Doimo xato qilib qo‘yishdan qo‘rqish hayotda yo‘l qo‘yishingiz mumkin bo‘lgan eng katta xatodir. E. XABBARD
Kim uzluksiz ravishda g‘ayrat bilan oldinga intila borib o‘z xatolarini yo‘qotsa va kamchiliklarini yengsa, u shaxsiy kamolotnda yuksak cho‘qqilarni zabt etadi. E. TELMAN
Xatolar, agar ularni tan olishga bo‘yin yor.bersa, hamisha kechirimlidir. F. LAROSHFUKO
Kishi xato qilishi mumkin. Xatoni riyokorlikka yo‘ymaydilar... Haq ish bir qancha xatodan keyin ham o‘lmaydi. Juda bo‘lmaganda asosiy g‘oyasi mustahkamligicha qoladi. Agar birinchi qadamdan natija chiqmasa, ikkinchisidan chiqadi. F. M. DOSTOYEVSKIY
Buyuk kishilar ham xato qiladilar, ulardan ayrimlari shunchalik ko‘p yanglishadilarki, ularni o‘rtamiyona odamlar qatoriga qo‘shib qo‘yishingga sal qoladi. G. LIXTENBERG
Odam qanchalik qudratli, axloqi qanchalik yuksak bo‘lsa, o‘zining zaif tomonlari va kamchiliklariga ham gaunchalik jur’at bilan qaray oladi. V. G. BELINSKIY
Xatolarni tuzatish o‘rniga qaysarlik qilish har bir odam-ning yoki butun bir jamoatning obro‘sini to‘kadi. B. FRANKLIN
Soxta fazilatli kishilar o‘z kamchiliklarini boshqalardan ham, o‘zlaridan ham yashiradilar, yaxshi fazilatli kishilar esa o‘z xatolarini aniq biladilar va ular haqida ochiqdan-ochiq gapiraveradilar. F. LAROSHFUKO