Baxt va muvaffaqiyat sirlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining


Frilanserlar tobora ko‘proq daromad topishmoqda



Yüklə 50,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/101
tarix24.10.2023
ölçüsü50,2 Mb.
#160746
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   101
tarbiya 9 www.sadikov.uz

Frilanserlar tobora ko‘proq daromad topishmoqda
Endi kompaniyalar qisqa muddatli vazifalar uchun xodimlarni bir oy
davomida idorada band qilishiga hojat qolmadi. Ular zarur paytda tashqa-
ridan vaqtinchalik mutaxassislarni ishga jalb qiladilar. Buning evaziga
tashqaridan keluvchi yollanma ishchilarning daromadlari tobora ortib
bormoqda.


115
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
Kelajak mehnat bozorida frilanserlikning o‘rni
Mehnat bozoridagi o‘zgarishlar jarayonida bir nechta zamonaviy
ko‘nikmalarga ega xodim «qulay hududi»dan chiqib, qo‘shimcha daromad
manbalarini izlamoqda. Ishchi kuchining zamonaviy mahorat va ko‘nik- 
malarga ega bo‘lishi bir vaqtning o‘zida turli sohalarda ishlash imkonini
beradi va ishsizlikni ham kamaytiradi.
Frilanserlik – o‘z nomingni yaratish demak
Frilanser mustaqil ishlaydi – uning yaxshi ishlashi o‘zining nomiga
xizmat qiladi. U orttirgan tajriba, aloqalar bir umr o‘zi bilan qoladi. Frilanser
nafaqat ish beruvchi, balki o‘zining foydasiga ham ishlaydi. Misol uchun,
onlayn platformalar orqali buyurtma olgan yollanma ishchi yaxshi xizmat
ko‘rsatsa, reytingda nomi ko‘tarilib, dovrug‘i oshadi.
Frilanserning eng kuchli jihati
O‘zgarish – hayotdagi doimiy jarayondir. Yollanma ishchi sifatida virtual
tarmoqda har kuni turli yo‘nalishda faoliyat olib boruvchi ish beruvchilar
bilan hamkorlik frilanserlarni sohasining yetakchilariga aylantiradi. Ular
yangi talab va o‘zgarishlardan birinchilardan bo‘lib boxabar bo‘lishadi.
Savol va topshiriqlar
1. Sizningcha, bugun qaysi soha mutaxassislari masofadan turib qo‘shimcha
daromad topishlari mumkin?
2. Mehnat bozoridagi raqobatga dosh berish uchun mutaxassislar qanday
ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerak?
3. Nima sababdan kompaniyalar o‘rtasida mutaxassislarni vaqtinchalik
yollab ishlatish ommalashmoqda?
4. «Mehnat bozoriga moslashish» deganda nimani tushunasiz?
5. Uzoq yillar bir joyda xizmat qilgan va har kuni turli ish beruvchilar
bilan ishlagan mutaxassislar faoliyatining ijobiy va salbiy jihat- 
larini sanang.



Yüklə 50,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin