IV bob. Tadbirkorlik, g‘oya va boylikdan foydalanish mezonlari
118
@edurtm_uz
Quyida keltirilgan tonggi odatlar inson hayotiga salbiy ta’sir qilishi
tadqiqotlar davomida aniqlangan. Ulardan xulosa chiqarib, tongda
qilish zarur bo‘lgan foydali odatlar ro‘yxatini tuzing.
1. Kech uyg‘onish.
2. Badantarbiya bilan shug‘ullanmaslik.
3. Tongni tushkun kayfiyatda boshlash.
4. Ota-onaning duosini olmaslik.
5. Oila davrasida nonushta qilmaslik.
7. Yaqinlari bilan xayrlashmay uydan chiqish.
6.
Kunni reja qilmaslik, aniq maqsadlarni belgilamaslik.
Siz shakllantirgan tonggi foydali odatlarning ahamiyatini tushuntirib
bering.
Pulga to‘g‘ri munosabat – boy bo‘lishning muhim kafolati
Pul bilan bog‘liq quyidagi odatlar hayotda boy yoki kambag‘al bo‘lishi-
mizda muhim o‘rin egallar ekan.
Pulni sarflash odatimiz.
Pulni tejash odatimiz.
Pulga nisbatan yomon odatlar ...
«Xarajatlar ro‘yxati»ni tuzmaslik.
Mayda-chuyda va ahamiyatsiz xarajatlarga ko‘z yumish.
Dabdabali marosimlar va tadbirlar uyushtirish.
Qarz olish va qarzdor bo‘lib yurish.
Har kuni tushlik uchun ovqat xarid qilish (vaholanki uydan ham mazali
taomlar olib kelish mumkin).
Ko‘p
pul topib, kamroq sarflash hamda jamg‘arilgan pulni foydali
ishga tikish – pulga nisbatan to‘g‘ri odatdir. Vaqt o‘tgani sayin jamg‘arma
va sarmoya o‘z mahsulini beradi.
Millionerlarning ko‘pchiligi ota-onasi yoki ustozlaridan pul bilan bog‘liq
aqlli odatlarni o‘rganish orqali badavlat bo‘lishgan ekan.
Dostları ilə paylaş: