O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
MAGISTRATURA BO‘LIMI
5A410501 “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash
texnologiyasi” M19-20 gurux magistranti
BAXTIYOROVA DIYORA FARXODJON QIZINING
DALA EKINLARINI YETISHTRISHDA ZAMONAVIY VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI
fanidan
MUSTAQIL ISHI
FARG’ONA– 2021
Mavzu: MEVA ZAVZAVOTCHILIKDA KLASTER USULINI QO'LLASH VA UNING AVZALIKLARI
Bugungi kunda har bir sohada innovatsiya va izlanish yangi yutuqlarga erishish, kuchli raqobat muhitida mustahkam oʻrin egallashda muhim omil boʻlmoqda. Xususan, mamlakatimizda agrar sohani yanada isloh qilish, qishloq xoʻjaligida zamonaviy usullardan oqilona foydalanishga qaratilayotgan alohida eʼtibor yuksak samaralar bermoqda.
Masalan, qishloq xoʻjaligida klaster usulining joriy etilishi yerni shudgorlashdan tortib, ekish, parvarishlash va xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha boʻlgan jarayondagi koʻp bosqichli kompleks tizimga asos soldi. Ayniqsa, yengil sanoat korxonalarining xomashyo yetishtirish manbai sanalgan dehqon va fermer xoʻjaliklari bilan hamkorligini yanada mustahkamlashda mazkur usul oʻzining afzal jihatlarini amalda isbotlayapti.
Xalqaro tajribada avtomobilsozlik, kimyo, farmatsevtika, elektrotexnika, toʻqimachilik va yengil sanoat mahsulotlari, qurilish, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, baliqchilik kabi koʻplab sohalarda ham klaster usulidan foydalaniladi
Meva-sabzavotchilik klasterini tashkil etish Qishloq xo‘jaligi vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organi hamda tashabbuskor o‘rtasida uch tomonlama kelishuv tuzish orqali amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |