Ishning ma’muriy sudga taalluqlilik va tegishlilik jihatlarini yoritib bering.
Vaziyat bo‘yicha chiqariladigan sud hujjatining asoslantiruvchi qismini tayyorlang.
JAVOB:
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasida har bir shaxs o’zining buzilgan huquqlari va erkinliklarini sud orqali himoya qilish va davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g’ayriqonuniy harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanganligi qayd etib o’tilgan.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy Sud Ishlarini Yuritish To’g’risidagi kodeskning 4-moddasida har qanday manfaatdor shaxs o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun ma’muriy sudga murojaat qilishga haqliligi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, sudga prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslar murojaat qilish huquqi va sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emasligi haqida aytib o’tilgan.
Manfaatdor shaxs quyidagi holatlarda sudga ariza bilan murojaat qilishi mumkin:
huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilganda;
huquqlari, erkinliklarini amalga oshirish va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda to‘sqinlik yaratilganda;
zimmasiga qonunga xilof ravishda biror-bir majburiyat yuklatilganda;
u yoki bu sohadagi faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa to‘sqinlik yaratilgan deb hisoblaganda.
“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy bo‘limi ma’muriy organ hisoblanadi, negaki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika davlat boshqaruvi organlari ko’rsatilgan vazirliklar, davlat qo’mitalari, qo’mitalar, agentliklar, markazlar, inspeksiyalar va ularning hududiy organlari, fuqarolarning o'zini o’zi boshqarish organlari, shuningdek, ma’muriy-boshqaruv vakolati berilgan boshqa tashkilotlar va maxsus tuzilgan komissiyalar ma’mariy organ hisoblanadi.
Arizachi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi ma’muriy sudga Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi “Baxt qurilish kompaniyasi” MCHJ manfaatini ko‘zlab murajaat qilgan. Xo’sh savdo-sanoat palatasining ma’muriy sudga ariza bilan murojaat qilishga vakolati bormi? Ma’muriy organ ma’muriy organ ustidan shikoyat qila oladimi?
O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining vakolatlari va vazifalariga quyidagilar kiradi:
tadbirkorlik tashabbusini amalga oshirish uchun qulay huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni ta'minlash;
biznes hamjamiyati hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va boshqa organlar va tashkilotlar o'rtasida o'zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirish;
tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish;
ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilashga har tomonlama ko'maklashish;
tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini barcha choralar bilan qo'llab-quvvatlash.
Yuqoridagilardan kelib chiqib savdo-sanoat palatasining ma’muriy sudga ariza bilan murojaat qilish huquqi yo’qligi ko’rinib turibdi.
Bundan tashqari ma’muriy sudning sudyassi quydagi holatlarda arizani ish yuritishni qabul qilishni raad qilish huquqiga ega:
1) ish ma’muriy sudga taalluqli bo‘lmasa;
2) ma’muriy sudning ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish haqidagi ajrimi mavjud bo‘lsa;
3) sudning ish yuritishida ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa.
Arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Dostları ilə paylaş: |