Sotsiologiya fan sifatida Sotsiologiya fanining vujudga kelishida ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-nazariy shart-sharoitlar. O.Kont - pozitiv sotsiologiyaning asoschisi, uning sotsiologiyani mustaqil fan sifatida yaratishdagi dastlabki rejalari. Antik davrning qomusiy olimlari va Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy-falsafiy ta’limotlari (Platon, Aristotel, Forobiy, Ibn Xaldun va boshqalar) zamonaviy sotsiologiyaning muhim manbalari sifatida. G‘arb sotsiologiyasi klassiklarining ishlarida sotsiologiyaning ob’ekti va predmeti muammosi. Sotsiologiyaning turli yo‘nalishlarida fanning ob’ekti va predmeti muammosini echish yo‘lidagi g‘oyaviy-nazariy
izlanishlar.
Sotsiologiyaning boshqa fanlar bilan munosabati. Sotsiologiya va falsafa. Sotsiologiya va tarix. Sotsiologiya va psixologiya, demografiya, genetika, sotsial geografiya. Sotsiologiya va tabiiy hamda aniq fanlar. Sotsiologiyaning fanlar tizimidagi tutgan o‘ziga xos o‘rni.
Sotsiologiya strukturasi Fanda struktura tushunchasi va uning ahamiyati. Sotsiologiyaning strukturasi va uning asosiy tarkibiy qismlari. Sotsiologiya strukturasi elementlarining rivojlanish dinamikasi. Fundamental (asosiy) sotsiologiya. Jamiyat hayotining fundamental muammolarini sotsiologik tahlili. Nazariy va amaliy sotsiologiya: ularning umumiyligi va farqi. Sotsiologiya tarixida universal nazariyalarni ishlab chiqishga bo‘lgan intilishlar. Empirik sotsiologiyaning bunyod bo‘lishi va uni sotsiologiya nazariyasi rivojiga ta’siri. Sotsiologiyada maxsus va tarmoq yo‘nalishlar. Makrosotsiologiya va mikrosotsiologiya.