Baxtiyor. Uz o'quvchi va o'qituvchilar uchun eng yaxshi portal!



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/27
tarix16.01.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#79384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Maktab-amaliyotchi-psixologi-uchun-sorovnomalar-toplami

5. “Uycha” metodikasi 
4-7 yoshdagi bolalarning o'z tengdoshlari bilan munosabatlari xarakteri,
ularning guruh a'zolarini yoqtirishi va yoqtirmasligini «Ikki uycha» (2) metodikasi
orqali aniqlash mumkin.
Rag'batlantiruvchi material qog'oz varog'ida ikkita katta bo'lmagan uycha
chizilgan. Ulardan biri — kattaroq, qizil rangda, boshqasi esa — qora rangda.
Qoidaga ko'ra, bu rasmlar oldindan tayyorlanmaydi, bolaning ko'z oldida qora va
qizil qalamlarda chiziladi.
Ko'rsatma. Mana bu uychalarga qara. Tasavvur qil, qizil uycha seniki va bu
uyga sen kimni xohlasang o'shani taklif qilishing mumkin. O'ylab ko'r, guruhingdagi
bolalardan qay birini o'z uyingga taklif qilasan, qay birini qora uychaga
joylashtirasan.
Test o'tkazish. Bolalarga rasm chizish jarayonida birinchi qizil uychada har xil
o'yinchoqlar, kitoblar borligi, qora uychada esa o'yinchoqlar deyarli yo'qligi
tushuntiriladi. Ko'rsatmadan keyin katta yoshdagi odam bolaning qizil uyga taklif
qiladigan va qora uychaga joylashtiradigan tengdoshlarining ro'yxatini yozib oladi.
Suhbatdan so'ng bolalardan biror bir tengdoshining joyini almashtirishpi xohlashi
yoki yana kimnidir esdan chiqarib qo'ymaganligi haqida so'rash mumkim
Natijalar tahlili. Test natijalarini sharhlash oddiy: tengdoshlarini qora yoki
qizil uychalarga joylashtirishi orqali bolaning kimni yoqtirishi yoki yoqtirmasligini
bilish mumkin. Tengdoshlarining asosiy qismini qora uychaga joylashtirayotgan o'zi
qizil uychada yolg'iz qolayotgan yoki o'zini kattalar qurshovida qoldirayotgan
bolalarga alohida e'tibor berish kerak. 
Bu bolalar yoki juda odamovi, muloqotga kirisha olmaydigan yoki o'ta
janjalkash, hamma bilan urushishga ulguradiganlar toifasiga kiradi. Bu bolalalarning
guruhdagi o'z mavqeidan qoniqish darajasini aniqlash va ularda janjalkash bolalarga
xos bo'lgan hukmronlikka intilish hissining mavjudligini ko'rsatish maqsadida
«Niqob» usulidagi testdan foydalanish tavsiya etiladi.

Tanlaydigan shaxs
Tanlaydigan shaxs
1
2
3
4
5


1
2
3
4
5
N
«+»tanlovlarsoni
«-» tanlovlar soni
Mavqe
S= NB / Nx(N-1))
Bunda S — guruhning emosional jipslashganligi
NV — guruhdagi o'zaro tanlov miqdori; 
N — guruh ishtirokchilari soni;
N-(N-1) — guruhdagi bo'lishi mumkin bo'lgan o'zaro tanlovlarning umumiy
soni.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin