109
Tarbiya, 9-sinf
@edurtm_uz
E’tibor bering, hayotda daromad keltirishi mumkin bo‘lgan millionlab
asosli g‘oyalar bor. Ammo ularning hammasi ham muvaffaqiyatli biznesga
aylanmaydi. Chunki g‘oyalar to‘g‘ri vaqtda, to‘g‘ri joyda va to‘g‘ri
insonning
xayolida tug‘ilsagina amalga oshadi. Tadbirkorlikning muvaffaqiyatli amalga
oshishi uchun bir qancha omillar bor.
Mulohaza uchun
G‘ildirakni qayta kashf qilishga hojat yo‘q, ammo zamonaviy g‘ildirak
yasash mumkin. Eski g‘oyalarni o‘rganish, ularni takomillashtirish –
rivojlanishning omili bo‘lgan. Bolalar nima qiladilar? Ular ota-onalariga
taqlid
qilishadi, ulardan fe’l-atvor ko‘chiradilar. Butun insoniyat tarixi
mobaynida yer yuzida g‘oyalar bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yurgan,
vaqt o‘tgani sayin takomillashgan. Aynan shu jarayonda innovatsiyalar va
yangiliklar tug‘ilgan. Bugun biror sohaga yangilik olib kirish ijodiy va ilg‘or
fikrlashni talab qiladi. Bu – tadbirkorlikning ham muhim bo‘lagidir. G‘oyani
mahorat bilan o‘zlashtirib, takomillashtirish – rivojlanish kafolatidir.
Shuningdek, boshqalar hali urinib ko‘rmagan yo‘nalishlarda yangi g‘oyalarni
ilgari surish ko‘p hollarda muvaffaqiyat keltirgan.
«Sony» kompaniyasi o‘tgan asrda analog televizorlar
ishlab chiqarishda
jahonda yetakchi bo‘lgan. Janubiy Koreyaning «Samsung» kompaniyasi bir
muddat u bilan mazkur turdagi televizorni ishlab chiqarishda kurashadi.
Ammo raqobatda yaponiyalik raqibiga mag‘lub bo‘ladi. Shundan so‘ng
koreyalik gigant bu sohani rivojlantirishga pul tikib,
raqamli televideniye
texnologiyasi yo‘nalishida muvaffaqiyat qozondi.
Avvaliga imkon qadar hali qo‘l urilmagan
jabhada yetakchi bo‘lishga urining.
Innovatsiyaning yagona universal
modeli yo‘q. Kimdandir nusxa ko‘chi-
rishingiz mumkin, biroq ilg‘or
bo‘lish
uchun innovatsiya va
yaratuvchanlik g‘oyasi atrofida
ijod qilishga majbursiz.