IV bob. Tadbirkorlik, g‘oya va boylikdan foydalanish mezonlari
112
@edurtm_uz
Konosuke Matsushita asos solgan, «Panasonic»
nomi bilan tanilgan
kom paniyada bugun 250 000 nafar xodim ishlaydi. Bularning barchasi
ikki muhim omil tufayli sodir bo‘ldi – g‘oya va unga bo‘lgan ishonch.
E’tiborga loyiq g‘oyalarni yarata oladigan odam – boshqalardan ko‘p
narsalarni o‘rgangan insondir.
Konosuke Matsushita
Savol va topshiriqlar
Mustaqil faoliyat
1. Konosukening hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirib
yuborgan xususi-
yatlar va voqealarni sanang.
2. Kichik g‘oyalar katta voqealarga aylanishi uchun nimalar zarur ekan?
3. G‘oyalarning bugungi ehtiyojga mosligini qanday aniqlash
mumkin?
MASHHUR G‘OYALAR
Siz tanigan 3 ta mashhur tadbirkor nomi
va ularning faoliyat turini
daftaringizga yozing.
Yuqoridagi tadbirkorlardan birini tanlang va quyidagi savollarga javob
bering.
Tadbirkor ismi: ...
Biznesi/kompaniyasi ...
Bu biznes qanday boshlangani haqida qisqacha ayting: ...
Bu yo‘lda qanday to‘siqlar va muammolar bo‘lganini yozing: ...
Uning biznesi qachalik muvaffaqiyat qozonganini bayon qiling: ...
113
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
29-MAVZU: FRILANSERLIK – QO‘SHIMCHA
DAROMAD MANBAI
1. Pul topishning qanday zamonaviy usullarini bilasiz?
2. Frilanserlik haqida eshitganmisiz?
Faollashtiruvchi savollar
Mulohaza uchun
XXI asrga kelib axborot texnologiyalari masofadan
turib ishlash imko-
niyatini berdi. Natijada an’anaviy biznes qoidalari o‘zgarmoqda, insonlar
ofisga
bormasdan turib ham, ish beruvchilarga xizmat ko‘rsatishmoqda.
Frilanserlik yaqin yillarda jamiyat uchun o‘rta yoki katta korxona ofislari-
dagi xodimlardan ko‘ra foydaliroq faoliyatga aylanishi taxmin qilinmoqda.
Quyidagi misollar orqali buni yaxshiroq anglash mumkin.
Dostları ilə paylaş: