O’z oldingizga yaxshi maqsadlar qo‘ying. Biz biron-bir narsaga qarshi kurashibgina qolmay, balki eng avvalo biron-bir narsa uchun ham kurashishimiz lozim
O’z oldingizga yaxshi maqsadlar qo‘ying. Biz biron-bir narsaga qarshi kurashibgina qolmay, balki eng avvalo biron-bir narsa uchun ham kurashishimiz lozim. Ye. I. MARSINOVSKIY
Yuksak maqsadlar yuzaga chiqmay qolgan taqdirda ham biz uchun u amalga oshgan past maqsadlardan ko‘ra qimmatliroqdir. I. GYOTE
Agar intilish sof ko‘ngildan chiqsa, harqalay, chalaroq qolib, aniq nishonga tegmasa ham juda katta foyda keltirishi mumkin. I. S. TURGENEV
O’z tabiatiga ko‘ra turlicha bo‘lgan bosqichlarni qat’iy farqlash, ularning kelib chiqish sharoitini xushyorlik bilan o‘rganish, aslo pirovard maqsadni orqaga surish emas, aslo o‘z yo‘lini sekinlatish emasdir. V. I. LENIN
Vaziyat o‘zgaruvchan bo‘lsa ham printsiplar hech qachon o‘zgarmaydi. O. BALZAK
Maqsadga yaqinlashgan sari mashaqqat ortib boradi. Lekin har bir kishi yulduzlarga o‘xshab sokinlik bilan, shoshmasdan, biroq belgilangan maqsad tomon uzluksiz intilgan holda o‘z yo‘llarini bosib o‘tishlari kerak. I. GYOTE
Maqsadga olib boradigan yo‘lning uzoq-yaqinligi ahamiyatsiz. Ye. I. MARSINOVSKIY
Kam kuch sarflab o‘z maqsadiga yetishishlik eng zo‘r mukammallik bo‘lub tuyuladi menga. Sh. MONTESKYE
Vositalar xarakteri xuddi maqsad xarakteriga o‘xshagan bo‘lishi kerakki, shundagina vositalar maqsadga olib borishi mumkin. Noo‘rin vositalar faqat noo‘rin maqsadlarga yaraydi. N. G. CHERNISHEVSKIY
Olijanob maqsad shu maqsad yo‘lida kishi faoliyatini yanada xushfazilat qiladi. K. LIBKNEXT
Eng muqaddas ish ham uni ro‘yobga chiqarish yo‘lida jinoyatdan tap tortilmasa, tahqir va kufurlikka aylanadi.