Seminar mashg`ulotlari jarayonida mustaqil ta`limga alohida e`tibor beriladi va unga maksimal 10 ball ajratildi.
Talabaning mustaqil ishi – Sotsiologiya faninig dolzarb mavzulariga bag`ishlangan bo`lib, berilgan mavzu mustaqil ijodiy ish shaklida tayyorlanadi va baholanishi uchun 10 ball ajratiladi.
Mustaqil ijodiy ishda mavzu to`liq ochilgan, to`g`ri xulosa chiqarilgan va ijodiy fikrlari bor – 8.5-10 ball
mavzu mohiyati yoritilgan, ammo xulosa chiqarilmagan va ijodiy fikrlari yo`q – 5.5-6.5 ball
mavzu mohiyati to`la yoritilgmagan, ayrim kamchiliklari bor bo`lsa – 0-5 ball beriladi.
Talabalar YnN dan to`playdigan ballarning namunaviy mezonlari Yakuniy nazoratni 30 ballik “Yozma ish” yoki “Test” shuningdek “Og`zaki” shakllirda o`tkaziladi. Agar yakuniy nazorat “Yozma ish” shaklida belgilangan bo`lsa, u holda yakuniy nazorat quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi
Yakuniy nazoratda “Yozma ish”larni baholash mezoni Yakuniy nazorat “Yozma ish” shaklida amalga oshirilganda, sinov ko`p variantli usulda o`tkaziladi. Har bir variant 3 ta nazariy savoldan iborat. Nazariy savollar fan bo`yicha tayanch so`z va iboralar asosida tuzilgan bo`lib, fanning barcha mavzularini o`z ichiga qamrab olgan. Har bir nazariy savolga yozilgan javoblar bo`yicha o`zlashtirish ko`rsatkichi 0-10 ball oralig`ida baholanadi. Talaba maksimal 30 ball to`plashi mumkin. Yozma sinov bo`yicha umumiy o`zlashtirish ko`rsatkichini aniqlash uchun variantda berilgan savollarning har biri uchun yozilgan javoblarga qo`yilgan o`zlashtirish ballari qo`shiladi va yig`indi talabaning yakuniy nazorat bo`yicha o`zlashtirish bali hisoblanadi.
Yakuniy nazoratda “Test”larni baholash mezoni Yakuniy nazorat “Test” shaklida amalga oshirilganda, sinov ko`p variantli usulda o`tkaziladi. Har bir variant 30 ta test savollaridan iborat. Test savollari fan bo`yicha tayanch so`z va iboralar asosida tuzilgan bo`lib, fanning barcha mavzularini o`z ichiga qamrab olgan. Har bir test savollariga berilgan tog`ri javovlar uchun 1 ball qo`yiladidi. Talaba maksimal 30 ball to`plashi mumkin. Test savollari bo`yicha umumiy o`zlashtirish ko`rsatkichini aniqlash uchun har bir berilgan to`g`ri javobga qo`yilgan ballar qo`shiladi va yig`indi talabaning yakuniy nazorat bo`yicha o`zlashtirish bali hisoblanadi.