1234 ta Baxtiyor Mengliyev Mahbuba Xudoyberdiyeva Оynisa Boymatova
O‘ZBEK TILI IBORALARINING
O‘QUV IZOHLI LUG‘ATI
Maktab o‘quvchilari uchun
0’zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Qarshi davlat universiteti
0’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi
Respublika Ta’lim vazirligi
Qashqadaryo viloyat pedagog xodimlarni qayta tayyorlash
va malakasini oshirish instituti
«Yangi asr avlodi» 2007 Lug‘at, avvalo, o‘rta maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. U, shuningdek, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari, filolog talabalar va qolaversa, o‘zbek tili bilan qiziquvchi kehg o‘quvchilar ommasi uchun ham foydadan xoli emas.
Qarshi shahar 34-o`rta maktab oliy toifali ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
ALIFBO A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z O‘ G‘ SH CH NG `
SO‘ZBOSHI Kuchli va ayovsiz raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti tadbirkor, ijodiy taffakkur sohibi bo‘lgan, har qanday qiyin vaziyatdan o‘z aql-idroki bilan omon chiqa oladigan mustaqil fikrli, shu bilan birga, shuurida milliy ruhi mustahkam shaxsni tarbiyalashni talab qiladi.
Inson shaxsida ruh, tafakkur va til chambarchas bog‘liqdir. Demak, ijodiy va mustaqil taffakkurli shaxs tarbiyasida ona tili va uning ta’limini tashkil etuvchi vositalarning roli beqiyos.
Ma‘lumki, o‘rta maktab ona tili ta‘limining konseptual asoslarida uining zaruriy vositasi ikkita ekanligi ta‘kidlanadi: darslik va lug‘atlar. O‘quvchilarning ijodiy tafakkurini va nutqini o‘stirishning zaruriy omillaridan biri lug‘atlar ustida ishlashdir. Lug‘atlar o‘quvchilarning ijodiy tafakkuri, mustaqil fikrlash darajasi, ijodiy fikr mahsulini og‘zaki va yozma shakllarda ravon bayon etishga olib keladigan behad qimmatli va boy so‘z zahirasini vujudga keltiradi. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda ta‘limning har bir bo‘g‘ini uchun (bog‘chadan tortib, universitetgacha) yuzlab lug‘atlarning maxsus turlari yaratilgani, hatto rus maktablari uchun 30 ga yaqin o‘quv lug‘atlari mavjud bo‘lgani holda o‘zbek maktablari uchun bitta «Imlo lug‘ati» bor, xolos. Maktablar uchun izohli lug‘at, ma‘nodosh so‘zlar lug‘ati, antonimlar lug‘ati, darajalanish lug‘ati, eskirgan so‘zlar lug‘ati, shevaga xos so‘zlar lug‘ati, iboralar lug‘ati, so‘zlarning birikuvchanlik lug‘ati, uyadosh so‘zlar lug‘ati, shakldosh so‘zlar lug‘ati, so‘z tarkibi lug‘ati, talaffuzdosh so‘zlar lug‘ati, shuningdek, har bir fan bo‘yicha alohida terminologik lug‘atlar va qomuslar yaratish dolzarb vazifadir.
O‘quvchilar uchun zarur lug‘atlar yaratilmas ekan, ijodiy tafakkurni rivojlantirish mumkin emas, og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish vositasi bo‘lgan joriy darsliklar o‘z vazifasini to‘la bajara olmaydi. Bu o‘rta ta‘lim bo‘g‘ini uchun mavzuviy o‘quv lug‘atlarini yaratish tamoyillarini ishlab chiqish va tuzishni taqozo qiladi.
Qarshi davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Qashqadaryo viloyat pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti bilan hamkorlikda maktablar uchun mavzuviy o‘quv lug‘atlarini ishlab chiqishdek sharafli vazifani o‘z zimmalariga oldilar va buning natijasi o‘laroq kelajagimiz faxri bo‘lgan maktab o‘quvchilari uchun shu tipdagi o‘quv lug‘atlari turkumi yaratildi.
O‘quv lug‘atlari tajriba sifatida birinchi marta nashr qilinayotganligi uchun kitobxonlar muhokamasiga havola etiladi. Lug‘atlar haqidagi fikrlaringizni mamnuniyat bilan qabul qilamiz.
Manzil: Qarshi shahri Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy. Qarshi davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi. Tеl: (8-375) 25-77-63; 23-48-55). Faks: (8-375) 221-13-12. E-mail:kasu_info@edu.uz.