Bilasizmi?
Bilasizmi?
Savol va topshiriqlar
II bob. Ilm-ma’rifat. Innovatsiya
42
@edurtm_uz
Quyidagi savollar asosida biror yaxshi amallarni bajarish uchun
zarur ko‘nikmalarni ishlab chiqing:
1. Inson qanday qilib o‘ziga yaxshilik qiladi?
2. Inson qanday qilib ota-onasiga yaxshilik qiladi?
3. Inson qanday qilib qo‘shnilariga yaxshilik qiladi?
4. Inson qanday qilib Vataniga yaxshilik qiladi?
5. Inson qanday qilib oilasiga yaxshilik qiladi?
Maqsadni
aniqlash
Amalga oshirish
muddatini belgilash
O‘z ustida
ishlash
Ilk qadamni
tashlash
Qat’iyat bilan
harakatlanish
Maqsadni amalga oshirish algoritmi
«Munosib umr» algoritmi
Jamoangiz bilan insonning tug‘ilishidan boshlab qanday qilib munosib
yashashi mumkinligini o‘ylang. Hayotning mazmunini hal qiluvchi ketma-
ketliklarni infografika shaklida aks ettiring.
Jamoaviy mashg‘ulot
Jamoaviy mashg‘ulot
Bilasizmi?
INSONIYAT HAYOTINI O‘ZGARTIRGAN – ALGORITM
Elektron qurilmalar ham dasturchilar tomonidan yozilgan algoritmlar
asosida ishlaydi. Dasturchilar biror vazifani bajarishi uchun ularga algoritm
yozadilar. Qurilmalar ana shu yerdagi buyruq asosida amallarni ketma-
ket bajarib, ishlaydilar. Bu «kodlash» deyiladi. Iqtidorli dasturchi qurilma-
larga kod yozganda ilg‘or yondashuvdan foydalangani uchun ham ayrim
qurilmalar qulay ishlaydi va bozorda ularga talab ham yuqori bo‘ladi.
Algoritmsiz jahon ilm-fani va insonlar hayoti bu qadar rivojlanmas
edi. Boisi, bugungi taraqqiyotning bosh g‘ildiragi – Internetning ishlashi
ham algoritmga asoslanadi. Ma’lumotni uzatish algoritmi sabab milliardlab
Internet foydalanuvchilari o‘zaro axborot almashadilar.
«Google» qidiruv tizimi, bu – millionlab odamlarning Internetda
ma’lumot topishlariga yordam beradigan qulay algoritmlar jamlanmasidir.
|