi taklif qilingan. Interaktiv - o’quvchidan yangi qiyin sistemani oldindan xususiyatini bilmay turib mustaqil tadqiqot qilishni talab qiladi, tizim bilan bevosita amaliy hamkorlik orqali gipotezalarni (xayoliy) o’rtaga tashlaydi, ularni eksprimental tarzda sinab, ob’ektni tekshirihsga harakat qiladi.
PISA –bu eng katta Xalqaro o'quvchilar bilimining tadqiqot qilish programmasi .
PISA- natijalari butun dunyo yoshlarining qanday bilim va ko'nikmalarga ega ekanligini ko'rsatadi.
Umumta'lim fanlari bo'yicha kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o'quv topshiriqlarini ishlab chiqishda xalqaro tajribadan foydalanish,
Timss (Trends in Mathematics and Science Study) – matematik va tabiiy-ilmiy ta'lim sifatini tadqiqot etadigan xalqaro monitoringdan iborat. Unda 4-, 8-, 11- sinf o'quvchilari ishtirok etadilar. 1995 y., 1999 y., 2003 y., 2007 y., 2008., 2011 y., 2015 yillarda o'tkazilgan. 2008 yilda Timss Advanced monitoring tadqiqotlari matematika va fizikani chuqur o'rganadigan maktablarning o'quvchilari o'rtasida o'tkazgan. Bu ikki predmet o'sib kelayotgan avlodning yangi texnologiyalardan foydalanish va takomillashtirish qobiliyatlarini hamda mamlakatning intellektual potensialini baholashda ustuvor soha hisoblanadi.

PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) - matnni o'qish va tushunish sifatini o'rganish deb nomlangan xalqaro loyiha bo'lib, unda 4-sinf o'quvchilari ishtirok etadi. 2001 y., 2006 y., 2011 y., 2016 yillarda o'tkazilgan.


-O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” 2018 yil 8 dekabrdagi 997-son qarori talablaridan kelib chiqadigan vazifalarimiz, PISA tadqiqotlarini amalga oshirish bo’yicha texnik talablar, unga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish tartibi haqida ma’lumot berib o’tamiz
-PISA 1990 yillar oxirida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan muntazam ravishda xalqaro qiyosiy tadqiqotlar olib borish maqsadida ishlab chiqilgan bo’lib, u IHTTga a’zo mamlakatlarda 15 yoshli o’quvchilarning o’qish, matematika va tabiiy fanlar bo’yicha savodxonlik darajasini baholashning yuqori sifatli indikatorlarini yaratish uchun mo’ljallangan loyihadir.
-PISA, IHTTga a’zolik maqomiga ega bo’lgan davlatlar, ya’ni IHTTga a’zo, hamkor va ishtirokchi davlatlar bilan birgalikda hamda Parij shahrida joylashgan kotibiyat orqali boshqariladi

PISA tadqiqotlariga tayyorgarlik ko’rish, amalga oshirish muddati 5 yilga mo’ljallangan bo’lib, xalqaro pudratchilar tomonidan



2018 yilda sinov materiallari ishlab chiqildi, 2019 yil sinov materiallarini moslashtirish ishlari olib boriladi, unga tayyorgarlik holatini tahlil qilish maqsadida milliy darajada baholashlar, 2020 yil PISA sinov baholashlari va 2021 yilda asosiy baholash tadqiqotlari bo’lib o’tishi belgilangan. Mazkur yillardagi olingan tahlillar natijalari 2022 yilda yakunlanadi va xalqaro hisobotlar tayyorlanadi.
-Umumiy o’rta ta’lim maktablari xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik darajasini o’rganish va amaliy tavsiyalar berish maqsadida, (Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi) Milliy markaz va xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorligida 2019 yil davomida xalqaro tadqiqotlarga mos, o’quvchilarning ijodiy fikrlash salohiyatlarini aniqlashga qaratilgan sinov materiallari bazasini shakllantirish va Respublikamiz hududlaridagi maktablarda tayyorgarlik sinovlarini o’tkazish rejalashtirilmoqda. Mazkur sinovlar kamchiliklarimizni tahlil qilish va ularni yaxshilash bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.
PISA tadqiqoti - Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti IHTT(OECD – Organisation for Economic Co-operation and Development) tomonidan amalga oshiriladigan dastur hisoblanadi.
Tadqiqot ilk bor 2000 yilda o’tkazilgan bo’lib, har uch yilda bir marotaba o’tkazib boriladi. Navbatdagi tadqiqotlar 2021 yilda o’tkazilishi rejalashtirilgan.
PISA tadqiqoti o’ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan:
ta’lim sohasidagi eng yirik, keng ko’lamli xalqaro monitoring tadqiqotlaridan biri sanaladi;
tadqiqotda umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan 15 yoshli o’quvchilar ishtirok etadi;
tadqiqotda o’quvchilarning “hayotga tayyorlik” darajasi, ya’ni ularning maktabda egallagan bilim va ko’nikmalarini hayot qo’llay olish layoqati baholanadi;
tadqiqotda o’quvchilarning matematika, o’qish (matnni tushunish), tabiiy yo’nalishdagi fanlar va global muammolarni hal etish sohasidagi funkstional savodxonligi baholanadi;
tadqiqotda ishtirokchi mamlakatlar ta’lim tizimining o’ziga xosligi bo’yicha ma’lumot olish imkonini beradigan kontekst axborot to’planadi.
O’zbekistonning PISA tadqiqotida ishtirok etishi uchun quyidagilar muhim ahamiyatga ega:
O’zbekistonda umumta’lim maktablari bitiruvchilarining ta’lim olishni davom ettirishga qay darajada tayyorligini aniqlash;
mamlakatdagi umumiy o’rta ta’limni takomillashtirish yo’nalishlarini aniqlash;
o’quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlari, shuningdek, turli mamlakatlarning ta’lim tizimlari haqidagi qiyosiy ma’lumotlarni olish.
PISA tadqiqoti haqida qo’shimcha ma’lumotlarni O’zbekistonda mazkur tadqiqotni o’tkazishga mas’ul hisoblangan Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazining rasmiy veb-sayti (markaz.tdi.uz)va IHTT www.oecd.org/pisa)dan olish mumkin.
Nima uchun PISA tadqiqotlari har uch yilda bir marotaba o’tkaziladi va nega aynan 15 yoshli o’quvchilarning bilim darajalari aniqlanadi?
PISAning asosiy vazifasi – mamlakatlarni ta’lim siyosatiga oid ma’lumotlar bilan ta’minlash va qarorlar qabul qilishda ularni qo’llab- quvvatlashdan iborat.
Tadqiqotning har uch yilda o’tkazilishi esa mamlakatlarga siyosiy qarorlarni va tegishli dasturlarning ta’sirini hisobga olish uchun ma’lumot va tahlillarni o’z ichiga olgan holda, o’z vaqtida axborot berish imkoniyatini yaratib beradi.
Agar tadqiqotni o’tkazish davriyligi qisqa muddatda amalga oshirilsa, o’zgarishlar va yangilanishlar uchun etarli vaqt hamda kerakli ma’lumotlarni to’play olmaslik muammosini vujudga keltiradi.
Tadqiqot doirasi 15 yoshli o’quvchi yoshlar orasida o’tkazilishiga asosiy sabab aksariyat Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (IHTT) a’zo davlatlarda ushbu yosh majburiy ta’lim bosqichining yakuniy davri hisoblanadi.
PISA dasturining o’ziga xosligi. PISA xalqaro baholash dasturi butun dunyoda keng qamrovli va muntazam ravishda o’tkazib kelinayotgan dastur sifatida o’ziga xos ahamiyatga ega.
PISA xalqaro baholash dasturida qariyib 80dan ortiq davlatlar ishtirok etishgan. Tadqiqotni har uch yilda bir marotaba o’tkazilishi esa, davlatlarga o’z ta’lim tizimida kelajakda erishish ko’zda tutilgan asosiy maqsadlarni aniqlab olish imkoniyatini yaratib beradi.
Shuningdek, dastur 15 yoshdagi o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini baholash bo’yicha yagona xalqaro baholash loyihasi hisoblanadi.
Dasturda quyidagi masalalarga e’tibor qaratiladi:
Davlat siyosati masalalari:“Maktablar o’quvchi yoshlarni katta hayot yo’liga o’tishiga munosib ravishda tayyorlay olishyaptimi?, “Ayrim turdagi o’quv dasturlari boshqalariga nisbatan samaraliroqmi?”,“Maktablar muhojirlar yoki og’ir ijtimoiy sharoitga ega o’quvchilar kelajagini yaxshilanishiga yordam beradimi?”kabi ba’zi bir savollarga javob topishdan iboratdir.
Savodxonlik: PISA muayyan maktab o’quv dasturlarining ustunligini o’rganish o’rniga, o’quvchilarning asosiy mavzularda bilim va ko’nikmalarini qo’llay olish qobiliyati, muammolarni tahlil qilish, sharhlash va samarali hal qilish, fikrlash, muloqot qilish imkoniyatlarini ko’rib chiqadi.
Hayot davomida o’rganish: O’quvchilar maktabda o’rganishi lozim bo’lgan hamma narsani to’liq o’zlashtira olmaydi. Samarali o’rganuvchi bo’lish uchun nafaqat bilim va ko’nikmalarni, balki ular qanday hamda nima uchun o’rganilishi haqida xabardor bo’lishi lozim. PISA o’quvchilarning o’qish (matnni tushunish), matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonligini oshirish bilan bir qatorda o’quvchilarning ta’lim olishga qiziqishi, o’zlari haqida ma’lumotlar hamda ta’lim strategiyasi haqida fikrlarini so’raydi.
PISA va TIMSS o’rtasidagi asosiy farq. PISA va TIMSS dasturlarining asosiy farqi eng avvalo ularning turli xil yosh va sinflar toifasida o’tkazilishidan iboratdir. Masalan, PISA 15 yoshli o’quvchilarning bilimlarini baholashga qaratilgan bo’lsa, TIMSS esa muayyan yoshdagi o’quvchilarning emas, balki to’rtinchi va sakkizinchi sinf o’quvchilarining bilim va ko’nikmalarini baholaydi. Shu bilan birga, TIMSS baholashlari o’quv dasturlariga asoslangan bo’lsa, PISA esa, o’quvchilar egallagan bilim va ko’nikmalarini real muammolarni hal qila olishlarini baholashga qaratiladi. TIMSS aynan maktab bilimlarni o’zlashtirish darajalarini baholasa, PISA bilim va ko’nikmalarni maktabda, uyda va jamoatchilik orasida qo’llay olish darajalariga alohida e’tibor qaratadi.
PISAni boshqarish
PISA boshqaruvi. PISA dasturining faoliyati PISA boshqaruv kengashi qarori asosida, loyihada ishtirok etayotgan davlatlarning ta’lim sohasidagi boshqaruv organlari mas’ulligida ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan dastur asosida tashkil etiladi.
Kengash tarkibiga barcha IHTTga a’zo davlatlar, shuningdek sherikchilik maqomidagi hamkor davlatlar kiradilar. Bugungi kunda sherikchilik maqomga faqatgina Braziliya sazovordir. Davlatlar Kengashga o’zlarining ta’lim siyosati va amaliyoti hamda o’quvchilarni baholash borasida yuqori ilmga ega bo’lganlarni vakillikka tavsiya etadi. Kengash tarkibi hukumatning rasmiylari va ilmiy-pedagog, tadqiqot xodimlari hamda akademik institutlardan tashkil topgan.
Kengash PISA uchun siyosatning ustuvor yo’nalishlarini belgilaydi va amalga oshirish jarayonida ushbu ustuvorliklarga rioya etilishini nazorat qiladi.
Bu faoliyat ma’lumotlar tayyorlash, tahlil qilish va hisobot berishning ustuvor yo’nalishlari, standartlarini belgilash, shuningdek, PISAni amalga oshirish uchun asos bo’ladigan ish hajmini aniqlashni o’z ichiga oladi.
PISAning texnik to’g’riligini ta’minlash maqsadida o’zida namunalashtirish, so’rovnomalar tuzish, o’lchash va tahlil qilish kabi PISA tadqiqot usullarini qo’llab-quvvatlaydigan dunyoga mashhur ekspert va mutaxassislar jalb qilingan. Bu texnik maslahat guruhi(TMG) Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan tayinlangan. Texnik maslahat guruhi muntazam ravishda PISA ma’lumotlarda o’zga mamlakatlarning natijalari va PISA usullariga ma’lumotlarning ishonchliligi va xalqaro miqyosda taqqoslanishiga oid qarorlar qabul qilinishida ishtirok etadi.
PISA boshqaruvi kengashi. Boshqaruv kengashi IHTT va PISA a’zolari vakillaridan iborat. PISAda rasmiy ishtirokchi maqomiga ega bo’lmagan, lekin qatnashadigan mamlakatlar PISA yig’ilishlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishlari mumkin. Kengashdagi mamlakatlar vakillari ularning ta’lim vazirliklari tomonidan, kengash raisi esa PISA boshqaruvi kengashi tomonidan tanlab olinadi. IHTTning ta’lim maqsadlari asosida boshqaruv kengashi PISA uchun ustuvor yo’nalishlarni belgilaydi hamda ularning har birlari PISA tadqiqotlarini amalga oshirish davomida o’zaro hurmat ruhida va vijdonan yondashuvlariga e’tibor qaratadi.
IHTT kotibiyati. IHTTkotibiyati PISA tadqiqotini amalga oshirilishi hamda uzluksiz boshqaruv jarayonini tashkil etish uchun mas’ul hisoblanadi. Bunda PISA jamoasi so’rovnomalarni amalga oshirilishini nazorat qiladi, PISA boshqaruv kengashinomidan ma’muriy jarayonlarni boshqaradi, mamlakatlar o’rtasida xalqaro kelishuvlar o’rnatadi va PISA boshqaruvi kengashi hamda PISA konsorstiumi o’rtasida vositachilik vazifasini bajaradi.
Yüklə 32,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin